Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Plastik idishlar: nimani qaerda saqlash kerak?
Plastik idishlar: nimani qaerda saqlash kerak?

Plastik idishlar: nimani qaerda saqlash kerak?

Plastik idishlar: nimani qaerda saqlash kerak?
Bugungi kunda plastik idishlar hayotimizga keng kirib kelgan. Bir tomondan qulay bo`lsa, ikkinchi tomondan havfsiz, shisha, chinni yoki sopol idishlarga nisbatan chidamliroq. Tez sinmaydi, metal ishishlarga nisbatan qulay, engil. Lekin mana shu plastik idishlar ham qo`llanilishi tomonidan bir-biridan farq qiladi. Ayrimlarida egulikni saqlasa bo`ladi, ayrimlarida esa xavfli bo`lishi mumkin. Xo`sh, ro`zg`or, xususan oshxona uchun plastik idishlar olayotganda nimalarga e`tibor qaratish kerak?

Avvalo, idishga tushirilgan taniq belgiga diqqat qiling. Bu erda uni nimadan ishlab chiqarilgani, eguliklarni saqlasa bo`ladimi yo`qmi kabi ma`lumotlar ham berilgan bo`ladi. Faqat siz u erdagi belgilarni to`g`ri o`qiy olishingiz kerak.

Demak belgilar:

Agar idishga “qadax-sanchqi” belgisi tushirilgan bo`lsa, hech ikkilanmasdan eguliklar uchun olavering. U ozuqa mahsulotlarini saqlash uchun xavfsiz va yaroqli. Mabodo, shu belgi bo`lmasa yoki bu belgining ustidan chiziq tortilgan bo`lsa, aksincha, uni eguliklar uchun ishlata ko`rmang.

Siz olmoqchi bo`lgan idishda uchta strelkadan iborat uchburchak shakli tushirilgan bo`lsa, bilingki, bu idishni ishdan chiqqandan keyin qayta ishlash mumkin. Darvoqe, bu belgini “mebius sirtmog`i” deb atashadi.

Idishlarda belgilardan tashqari qisqartirilgan yozuvlar ham mavjud. Ularni ham to`g`ri talqin qila olish kerak.
PET yoki PETE degan yozuv bo`lsa, bu idish polietilentereftalat moddasidan ishlangan. Bu modda qadoqlash idishlari (butilka, quti, baklashka kabi) ishlab chiqarishda ishlatiladi. Bu asosan salqin ichimliklar, sharbat va suv solish uchun ishlatiladi. Undan oshxonada, ayniqsa, xarorati yuqori ozuqalar uchun ishlatish xavfli hisoblanadi.
HDPE (PND) yozuvi tushirilgan idishlar past bosimli yuqori qalinlikka ega bo`lgan polietilendan tayyorganliklarini bildiradi. Uni eguliklarni saqlash va oshxonada ishlatish xavfsiz hisoblanadi.
PVC yoki PVX yozuvi polivinilxlorid moddasidan tayyorlangan idishlarga tushiriladigan yozuv. Bunday yozuvli idishlarni eguliklar uchun ishlatish mumkin emas. Unda inson salomatligi uchun zararli bo`lgan moddalar, hatto simob ham bor bo`lishi mumkin.
PP yozuvli idishlar polipropilendan ishlangan bo`ladi. Odatda, o`yinchoq va qutilar uchun ishlatiladigan modda. Yuqori haroratga chidamli. Shuning uchun bunday idishlarni qaynoq va issiq mahsulotlarni saqlashda ham ishlatish mumkin.
PS yozuvli idishlar esa polistiroldan ishlangan bo`ladi. Polistirol oshxona jihozlari (bir martalik qoshiq-sanchqi, ozuqa mahsulotlarini qadoqlashda ishlatiladigan idishlar) ishlab chiqarishda ishlatiladi. Bunday idishlarda eguliklarni saqlash mumkin faqat sovuq holatda. Sababi, yuqori haroratda bunday idishlar o`zidan zaxarli bo`lgan sterol moddasini ajratadi. Bundan tashqari, har qanday plastik idishlarda bo`lgani kabi polistirol idishlarda spirtli ichimliklar va suyuqliklarni saqlash mumkin emas.

Plastik idishlarni harid qilayotganda, ulardan foydalanishda nimalarga e`tibor qaratish kerakligi haqida ozmi-ko`pmi ma`lumotga ega bo`ldingiz. Endi oshxonada yana bir narsaga ee`tibor qaratish kerak. Odatda taom va eguliklarni isitish kerak bo`lganda ular metall idishga yoki qozonga solinib olovga qo`yiladi. Ammo keyingi paytlarda ko`plab honadon sohibalarining og`irini engil qilayotgan mikroto`lqinli pechlarda metall idishlarda ovqat isitib bo`lmaydi. Shunda plastik idishlar yordamga keladi. Ammo qanday plastik idishlarni mikroto`lqinli pechga solsa bo`ladi? Buni ham bilish zarur.

Mikroto`lqinlarning isitish tizimi shunday ishlaydi: isitilayotgan egulikka mikroto`lqin yuboriladi. U taomdagi suv molekulalarini harakatga keltiradi. Natijada mahsulot haroratining ko`tarilishi kuzatiladi. Har qanday taomda suv borligini hisobga oladigan bo`lsak, istalgan egulikni mikroto`lqinli pechda isitish mumkin. Bu ularning ta`miga ham, tarkibiga ham tasir qilmaydi. Agar siz mana shu maqsadda ishlatmoqchi bo`lgan idish maxsus mikroto`lqinli pech uchun mo`ljallangan bo`lsa, ikkilanmasdan pechga solavering. U erib ketmaydi.
Plastik idishlarning yana bir turi borki, “bir martalik” degan tamg`a ostida ishlab chiqariladi va ishlatiladi: “ichidagini eding, o`zini chiqitga ot”. Mabodo, siz isrof bo`layapti degan aqida bilan ham bunday idishlarni keyin ishlatish uchun yuvib o`tirmang. Baribir ulardan foydalanish to`g`ri emas, isrof bo`ladi deb hisoblasangiz, bunday idishlarni umuman ishlatmang, bundan tashqari bir martalik idishlarda egulikni isitish ham to`g`ri emas.

Bir martalik plastik idishlardan tashqari ko`p marta qo`llanish uchun chiqariladigan idishlar ham ko`p. Odatda bunday idishlar doira, kvadrat, to`rtburchak, chemodancha, bir biriga kiyiladigan qilib ishlanadi. Bunday idishlarning ayrimlari mikroto`lqinli pechda ovqat isitish uchun mo`ljallangan bo`lishi mumkin. Xuddi shuningdek isitishga mo`ljallanganlari ham bor.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: