Qanday qilib har kuni bittadan kitob o‘qish mumkin?
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Qanday qilib har kuni bittadan kitob o‘qish mumkin?
- Дата релиза: 26-03-18, 16:08
Ma’lum bo‘lishicha, kattalar bir daqiqa ichida o‘rtacha 120–180 ta so‘z o‘qir ekan. Kitobning standart hajmi — 60 000—10 000 so‘zdan iborat. Keling, hisoblab ko‘ramiz.
Agar o‘rtacha tezlik bilan bir daqiqada 150 ta so‘z o‘qisangiz, 80 000 so‘zdan iborat bo‘lgan kitobni taxminan 9 soat ichida o‘qib chiqasiz. Agar tez o‘qish yo‘llarini o‘rganib olsangiz, buni undan ham tezroq amalga oshirishingiz mumkin.
Periferik ko‘rishdan foydalaning
So‘zning o‘ziga emas, balki ikki so‘z o‘rtasidagi oraliqqa qarang. Birdaniga ikkala so‘zni ham o‘qishga harakat qiling, keyin esa nigohingizni navbatdagi so‘zlar juftligiga qarating.
Malaka hosil qilish uchun iborani tez ko‘zdan kechiring, keyin esa uni yana takrorlang. O‘qish vaqtida satrlarning o‘rtasiga qarang, chetdagi so‘zlarga diqqatingizni qaratmang.
Keyin so‘zlarni guruhlar bo‘yicha o‘qishni sinab ko‘ring. Bitta guruh — bu nigohni olmasdan o‘qish mumkin bo‘lgan va bir-biriga yaqin joylashgan 4–16 ta so‘z.
Boblarni tez ko‘rib chiqing
Boblarning nomlarini va bir necha birinchi so‘z boshilarini o‘qib chiqing. Shunda siz muallif nima aytmoqchi bo‘lganini tushunib olasiz. Gap nima haqida borayotganini bilib olish uchun sarlavhadan keyingi satrlarga tez-tez ko‘z yugurtirib chiqing.
Bu usul badiiy kitoblar uchun to‘g‘ri kelmaydi. Lekin u agar siz asosiy g‘oyani yoki muallif asoslarini tez aniqlamoqchi bo‘lganingizda ish berishi mumkin.
Ko‘chirmalar qiling
Tabiiyki, bunday tezlik bilan o‘qishda siz hammasini eslab qololmaysiz. Shuning uchun kerakli va asosiy ma’lumotlarni ko‘chirib oling.
Bo‘sh bo‘lgan har bir daqiqada o‘qing
Transportdami, navbatda turganingizdami, tanaffus paytida bo‘ladimi, qayerda bo‘lishingizdan qat’iy nazar o‘qing. Seriallar tomosha qilishni o‘qish bilan almashtiring.
Agar kun davomida vaqtingiz kam bo‘lsa, audiokitoblar eshiting. Ularni ishga borishda, uy yig‘ishtirish paytida, sport bilan shug‘ullanishda ham eshitishingiz mumkin.
Asta-sekinlik bilan boshlang
Har kuni bittadan kitob o‘qish shart emas. Agar ko‘proq va yaxshiroq o‘qishni istasangiz, tezlikni asta-sekinlik bilan oshirib boring.
O‘zingizga yoqadigan kitoblarni tanlang va tajriba qilib ko‘ring. Bu sizni yanada ko‘proq o‘qishga ilhomlantiradi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар