Pishloqning foyda va zarari haqida
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Pishloqning foyda va zarari haqida
- Дата релиза: 04-04-18, 22:45
Olimlarning bu xulosalari do`konga pishloq uchun yugurishga majbur qiladi yoki aksincha, ishtahani buzadi.
Pishloqning foydasi
Kuchli qiladi
100 gramm pishloqda 25 gramm oqsil bo`ladi, ular esa, mushaklar uchun "qurilish materiali" hisoblanadi, immunitetni oshiradi, o`sish, rivojlanish va hujayralarning qayta tiklanish jarayonlarida ishtirok etadi. Shuning uchun mushak massasi to`plashni niyat qilgan kishilar ko`proq oqsil iste`mol qilishga harakat qilishadi.
Suyaklarni mustahkamlaydi
Organizmdagi kalsiyning taxminan 99 foizi suyaklar va tishlarda saqlanadi. Qolgan 1 foizi esa - qon va to`qimalarda. Agar qonda kalsiy etishmasa, organizm uni suyaklardan oladi. Bunday "kredit" uzoq davom eta olmaydi: suyaklar mo`rtlashadi, osteoporozning rivojlanish xavfi oshadi.
Shuning uchun rasionga kalsiyga boy mahsulotlar, shu jumladan, pishloqni kiritish muhim. 100 gramm pishloq kalsiy iste`molining kundalik normasini ta`minlay oladi: unda bu makroelement - taxminan 1000 milligramm. Aniq miqdor navga bog`liq. Qattiq va yarim qattiq navlarda, masalan, parmezan, chedder va gaudda kalsiy ko`proq.
Bundan tashqari, pishloq — D vitaminiga ega kam sonli mahsulotlardan biri. Xususan, u kalsiyni yaxshiroq o`zlashtirishga yordam beradi. D vitamini odatda inson organizmida quyosh nurlari ta`siri ostida sintezlanadi. Shu bois qishning bulutli kunlarida uning qo`shimcha manbalarini topish juda muhim.
Quvvat baxsh etadi
Pishloqda eritrositlar shakllanishida qatnashuvchi B12 vitamini mavjud. Bu qizil qon tanachalari to`qimalar va organlarga kislorod etkazib beradi. Shunday ekan, agar insonga B12 vitamini etishmasa, hujayralarda kislorod etishmovchiligi kuzatiladi, bu esa holsizlanish, parishonxotirlik va nafas olish bilan bog`liq muammolarga olib keladi. Demak, erkin nafas olish uchun pishloq iste`mol qilish kerak ekan.
Bundan tashqari, pishloq anchagina kaloriyali mahsulot (o`rtacha 100 gramm pishloqqa 300-400 kkal), bu esa uning anchagacha to`q tutishi va quvvat baxsh etishi mumkinligidan dalolat beradi.
Yurak va qon tomirlarini himoyalaydi
Ha, pishloqda yog` va xolesterin mavjud, bu esa yurakka og`irlikni oshiradi. Biroq yaqinda ma`lum bo`lishicha, pishloqning me`yoriy iste`moli (kuniga taxminan 25 gramm), aksincha, yurak-qon tomir kasalliklari rivoji xavfini pasaytiradi.
Metabolizmni yaxshilaydi
Pishloqda ichaklar mikroflorasini yaxshilovchi foydali bakteriyalar bor. Bu esa organizmga turli ozuqaviy moddalarni yaxshiroq o`zlashtirish va toksinlarni chiqarib tashlash imkonini beradi.
Pishloqning zarari
Qon bosimini oshiradi
Sir emaski, pishloq navlarining aksariyati ancha sho`r. Tuzning me`yordan ortiq iste`moli esa qon bosimini oshiradi, yurak va qon tomirlariga og`irlikni oshiradi. Shunday ekan, pishloqqa to`yishga qaror qilgan bo`lsangiz, o`z taomnomangizdagi boshqa sho`r mahsulotlar sonini kamaytirish kerak.
Qomatingizni buzadi
Pishloqda yog`lar ko`pligini unutmaslik kerak, shu jumladan to`yingan yog`lar ham. Shuning uchun uni parhez mahsuloti deb bo`lmaydi va ozishga qaror qilganlar, qoidaga ko`ra, undan voz kechishadi.
Pishloqni qanday eyish kerak?
Pishloq zarar emas, foyda keltirishi uchun uni me`yorda iste`mol qilish kerak. Bu asosiy qoida. Kuniga ikki bo`lak (taxminan 25 gramm) sizni foydali moddalar va bakteriyalar bilan ta`minlaydi, shu bilan birga, yurak va qomatga salbiy ta`sir ko`rsatmaydi.
Oqsillarning qattiq navlarida tuz va yog` ko`proq bo`ladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар