PIShIR-KUYDIRDA ASQATUVChI TAVSIYaLAR
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: PIShIR-KUYDIRDA ASQATUVChI TAVSIYaLAR
- Дата релиза: 27-10-17, 18:30
Pishgan biskvitingiz yanada mayin bo`lishi uchun quyidagi usulda qiyom tayyorlab, ustidan surting. Yarim stakan suvga 2 osh qoshiq shakar, choy qoshiq uchida limon kukunini soling. 15 daqiqa qaynatilgach, ta`m beruvchi essensiya qo`shib, foydalanishingiz mumkin.
Muzqaymoqli krem tayyorlashni o`rganmoqchi bo`lganlar uchun : 500 gr qaymoqqa bir banka quyiltirilgan sutni asta qo`shib, ko`pirtirasiz. Ta`mi yaxshilanishi uchun 1 soat muzlatgichga qo`ying. Kremni to`g`ralgan mevalar bilan dasturxonga tortishingizyoki u bilan shirinliklar ustini bezashingiz mumkin.
Qaynatiladigan kremning yangichasiga nima deysiz?! 300 gr sutga, 4 osh qoshiq kraxmal va 2 osh qoshiq un qo`shib, olovga qo`ying. Qaynatilganida quyilishi kerak. So`ng 200 gr saryog` va bir banka quyiltirilgan sut aralashmasiga qo`shib, ko`pirtirasiz. Krem asalli pishiriqlar uchun tavsiya etiladi.
Shokoladli glazur tayyorlashni bilasizmi? Buning uchun 4 osh qoshiq kakao, yarim stakan shakar, 150 gr suv kerak bo`ladi. Masalliqlarni aralashtirib, olovga qo`ying. Qaynatish jarayonida quyuqlashadi. Agar glazurdan bezak o`rnida foydalansangiz, shu holicha ishlatavering. Agar pishiriq ustini qoplashi uchun kerak bo`lsa, olovdan olgach, 50 gr.saryog` aralashtirib oling. Shunda quyuqlashadi.
Oq rangli glazur ham chakki emas! Idishga bir dona tuxum oqini soling. Sanchqi yordamida ko`pirtirib, 50 gr qand upasi va 1-2 tomchi limon sharbatini qo`shib borasiz. Ushbu glazur keks va piroglar ustini bezatish uchun tavsiya etiladi.
Mevali qiyomni ham sinab ko`ring! 200 gr qand upasiga 3-4 osh qoshiq istalgan meva sharbatini qo`shing. (limon, maymunjon yoki apelsin) Ustidan 1-2 osh qoshiq qaynagan suvni solib, aralashtiring. hosil bo`lgan massa yaxshilab aralashtirilgach, bulochka yoki pechenelarga bezak sifatida ishlatilishi mumkin.
Qahvadan tayyorlanadigani ham bor: 200 gr qand upasiga yarim piyola achchiq damlangan qahva va 1 choy qoshiq saryog`ni qo`shing. Masalliqlarni yaxshilab aralashtirib oling. Tayyor bo`lgach, shokoladli tort yoki pirojniylarni bezashdafoydalansangiz bo`ladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар