Qachon o'zgaradi?

Qachon o'zgaradi?

Qachon o'zgaradi?
Oilada ahillik bo'lishiga qaramay,
er-xotin orasida bir-biriga
nisbatan shunday savol tug'ilishi
ko'p uchraydigan holat. Qachon
o'zgaradi, axir?
Erkak va ayolni bir-biriga jalb
qilishda xarakter va
temperament katta ahamiyat
o'ynaydi.
Erkak va ayol biron sabab bilan
turmush quradi. Boshidan yoki
boshida bilinmay, yillar o'tib er
xotinida, xotini esa erida
yoqimsiz jihatlarni ko'ra
boshlaydi.
Misol uchun, erining paypoqlarini
har joyga tashlashi xotiniga
yoqmaydi, biron joyga ketishdan
oldin xotinining uzoq vaqt
pardoz-andoz qilishi eriga
yoqmaydi. Shu kabi jihatlarni
juftliklar bir-birida to'g'rilashga
harakat qiladi.
Erkak xotinidagi o'ziga yoqmas
jihatlarni to'g'irlash niyatida
bo'ladi, xotini esa erida. Bu
jarayon biron janjal bilan
o'tmaydi, aksincha, bu tanbeh va
yo'riqlar kun mobaynida,
suhbatlashish yoki biron uy
ishlari bilan band bo'lgan
holatlarda, ichida saqlash,
chidash yoki asabiylashish bilan
davom etaveridi. Natijada er-
xotin orasida gap talashish
ko'payib ketadi, xarakter va odat
esa o'z holicha o'zgarmay
qolaveradi.
U holda erining televizorni oldida
uxlab qolishlaridan charchagan
ayol yoki xotinining ortiqcha vazni bilan kurasha olmayotgan
erkak qanday xxxuzb.ru saytidan olingan yo'l tutishi kerak?
Shu yerda bir latifani aytib
berishni joiz deb bildik: bir ayolni
burni eriga hech yoqmas ekan.
Har safar eri xotiniga qarab,
"burning juda xunuk, operasiya
qildirishimiz kerak, shunday
qolaversa, men sendan ketib
qolaman", deb aytaverar ekan.
Nihoyat xotini burnini operasiya
qildirishga rozi bo'libdi. Burni
chiroylik bo'ldiyu, o'zi eridan
ketib qolibdi.
Bu bilan nima demoqchimiz? Har
bir insonning yonida o'ziga loyiq
inson bo'ladi. Latifadagi erkakka
ham faqat shu ayol munosib edi,
burni go'zallashgach u ayolga bu
erkak munosib bo'lmay qoladi.
Biz har doim o'zimizga loyiq
inson bilan yashaysmiz va
o'zimizga mos munosabatni
olamiz Hayotda ham shunday. Erkak yonidagi ayolidan nolivattimi,
uning ko'rinishi, biron harakati,
qilayotgan ovqatlari
yoqmayaptimi, o'ziga nazar
solishi kerak. Demakki, u shunga
loyiq hayot kechirmoqda. Va,
aksincha, erining baqirishlaridan,
qo'polligidan charchagan ayol
ham birinchi bor o'ziga nazar
solishi darkor. O'zini pol lattadek
his qilayotgan bo'lsa, albatta
unda oyoqlarni artadigan inson
topiladi. O'zini qadr-qimmatini
biladigan ayolga munosabat ham
qadrli bo'ladi.
Turmush o'rtog'ingiz o'zgarishini
istayotgan bo'lsangiz, birinchi
o'zingiz o'zgaring. Go'zal
bo'lishini istasangiz go'zallikni
ko'rsating, muloyimlikni
xohlasangiz, shirin so'z bo'ling,
saramjonlikni kutsangiz, yordam
so'rashni o'rganing, hurmat
qilishi kerak bo'lsa, o'zingizni
hurmat qiling.
Bir narsani unutmangki, agar
erkak yoki ayol siz uchun emas
boshqa biron sabab deb o'zgara
boshlasa, siz ham unga xxxuzb.ru saytidan olingan mos
ravishda o'zgarishingiz darkor.
Siz turmush qurganda eringiz
yoki xotiningiz qanday bo'lgan
bo'lsa, 2-3 farzand ko'rib, bir
necha yil birga yashagandan
so'ng ham shunday bo'la olmaydi, u tubdan o'zgaradi. Ana
shu o'zgarish birgalikda bir
tomonga qarab sodir bo'lishi
lozim. Aks holda, "Men senga
o'ylanganimda bunday emas
eding," yoki "Ilk turmush
qurganimizdagi va'dalaringiz
boshqa edi," kabi gaplar orada
ko'payib boraveradi.
"Qachon o'zgaradi?", deyish
noo'rin, u o'zgarib kelmoqda,
aynan sizga mos ravishda. Yoki
aksincha, sizga mos ravishda
shundayligicha qolmoqda.
Agar sizga turmush
o'rtog'ingizning o'zgarishi kerak
bo'lsa, "qachon men
o'zgaraman?, deyishdan
boshlang.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: