Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Qanday qilib murakkab kiyimlarni qiynalmasdan dazmollash mumkin?
Qanday qilib murakkab kiyimlarni qiynalmasdan dazmollash mumkin?

Qanday qilib murakkab kiyimlarni qiynalmasdan dazmollash mumkin?

Qanday qilib murakkab kiyimlarni qiynalmasdan dazmollash mumkin?
Biz siz uchun murakkab bichimdagi buyumlarni qiynalmasdan dazmollash haqida bir necha maslahatlarni to‘pladik.

Erkaklar ko‘ylagi

Yaxshi dazmollanishi uchun ko‘ylak quruq bo‘lmasligi kerak. Dazmol qilishdan oldin unga purkagich yordamida suv seping.

Dazmollashni ko‘ylakning yoqasidan boshlang. Keyingi bosqich — manjetlar. Keyin yenglarga o‘tishingiz mumkin. Ularda buklangan chiziq hosil bo‘lmasligi uchun dazmolni faqat yengning o‘rtasidan yurg‘izing.

Oxirida ko‘ylakning etaklari va orqasi dazmollanadi.

Shim

Shimning teskarisini ag‘daring, choklarini va cho‘ntaklarini dazmollang. Keyingi harakatlar o‘ng tomonida bajariladi. Shim tekis dazmollanishi uchun ho‘l dokadan foydalaning.

Shimning bir pochasini taxta ustiga qo‘ying, dokani yoping va pastdan yuqoriga tomon dazmollang.

Keyin shimning yuqori qismi bilan shug‘ullaning. Qulay bo‘lishi uchun uni taxtaning yumaloq tomoniga tortib kiydirishingiz mumkin.

Oxirgi bosqich — taxlarini dazmollash. Pochalarning yon choklarini birlashtiring va ehtiyotlik bilan doka yordamida shimning buklangan joylarini dazmol qiling.

Pidjak

Choklari va qismlari ko‘p bo‘lgani uchun pidjakni doka orqali dazmollaganingiz ma’qul. Boshida yenglarini dazmollang, keyin esa yelkalariga o‘ting. Ishni osonlashtirish uchun mahkam qilib o‘ralgan sochiqdan foydalanishingiz mumkin. Buklanib qolgan joyini dazmollash uchun uni yengning ichiga qo‘ying.

Yelkasi va etaklari o‘ng tomonidan doka orqali dazmol qilinadi. Oxirida yoqalarini dazmollang. Oson bo‘lishi uchun dazmollash jarayonida gazlamani qo‘lingiz bilan biroz torting.

Trikotaj buyumlar

Trikotaj buyumlarga quritish jarayonidan boshlab e’tibor berish lozim. Bunday matodan qilingan buyumlarni yaxshisi yotiq yuzalarga yoyib quritgan ma’qul: shunda balki, ularni dazmollash ham kerak bo‘lmaydi.

Agar trikotaj buyumni baribir dazmollash kerak bo‘lsa, buyumni biroz ho‘llang va ehtiyotlik bilan bug‘lang. Dazmolni qattiq bosish shart emas, buyumning har bir qismiga dazmolning tagini bir necha soniya qo‘yib turishning o‘zi kifoya qiladi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: