Qanday erta turish mumkin?

Qanday erta turish mumkin?

Qanday erta turish mumkin?
Ertalab uyqudan barvaqt uyg‘onish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Ayniqsa, odam uyquga kech yotganda, buni uddalash mushkul. O‘zi nima uchun erta turish kerak? Bu shunchalik muhimmi? Odamlar o‘z ishlari, kun tartiblariga ko‘ra ertalab qachon uyqudan turishni o‘zlari hal qilsa bo‘lmaydimi? Bo‘ladi. Aslida ham ko‘pchilik shunday qiladi. Lekin erta turish zarur bo‘la turib, buni eplolmaydiganlar bor. Kech turishi oqibatida ishga, o‘qishga kech qolib, rahbariyatdan dakki eshitib yuradiganlar qancha oramizda?! Biz bu yerda ayni shu mavzu atrofida fikr yuritmoqchimiz. Erta turishning qanday hikmati va foydalari bor va bunga qanday erishish mumkin kabi savollarga ushbu maqolada javob topishga harakat qilamiz.
Erta turishning foydalari.
Erta turishning foydalari ko‘p. Masalan, siz har kuni ertalab soat 7:00 da uyqudan turasiz. Tasavvur qiling, siz shuni bir soat oldinga surdingiz. Endi yettida emas, oltida turyapsiz. Har kuni uyquda o‘tadigan umringizning bir soati real jonli hayotingizga qo‘shiladi. Bir soat ichida odam ko‘p ish bajara oladi. Masalan, 60 daqiqada 100 sahifagacha kitob o‘qish mumkin. Har kuni ertalab bir soatdan mutolaa qilinsa, uch kunda katta bir kitobni o‘qib bitirish mumkin. Barvaqt turish hisobiga qo‘lga kiritilgan vaqt hisob-kitob qilinganda esa, oyda o‘ttiz soat, bir yilda 360 soat foydali vaqtga ega bo‘lasiz. Bu degani, naqd 15 kunni tejab qolasiz. O‘hho‘, bu kunlardan samarali foydalansangiz bormi... 15 kunni xuddi ko‘z-yumib ochguncha muddatda o‘tib ketadigan uyqu bilan barbod qilgan yaxshimi yoki unumliroq biror mashg‘ulot bilan band bo‘lib, umringizni yana yarim oyga uzaytirganingiz ma'qulmi? Albatta, aqlli kishi ikkinchisini tanlaydi.
Ruhshunoslar insonlarni bioritmlariga ko‘ra "to‘rg‘ay" (ertalab bemalol vaqtli uyg‘onib, ishga kirishib keta oladigan, lekin faolligi tushgacha davom etib, keyin asta-sekin so‘nib boradigan odamlar toifasi) va "boyqush"larga (ertalab uyg‘ona olmaydigan, tushgacha ishga kirisha olmay, faqat tushdan so‘nggina ish boshlab, to keyingi kunning saharigacha faol harakatda bo‘ladigan insonlar) ajratsalar-da, bu aslida shartli tasniflashdir. Lekin, bu tasnifda ham jon bor. Har ikki toifaga mansub odamlar atrofimizda ko‘p.
Xo‘sh, "boyqush"ni "to‘rg‘ay"ga aylantirsa bo‘ladimi? Yo‘g‘-e, ikkalasi ikki xil dunyo-ku, deyishingiz mumkin.
O‘z tajribamdan kelib chiqqan holda ashaddiy "boyqush" ham azonlab uyg‘onishga moslasha olar ekan, degan xulosaga keldim. Tajribam quydagicha edi:
Har kuni ertalab soat 9-10da uyg‘onib, yarim kechasi 1-2ga qadar, ba'zan sahar 3-4gacha o‘tirar edim. Eng mahsuldor vaqtlarim ham tushlikdan keyingi paytga to‘g‘ri kelardi. Bunday odat ishi ko‘p bo‘lmagan kishilar uchun yaxshidir, lekin vaqt tazyiqi ostida turganlar uchun juda unumsiz va yomon odat ekanligini va azonlab turish bilan shaxsiy muvaffaqiyat orasida kuchli bog‘liqlik borligini anglab yetganimdan so‘ng, barvaqt turishga ahd qildim. Uyqudan oldin qo‘ng‘iroqni soat tonggi 5.00ga qo‘ydim. Va ertasi kuni tushlikdan sal oldin uyg‘ondim...
Va bu hol ancha vaqt davom etdi. Ertalablari qo‘ng‘iroq chalinishi bilan kallamga kelgan birinchi fikr, shu qo‘ng‘iroqning bongi o‘chsa-yu, yana ozgina uxlab olsam, degan o‘y bo‘lardi. Va yarim-avtomatik ravishda qo‘ng‘iroqni o‘chirib, yana shirin uyquga ketardim. «Taqdir emas ekan» deb, eski odatimni davom ettirib yurgan paytimda bir kuni Stiv Pavlinaning "Qanday erta turish mumkin?" degan maqolasiga duch kelib qoldim. Va shundan so‘ng men uchun yangi hayot boshlandi...
Maqolaning qisqacha mazmuni quyidagicha:
Uyqu bo‘yicha ikkita yondashuv bor. Ko‘p insonlar vaqtli turmoqchi bo‘lsa, vaqtli uxlashga harakat qiladi. Uyqusi kelmasa ham shuning harakatida bo‘ladi. Ikkinchi nuqtai nazar shuki, insonning organizmi qachon va qancha uxlash kerakligini o‘zi biladi. Ushbu yondashuvga ko‘ra, uyqu kelgandagina uxlash kerak va bunda uyquga to‘yganingizdan so‘ng qo‘ng‘iroqsiz ham o‘zingiz uyg‘ona olasiz.
Stiv Pavlina bu ikki yondashuvni birlashtirgan holda shunday deydi: uyqingiz kelsa, darhol uxlang, lekin har kuni ertalab aniq bir vaqtda turing. Kechasi kech uyquga yotgan bo‘lishingizga qaramay, ertalab belgilagan vaqtingizda turishga harakat qiling. Aytaylik, tungi o‘n ikki-birlargacha uxlay olmadingiz. Qo‘ng‘iroqni esa tonggi soat beshga qo‘ygansiz. Nima qilib bo‘lsa-da, o‘sha belgilangan vaqtda turishga harakat qiling. Ertasiga kunduzi charchasangiz ham sabr qilib kuningizni o‘tkazing. Bir-ikki kun shunday davom etsa, qarabsizki, bundan buyon kechqurun soat 21-22larda avtomatik
tarzda "nokaut" bo‘lasiz - o‘chasiz. Chunki vujudingizning o‘zi unga qancha uyqu kerakligini biladi va sizni vaqti bo‘lganda "o‘chirib qo‘yadi". Agar har kuni soat ertalab 5da turaman deb o‘zingizga va'da bersangiz va shunga hech qanday murosasiz amal qilib kelsangiz, tanangiz yarim kechgacha o‘tira olmay, sizni barvaqt uyqu eltadi. Chunki u ertalab soat beshda turish kerakligini biladi va uxlab dam olmasa, ertasi o‘ziga qiyin bo‘lishini yaxshi fahmlaydi. Shunday

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: