Qanday qilib qo‘l terisini silliq va nafis saqlash mumkin?
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Qanday qilib qo‘l terisini silliq va nafis saqlash mumkin?
- Дата релиза: 04-12-17, 13:55
Kuzgi-qishki davrdagi hayot bizni o‘ziga xos muammolarga duch kelishga majbur qiladi. Shamoldan quruqshab qolgan qo‘llarimiz terisi jilvir qog‘ozni eslatadi. Lekin tashvishga tushmang, maxsus parvarishlash yordamida bu muammoni tezda hal qilish mumkin.
Kremni qanday tanlaymiz?
Kuz-qish mavsumida qo‘llar terisini parvarishlash uchun yog‘li krem kerak bo‘ladi. Uning tarkibida o‘simlik yog‘lari bo‘lishi lozim. Hozir ayniqsa batterlar (qattiq yog‘lar) yaxshi, ularga kakao, kokos, makadamiya va mango yog‘lari kiradi.
F, A va E vitaminlari terini yumshatadi, sho‘ralash va qichishishni yo‘qotadi, hujayralarning tiklanishini tezlashtiradi. Mochevina, gialuron kislotasi, skvalan, aloe vera ekstrakti terini namlashga yordam beradi. Asalari va boshqa mumlar, shuningdek lanolin namlikni ushlaydi, shamol va past haroratlar ta’siridan himoya qiladi.
Kuz va qishda kremlardan to‘g‘ri foydalanish
Yaxshisi bir yo‘la ikkita – namlovchi va oziqlantiruvchi krem olganingiz, ularni navbatma-navbat ishlatganingiz ma’qul. Birinchisidan kun davomida, qo‘lingizni har yuvgandan keyin; ikkinchisidan – ko‘chaga chiqishdan oldin va kechqurun foydalanishingiz kerak.
Ko‘pchilik, kaftlar terisining quruqligi va yorilishiga hech qanday vosita yordam bermayotganidan shikoyat qiladilar. Bunday hollarda maxsus mochevinali kremdan foydalaning, u bunday muammolarni samarali tarzda bartaraf qiladi.
Parvarishlashda yog‘larning foydasi haqida
Kosmetik yog‘lar tarkibiga ko‘ra vitaminlar va biologik faol moddalarning tabiiy konsentrati hisoblanadi. Bir necha tomchi yog‘ tabiiy qarish va terining so‘lish jarayonini sekinlashtiradi. O‘simliklar yog‘ining o‘zini sof holda ham ishlatish mumkin: ularni qo‘l terisiga suring yoki kremga qo‘shing.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар