Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » ​Qalbingiz “eshik”larini ochib, fe`l-atvoringizni biling!
​Qalbingiz “eshik”larini ochib, fe`l-atvoringizni biling!

​Qalbingiz “eshik”larini ochib, fe`l-atvoringizni biling!

​Qalbingiz “eshik”larini ochib, fe`l-atvoringizni biling!
Shunchaki eshiklardan birini tanlang va qalbingiz ixtiyor etgan yo`l fe`l-atvoringiz haqida qanchalik to`g`ri ma`lumot berishini bilib oling.

1. Siz erkinlik va mustaqillik yo`lini tanladingiz. Bu tuyg`ularsiz, hatto, nafas olishingiz ham mushkul. Faqat o`zingizgagina tegishli bo`lgan shaxsiy xududingiz bo`lishini juda istaysiz. Bir qarorga kelishdan avval barcha yo`llarni tahlil qilish odatingiz ishda ham, oilada ham doim qo`l keladi. Maqsad sari olg`a intilishda ko`pchilik sizdan o`rnak olsa arziydi. hayotiy quvvatingizni to`g`ri yo`naltira olganligingiz tufayli barcha istaklaringizga erishasiz.

2. Bu yo`lak – o`z hayollaringizda yaratib olgan kichik olamingiz tomon qaratilgan bo`lsa ajabmas. Bu olamda ortiqcha odamlarga o`rin yo`q, negaki yolg`izlikni xush ko`rasiz. hatto sayohat, turli tadbirlarda ham o`z hayollaringiz bilan yuzma-yuz qolishga intilasiz. Chunki, sizga enaga ham, janjallashish uchun biror kimsa ham kerakmas. Garchi do`stlaringizni yaxshi ko`rsangizda, vaqti-vaqti bilan holi qolish istagi ustun keladi.

3. Qiziqarli sarguzashtlar, chinakkam go`zallik va his hayajonlarsiz hayotingizni tasavvur eta olmaysiz. Sukunat va yolg`izlikni o`z dushmaningizdek qabul qilasiz. “Beshikdan to qabrgacha ilm izla” bu hikmatli so`zlarni hayotiy shioringizga aylanib ulgurgansiz. Qiziquvchanligingiz tufayli, xech narsani e`tibordan chetda qoldirmaysiz.

4. Tanlagan yo`lingizga qarab, har qadamda sirli voqealar izingizdan soyadek ergashib yurishini aytishimiz mumkin. Ehtimol biroz, jizzakilik va shoshqaloqlik ham sizga begona emasdir. Buni avval so`ylab, keyin o`ylash odatingizdan bilib olish mushkul emas. O`rnatilgan qoidalarni buza olish xususiyatingiz tufayli ham atrofdagilarni doim hayratga solasiz. Biroq vaqtingizni havoga sovurayotganingizni yuzingizga ochiq aytishga xech kim jur`at qilolmayotgan bo`lsachi, shu haqda ham bir o`ylab qo`ring.

5. Bag`ri keng insonsiz. Siz uchun tinchlik-xotirjamlik baridan ustun. Ba`zilarga o`xshab xar qanday yo`l bilan maqsadingizga etishishni istamaysiz. Chunki siz uchun natijadan ham ko`ra, marraga eltuvchi yo`lni mazmunli bosib o`tish muhimroq-da. Ruhiy xotirjamlikka erishish uchun oqim bo`ylab suzasiz. Muammolarni chetlab o`tishda oldingizga tushadigani kam topiladi.

6. Siz tinchik yo`lini tanladingiz. Hayotingiz davomida yolg`izlik, osoyishtalik va ehtiyotkorlik doimiy hamrohingiz sanaladi. Do`stlaringizga doim sodiq va eshitishga tayyor sirdoshsiz. Balki shu sababdan ham siz bilan do`stona munosabatlar o`rnatishni istovchilar ko`plab topiladi. Sizni chinakkam faylasuf deyish mumkin. Yangi tanishlar orttirib ham eski qadrdonlaringizni yoddan chiqarmaysiz.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: