Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Qanday qilib sochlar oqarishini sekinlashtirish mumkin?
Qanday qilib sochlar oqarishini sekinlashtirish mumkin?

Qanday qilib sochlar oqarishini sekinlashtirish mumkin?

Qanday qilib sochlar oqarishini sekinlashtirish mumkin?
Sochlar oqarishi — qarish belgilaridan biri. Ba’zilar yoshligidan sochlari oqara boshlaydi, ko‘pincha esa 35-40 yoshdan boshlab sochlarga oq tusha boshlaydi. Bu muqarrar jarayon bo‘lsa-da, uni biroz sekinlatishga urinish va shu bilan birgalikda sog‘liqni ham mustahkamlash mumkin. Biz sizga buning oddiy xalqona usullari to‘g‘risida aytmoqchimiz.

Birinchidan, ovqatlanishga e’tibor bering. Dukkaklilar, avokado va yong‘oqlarni ko‘proq yeng. Ikkinchidan, agar sizning zararli odatlaringiz bo‘lsa, ulardan qutulishga harakat qiling. Chekish va ichish muammoni chuqurlashtiradi. Uchinchidan esa, sochlaringizni parvarish qilishda asqotadigan va ularning oqarishini sekinlatishda yordam beradigan xalqona vositalardan foydalanish to‘g‘risidagi bir necha maslahatlarni yozib oling.

Moychechak va zarchiva (kurkuma) damlamasi — och rangli sochlar uchun. Zarchiva sochlarga asal rangini berish uchun qo‘shiladi. 4 osh qoshiq moychechak va 2 osh qoshiq zarchivani 1 litr qaynoq suvga soling va damlab qo‘ying, sochlaringizni har yuvishdan so‘ng chayqash uchun ishlating.
Mavrak (shalfey) va qora choy damlamasi — jigarrang sochlar uchun. Bu o‘tli vositani tayyorlash uchun bir nechta mavrak bargini qora choyga qo‘shib damlang va yarim litr qaynoq suv bilan aralashtiring.
Rozmarin damlamasi — to‘q rangli sochlar uchun. 4 osh qoshiq rozmarinni yarim litr qaynoq suvda damlang. Bunday damlama bosh terisini yaxshilaydi, soch ildizlarini mustahkamlaydi va borgan sari ularning rangini qoraytiradi.
Qoramtir sochlar uchun mavrak va rozmarin damlamasi. 3 osh qoshiq mavrak va 3 osh qoshiq rozmarinni 1 litr suvda damlang. Bu ajoyib chayqash vositasi yuvib tashlashni talab qilmaydi va sochlarni sog‘lomlashtiradi.
Xina va limon sharbatidan sochlar uchun niqob. Sarg‘ish va asal rangni yoqtiradiganlarga xina yordam beradi. 3 osh qoshiq xina va 1 osh qoshiq limon sharbatini aralashtiring, aralashmani sochlaringizga suring va o‘rab qo‘ying. 3 soatdan keyin yuving.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: