PEPEROMIYa GULINI PARVARIShLAYMIZ!
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: PEPEROMIYa GULINI PARVARIShLAYMIZ!
- Дата релиза: 30-09-17, 15:07
Peperomiya gulining 900 dan ortiq turi bo`lib, ularning barchasi havodagi zararli streptokokokk, stafilakokk, sarsina kabi bakteriyalarni yo`q qilish xususiyatiga ega. Shuning uchun farzandingiz tez-tez shamolasa, bu gulni uning xonasida o`stirishingizni maslahat beramiz.
1. Peperomiya guli xonaning g`arbiy yoki sharqiy qismlarida turishi zarur. Ularni maxsus gul turgichlarda yarim soya joyga joylashtiring. To`g`ridan-to`g`ri quyosh nurlari ostiga qo`ya ko`rmang.
2. Kuz va qishda xona harorati +18–+23 daraja iliє bo`lishi kerak. Agar harorat +15 darajadan pasayib ketsa, gul barglari sarg`ayib, to`kilishni boshlaydi. Yozda esa optimal harorat +19–+25 darajadir. Gulni elvizakdan va xona harorati o`zgarishlaridan saqlang.
3. Xonadagi namlik miqdori esa 40-60 foizni tashkil etishi lozim. Katta bargli peperomiya turlariga suv sepib turing yoki gubka yordamida tez-tez barglarini arting. Mayda bargli turlariga esa 2-3 xaftada bir marta iliq, yumshoq suvdan sepib turing.
4. Peperomiyani iliq, tindirilgan suv bilan sug`oring. Qishda iloji boricha kamroq suv quyish tavsiya etiladi. Tuproq ust qismi qurishi bilan suv quying, me`yorni unutmang, aks holda gul tomiri chirishni boshlaydi.
5. Gul yumshoq va havo o`tkazuvchi tuproqni xush ko`radi. Qirindiga boy qora tuproq va torfdan 2:1 nisbatda aralashma tayyorlab, gulni eking. Qishda gulni o`g`itlash shart emas. Bahor va yoz oylari o`g`itlash uchun mos oylardir.
6. Gulni ko`chirib o`tkazish uchun baland keramik tuvakni tanlang. Yosh gullarni har yili tuprog`ini yangilagan holda, yoshi katta gullarni esa 5-6 yilda bir marta ko`chirib o`tkazish kerak.
7. Gulni bandidan va poyasidan ko`paytirish mumkin. Buning uchun ehtiyotkorlik bilan bir bandni guldan qirqib olib, tuproqqa eking-da, ustiga sellofan xalta yopib, yorug` joyga qo`ying. Har 2-3 kunda suv quyib turing. 5-6 hafta o`tib, gul bandi tomir chiqaradi. Ana endi uni bemalol eksangiz bo`ladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар