QAHVA HAQIDA 8 TA FAKT

QAHVA HAQIDA 8 TA FAKT

QAHVA HAQIDA 8 TA FAKT
Qahvaning nima ekanligi barchaga yaxshi ma`lum. Ko`pchilik uni sevadi, ayrimlar esa bu ichimliksiz, umuman bir kunini ham tasavvur qila olmaydi. Ammo qahva nafaqat xush ifor taratuvchi, odamning kayfiyatini ko`tarib, tetiklashtiruvchi ichimlik, balki bekalarga ro`zg`orda yaxshigina asqotadigan vosita hamdir.

Yoqimsiz hidlarni yo`qotadi. Bo`z xaltacha (bir necha qavat buklangan doka)ga avvaldan yaxshilab quritib olingan qahva quyqasini solib, noxush hidlar yuzaga kelishi ehtimoli bo`lgan joylarga osib qo`ying. Masalan, javon yoki omborxonaga. Oyda bir marta xaltachani va uning ichidagi quritilgan kaxva quyqasini yangilab tursangiz, kifoya. Badbo`y is haqida, umuman unutasiz. Bordiyu haftada bir marta quritilgan qahva quyqasini muzlatgichning tokchalariga sepib qo`ysangiz, faqatgina yomon hidlar yo`qolmay, balki masalliqlarning hidi xam bir-biriga utib qolmaydi. Agar qahvaning quyqasini bir necha qavat dokaga o`rab, choyshablar orasiga qo`ysangiz, ular beqiyos iforga ega bo`ladi va uyqu oldidan sizga ajoyib hislar chulgab oladi. Mabodo baliq tozalagan bo`lsangiz, qahvaning quyqasi bilan qo`llaringizni yaxshilab ishqalang. Noxush hiddan asar ham qolmaydi.
Idishlarni tozalaydi. Buvilarimiz tog`ora, samovar, choynak-piyolalarni qum bilan tozalashgan. Ammo qahvaning quyqasi ham ushbu vazifani a`lo darajada bajara oladi. Agar u bilan kuldonni tozalasangiz, tamakining hidi ham yo`qoladi. Buning uchun bir choy qoshiq qahva kukuniga ozgina suv qo`shib, bo`tqa hosil qilasiz va kuldonni u bilan ishqalaysiz. Ikki daqiqadan so`ng yuvib tashlaysiz. Kuldon yangidek bo`ladi-qoladi.
Hasharotlardan himoya qiladi. Zararkunandalar qahvaning isini o`lgudek yomon ko`rishadi. Shuning uchun yaxshilab quritilgan qahvaning quyqasini hasharotlar ko`p uchraydigan joylarga sepib qo`yish lozim. Shunda oradan bir kun o`tmasdan, ular o`zlariga boshqa «tinchroq» boshpana izlab, uyingizni tark etishadi. Masalan, oshxonadagi chumolilardan shu usul bilan qutulish mumkin.
Tanamiz va sochlarimizni parvarishlaydi. Qahva quyqasini badanimizga va sochlarimizning ildizlariga surtamiz. 3-4 daqiqadan so`ng yuvib tashlaymiz. Qahva quyqasi do`kondan sotib olingan skrab yoki shampundek natija beradi. Ya`ni terini tozalaydi, quruq va nozik sochlarni namlantirib, ildizini mustahkam qiladi.
O`simliklarni oziqlantiradi. Tomorqangiz bo`lsa, qahvaning quyqasidan ekinlar uchun o`g`it sifatida foydalanishingiz mumkin. Ayniqsa, rediska va sabzi etishtirayotganda qahvaning quyqasi juda yaxshi samara beradi. Qahva bilan oziqlangan o`simlik tez hosilga kiradi. Matolarni bo`yaydi. Shuningdek, qog`ozni ham. Buning uchun qahvaning quyqasini bir necha qavat dokaga o`rab, qaynoq suvga solib qaynatasiz. Keyin o`sha idishga bo`yalishi lozim bo`lgan narsani 15-20 daqiqaga solib qo`yasiz.
Teridan ishlangan kiyimlarni yaltiratadi. Agar toza teridan ishlangan qora yoki jigar rang sumkangiz va yo plashingiz o`zining ohorini yo`qotgan bo`lsa, qahvaning quyqasi ularni «davolaydi». U tabiiy (hatto sun`iy) terining cho`ziluvchanligini a`lo darajada tiklaydi. Nam qahvaning quyqasini bir necha qavat dokaga urab, teridan ishlangan buyumingizni arting. Undan yana bir mavsum davomida bemalol foydalanishingiz mumkin.
Jihozlarning sirtini yangilaydi. Mayda tuyilgan qahvaning ustiga oz miqdorda qaynoq suv quyib, bo`tqa holiga keltiring. Aralashmani yog`och mebelning qirilgan joylariga ehtiyotkorlik bilan surting. Qirilgan joylar yangidek yaltiraydi.
Davolaydi. Qahva ko`pgina dorilarning o`rnini bosadi xam. Ayniksa, shamollashlarda. Qahvali ingalyasiyalar har qanday doridan tezroq ta`sir qiladi. Buning uchun bir idishda qaynab turgan suvga 3 osh qoshiq qahvaning kukunini solib aralashtiring. Keyin boshingizni katta sochiq bilan yopib idishga karab engashing. 15 daqiqa davomida ko`tarilayotgan hovurdan nafas olishingiz shart. Qahvaning bug`i burun va tomoqdagi shishlarni qaytaradi, uning tarkibidagi efir moylari esa, sizga tetiklik baxsh etadi. Siz uning foydasini ilk ingalyasiyadayoq xis etasiz. Ammo muolajani kamida 5-7 kun davom ettirish kerak.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: