Peshonadagi og`riqning 8 sababi
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Peshonadagi og`riqning 8 sababi
- Дата релиза: 30-06-17, 13:52
— Ko`pincha boshimda qattiq og`riq turadi, boshning turli qismlaridagi og`riqlar turli kasalliklardan darak deb eshitganman. Shu rostmi?
Farhod Toshboev, Surxondaryo viloyati
Savolga oliy toifali shifokor otorinolaringolog Gulnora Po`latova javob beradi:
Bosh og`rig`i bir qancha kasalliklar darakchisi bo`lishi mumkin. Masalan,tish bilan bog`liq kasalliklar, allergiya, migren, stresslar.
Peshonada paydo bo`ladigan og`riqlar sabablarini ko`rib chiqamiz:
1.Qattiq asabiylashganda va qattiq charchashdan kelib chiqadigan og`riq. Bu og`riq boshning orqa bo`yin qismidan yuzning ikki chakka qismiga o`tib ko`z sohasiga tarqaladi. Bunaqa og`riq kishi muvozanatining buzilishi, bosh aylanishi va ko`ngil aynashi bilan kuzatiladi. Og`riqni paypaslab boshning orqa bo`yin qismida sezish mumkin. Bu og`riq bostiruvchi, siquvchan yoki yoyiluvchan bo`lishi mumkin. Ko`pchilik bu og`riqni xuddi “tor bosh kiyim kiygandek” sezishadi.
Bu kabi peshona atrofidagi og`riq bo`yin mushaklarini va bosh chanoq mushaklarini zo`riqtiradi. Og`riq kuchli va davomli asabiylashish va ruhiy zo`riqishlardan kelib chiqadi. Peshonam og`riyapti deb shikoyat qilgan bemorlar qattiq tashvish yoki og`ir ruhiy siqilish holatini boshidan o`tkazgan bo`lishi mumkin.
2. Gaymorit ham boshning peshona qismi og`rishiga sabab bo`lishi mumkin. Bunda bemor nafas olishi qiyinlashganidan va burun bo`shlig`ida zo`riqish hosil bo`lganidan shikoyat qiladi. Bemorda yorug`likdan qo`rqish, ko`z yoshi va burun oqishi va hid sezish qobiliyatining yo`qolishi kuzatiladi. Og`riq yoyiluvchi, kengayuvchi yoki bir joyda masalan, peshonada yoki chakkalarda to`planib bir xil soatda takrorlanuvchi bo`lishi mumkin.
3. Bosh og`rig`ining yana bir sababi ichki bosh chanoq qon bosimining ko`tarilishidir. Odatda bunday og`riq qon bosimi ko`tariladigan yoki tushadigan kishilarda ko`p uchraydi. Og`riq bu holatda turlicha bo`lib, peshonaning atrofida, chakkalarda, boshning orqa qismida yoki butun bosh atrofida kuzatilishi mumkin. Bu kabi og`riqlar ob-havoning o`zgarishida, kuchli ruhiy zo`riqishda va charchoqda paydo bo`ladi.
4. Ertalabdan paydo bo`ladigan peshona atrofidagi og`riq – frontit bilan kasallanganda kuzatiladi, bunda burundan nafas olish qiyinlashadi, burundan ajralmalar keladi. Og`riq ko`pincha kuchli bo`lib nevralgiya kabi kechadi. Ba`zi bir holatlarda frontit yorug`likdan qo`rqish va ko`z og`rig`i va hid sezish qobiliyatining yo`qolishi bilan kechadi. Bemorlar burun bo`shlig`ining tozalanganida og`riqning kamayishini va aksincha burundagi ajralmalarning qiyin chiqishida og`riqning kuchayishini aytishadi. O`tkir virusli grippli frontit tana haroratining ko`tarilishi, burun bo`shlig`i atrofi rangining o`zgarishi, peshona va qovoqlar oldining shishishi bilan kuzatilib, qon aylanishining buzilishidan kelib chiqadi.
5. Aksariyat hollarda bemorlar boshning peshona atrofidagi og`riqlari burun bo`shlig`ining shamollashi, nevralgiya (asab tizimining yallig`lanishi), yoki uch shoxli nervning shamollashi natijasida yallig`lanish nevritga sabab bo`ladi. Og`riq tez-tez xuruj qiladi, ko`zdan yosh oqishi, peshonaning qizarishi, qoshlarning og`irligi bilan kuzatiladi.
6. Turli infeksiyalar (kasal tarqatuvchi bakteriyaning, virusning odam organizmiga tushishi) turli xil og`riqlarga sabab bo`la oladi. Bunday og`riq intoksikasiya va tana harorati ko`tarilganda yuzaga keladi. Kasallanganlar peshona atrofidagi og`riqdan shikoyat qilishadi.
7. Kuchli, bir tomonlama urib turuvchi, peshonaga va ko`zga yoyiluvchan og`riq bog`lamli, tutamli og`riq deyiladi va ko`z qizarishi, yosh oqishi bilan kuzatiladi. Odatda 30 yoshdan oshgan, chekuvchi erkaklarda uchraydi. Kasallik boshlanishiga tamaki, spirtli ichimlik yoki iqlimni o`zgartirish sabab bo`ladi. Tutamli og`riqlar juda og`ir kechadi, ular odamni kechayu-kunduz azoblab, og`riqni qoldiruvchi dorilar esa oz fursatga yordam beradi. Bu holatni yuzaga kelishida odam qon tomirlaridagi muammolar sabab bo`ladi.
8. Vaqti–vaqti bilan tutib turadigan bosh og`rig`i (migren) bexosdan, urib turuvchi, bir tomonlama peshonada va chakkalarda paydo bulib, boshning orqa qismiga va ko`z atrofiga yoyiladi. Xuruj tez-tez takrorlanib, ko`ngil aynashi va qusish bilan kuzatiladi.
Faqatgina tajribali shifokorgina peshonadagi og`riq sababini aniqlashi mumkin. Bunda umumiy amaliyot shifokori, stomatolog, otolaringolog va nevropatolog shifokorlar birgalikda tashxis qo`yishsagina dardning sababini aniqlash mumkin.
Feruza NAJIMOVA tayyorladi
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар