QANDLI DIABETDA OYoQLAR PARVARIShI MUHIM!
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: QANDLI DIABETDA OYoQLAR PARVARIShI MUHIM!
- Дата релиза: 14-08-17, 16:39
Kun davomida jussamizni ko`tarib yuradigan oyoqlarimizga qanchalar og`irlik tushishini tasavvur qilish qiyin emas. Aytaylik, oyoq kaftida qadoq yoki yoriqlar paydo bo`lsa, qanchalar azoblanamiz! Sog`lom odamlar bunday muammolarni oddiy qabul qilishadi, biroq qandli diabetga chalinganlar uchun arzimagan zararlanish va infeksiyalar ham og`ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, bu dardga qarshi uzoq yillardan beri kurashib kelayotganlar va keksalarning oyoqlarida tomirlar zararlanib, qon aylanishi buziladi. Ustiga-ustak, qon tarkibida qand miqdorining ortiq bo`lishi nerv uchlarini ham zararlamay qo`ymaydi. Oqibatda bemor bosim, og`riq va issiqlikni sezish imkoniyatidan ayriladi. Vaholanki, og`riq odam organizmi uchun juda zarur, chunki u xavfdan ogoh etadi. Shuning uchun ham qandli diabet kasalligida oyoqlar parvarishiga alohida e`tibor qaratish talab etiladi.
Teri qurib qolmasin!
Har kuni oyoqlaringizni yaxshilab yuving, yaxshisi, bolalar sovunidan foydalaning. Suv haroratini o`lchang (masalan, tirsak bilan).
Oyoqlaringiz suvda 5 daqiqadan ortiq turmasin.
Oyoq barmoqlari orasidagi teriga alohida e`tibor bering.
Oyoqlarni yumshoq sochiq bilan yaxshilab arting, tirnoqlaringizni juda qisqa qilib va burchaklarini aylana tarzda qirqmang.
Terining yumshoqligi, egiluvchanligini saqlash zarur. Chunki qon tomirlarining uzoq vaqt shikastlangan holda bo`lishi terining juda qurib qolishi va osonlik bilan yorilishiga sabab bo`lishi mumkin. Yaxshisi, namlovchi kremdan foydalaning.
Yaxshi yoritilgan joyda oynadan foydalangan holda oyoqlaringiz va ularning kaftini ko`zdan kechiring. Barmoqlaringiz orasidagi teriga, teri qatlamidagi yoriqlarga, qirilgan, tirnalgan, qavariq joylarga, yaralarga, teri qatlami rangining o`zgarishiga, harorat va ta`sirni sezish qobiliyatining o`zgarishiga e`tibor bering.
Poyabzal qulay bo`lsin!
Oyoqlaringiz tagini asrang, ko`chada ham, uyda ham oyoqyalang yurmang. Tabiiy matolar (jun, paxta)dan tayyorlangan oq tusli paypoq kiyganingiz ma`qul. Paypoqning rezinasi oyoqni qismasligi kerak, aks holda oyoqlarda qon aylanishi buzilishi mumkin. Paypoqlarni har kuni almashtiring, oyoqni issiqlik asboblaridan uzoq saqlang.
Poyabzalni sinchiklab tanlang, u tegishli o`lchamda va qulay bo`lishi zarur. Orqa tarafi mustahkam, usti yumshoq, tumshug`i keng yoki to`rtburchak shakldagi, qalin amortizasiya qiluvchi sport poyabzali yoki krossovka qiygan ma`qul. Ana shunday poyabzallarning aksariyatida olinadigan pataklari bo`ladi, chunki bemor o`ziga kerakli pataklar sonini o`zi belgilashi zarur (masalan, oyoqlari shishganda).
Poyabzalni kiyishdan oldin uning ichi tekisligiga ishonch hosil qiling.
O`zingizni o`zingiz davolamang!
Qandli diabet kasalligida oyoq kaftlari ozgina shikastlansa ham uzoq vaqt bitmaydi va faol davolashni talab etadi. Bunday paytda yaralangan joyga yaxshilab kuchsiz antiseptik surting, so`ng quruq mato bosing. Zelyonka yoki yod kabi antiseptiklardan foydalanish kerak emas. Chunki dorining rangi shifokorga yallig`lanish darajasini yoki infeksiya bor-yo`qligini aniqlash imkonini bermaydi.
So`gal, qadoq yoki terining dag`allashgan joylarini yo`qotuvchi dorilardan foydalanmang. Agar yara 2-3 kun mobaynida bitmasa, podiatrist yoki keropodist kabi mutaxassislarga murojaat qiling. O`zingizni o`zingiz davolamang!
Ichish va chekish — eng katta dushman!
Ma`lumki, qandli diabetda mayda qon tomirlari zararlanadi, to`qimalarning oziqlanishi va qon bilan ta`minlanishi buziladi. Xuddi shu buzilishlar insult, miokard infarkti, buyraklar va ko`zlarda, oyoq-qo`llarda jiddiy asoratlar rivojlanishi uchun zamin yaratadi. Sigareta chekish va spirtli ichimliklar iste`mol qilish ana shu asoratlarni yanada kuchaytiradi.
Spirtli ichimliklar tarkibidagi glyukoza qandli diabetga chalingan bemorga qo`shimcha salbiy ta`sir ko`rsatadi.
Abror MAShARIPOV
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар