Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Pishloq yurak-tomir kasalliklarining rivojlanish xavfini kamaytiradi
Pishloq yurak-tomir kasalliklarining rivojlanish xavfini kamaytiradi

Pishloq yurak-tomir kasalliklarining rivojlanish xavfini kamaytiradi

Pishloq yurak-tomir kasalliklarining rivojlanish xavfini kamaytiradi
Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari har kuni bor-yo‘g‘i 40 grammdan pishloq iste’mol qilish insult rivojlanishining va yurak ishemik kasalliklarining oldini olishi mumkin ekanligini tasdiqladi.

Parhezshunoslar uzoq yillar pishloqqa nisbatan munozarali munosabatda bo‘lgan: bir tomondan — uning tarkibida xolesterin miqdorini ko‘taruvchi, ateroskleroz va yurak-tomir kasalliklari xavfini oshiruvchi to‘yingan yog‘lar ko‘p, boshqa tomondan — uning tarkibi organizm uchun foydali bo‘lgan oqsillar, kalsiy va probiotiklardan tashkil topgan.

Xitoy va Niderlandiya olimlari guruhi tomonidan o‘tkazilgan bir necha tadqiqot natijalaridan keyin ular, muntazam ravishda pishloq iste’mol qiluvchi kishilar pishloqni umuman iste’mol qilmagan va kam iste’mol qiluvchilarga qaraganda yurakning ishemik kasalliklari bilan 14% , insult bilan esa 10% kam kasallangan degan xulosaga keldi.

Shu bilan birgalikda tadqiqot mualliflari pishloq iste’mol qilish va yurak-tomir kasalliklarining rivojlanishi orasiga — agar siz har kuni katta bo‘lakdan pishloq yemasangiz, unda insultning paydo bo‘lish xavfini kamaytira olmaysiz (yoki aksincha) kabi to‘g‘ri bog‘liqlik o‘rnatish mumkin emasligini eslatib o‘tdi.

Me’yorini bilish muhim: xuddi shu tadqiqotlarga ko‘ra, eng yaxshi ko‘rsatkichlar bir kunda 40 grammga yaqin pishloq iste’mol qiluvchi odamlarda bo‘lgan.

Garchi olimlar pishloq iste’mol qilish va kasalliklar xavfining kamayishi orasidagi bog‘liqlikni aniqlay olmagan bo‘lsa ham, doktor Alan Styuart hamma gap pishloqning tarkibidagi probiotiklar va konyugirlangan linol kislotasining yuqori darajasida deb taxmin qiladi.

Birinchisi yallig‘lanish jarayonlarini kamaytiradi, kislotalar esa yomon xolesterin darajasini pasaytirish va yaxshi xolesterin darajasini ko‘tarish xususiyatiga ega.

Olimlar tadqiqotlarni davom ettirish va nafaqat pishloqning, balki uning boshqa navlarining ham foydasini o‘rganish niyatida.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: