Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Qanday kasalliklar yaxshi ko‘rinishga xalal beradi?
Qanday kasalliklar yaxshi ko‘rinishga xalal beradi?

Qanday kasalliklar yaxshi ko‘rinishga xalal beradi?

Qanday kasalliklar yaxshi ko‘rinishga xalal beradi?
Tashqi ko‘rinishdagi kamchilikka biror kasallik sabab bo‘lishi mumkinligi hammaga ma’lum. Lekin ko‘pincha odamlar o‘z qiyofasidagi salbiy o‘zgarishlarni ko‘rsa ham shifokorga borishga shoshilmaydilar. Maqolamizda bu o‘zgarishlarni keltirib chiqaradigan va ko‘rinishimiz yaxshi bo‘lishiga xalal beradigan kasalliklar to‘g‘risida aytmoqchimiz.

Gipotireoz

Qalqonsimon bezning gormonlar ishlab chiqarishi pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan, endokrin tizimining eng keng tarqalgan kasalliklaridan biridir. Bu kasallikni aholining 4—6 foizida uchratish mumkin.

Noxush oqibatlari: Teri ko‘pincha quruqlashadi, po‘st tashlaydi, sarg‘ish tus oladi va dog‘ bosadi. Sochlar to‘kilishi mumkin. Ba’zilar semirib ketadi. Gipotireozda metabolizm tezligi pasayadi, bu esa organizmdagi moddalar balansining buzilishiga olib keladi.

Gipertireoz

Bu kasallik – gipotireozning teskarisi: Qalqonsimon bez ikki marta ko‘p ishlaydi. Bu tireotoksikozga olib keladi – organizm gormonlardan zaharlanadi.

Noxush oqibatlari: Modda almashinuvi tezlashadi – siz qabul qilgandan ko‘ra ko‘proq energiya yo‘qotasiz – tana normal faoliyat ko‘rsatishi uchun kerak bo‘ladigan moddalarni yo‘qotadi. Teri quriydi, sochlar to‘kiladi, tirnoqlar sinadi va vazn kamayib ketadi.

Kamqonlik

Qondagi gemoglobinning kamayishi bilan bog‘liq kasallik bo‘lib, har xil turlari mavjud.

Noxush oqibatlari: Sport bilan shug‘ullanish vaqtida ham yo‘qolmaydigan, hatto kuchayadigan rangparlik. Ba’zilarning yuzi esa sarg‘imtir tus oladi.

Buyrak kasalliklari

Har xil bo‘ladi – sistit, siydik yo‘li kasalliklari va boshqalar.

Noxush oqibatlari: Ko‘z osti ko‘karishi va osilishi – ayniqsa ertalablari.

Kasalliklardan qochishning aniq belgilangan usullari yo‘q – lekin to‘g‘ri ovqatlanish, sport bilan shug‘ullanish yoki hech bo‘lmasa bir haftada 3 marta 30—40 daqiqadan piyoda sayr qilish xavfni jiddiy ravishda kamaytiradi.

Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: