Pul yig`ishda yo`l qo`yiladigan 5 xato
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Pul yig`ishda yo`l qo`yiladigan 5 xato
- Дата релиза: 13-02-18, 14:10
1. «Ortganini yig`aman». Hech qachon qancha orttirishingizni bilmaysiz, balki umuman orttirolmassiz ham. Demak, siz pul yig`ishga harakat qilmayapsiz. Agar har gal maoshning ma`lum bir qismini olib qo`yganingizda oradan ko`p o`tmay yig`ilgan sarmoya sizni xursand qilgan bo`lardi.
2. «Pulni plastik kartochkamga yig`aman». Juda yaxshi, ammo oradan birmuncha muddat o`tganidan keyin orzuingizdagi biror narsa-buyumni ko`rib qolsangiz, uni birzumda ishlatib qo`ymasmikinsiz? Yaxshisi, pulni naqd shaklda yig`ish, bizningcha.
3. «Uy olaman, mashina olaman, muzlatkich, kompyuter...» Pulni faqat aniq bir maqsadni ko`zlab yig`ish kerak. Aks holda «xazina»ngiz tog`dan bo`lsa ham oxiri yo`q orzu-istaklaringizga dosh bermaydi.
4. «Har oy maydalab yig`mayman, yaxshisi, bir marta kattaroq pulni olib qo`yaman». Shunday deya vaqt qanday o`tib ketganini bilmay qolasiz...
5. «Emayman, ichmayman, kiymayman, faqat yig`aman!» Axir, bir marta yashaymiz! Daromadimizni to`g`ri taqsimlasak, bas, o`zimizni qiynashimiz, qisinib-qimtinib pul yig`ishimiz shart emas. Avvaliga maoshning 10 foizi, keyinroq 20–30 foizini har oy bir erga joylab, so`ng unutsak, shuning o`zi kifoya
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар