QAYNONA, SIZ XONADON FARIShTASISIZ!
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: QAYNONA, SIZ XONADON FARIShTASISIZ!
- Дата релиза: 08-11-17, 20:55
Mana, buning isboti.
Juda qattiqqo`l ham, nihoyatda ko`ngilchan ham bo`lmang. Oltin o`rtalikni ushlasangiz, sizdan yaxshi qaynona bo`lmaydi.
Qizingizga o`zga xonadonda qanday munosabatda bo`lishlarini istasangiz, keliningizga ham shunday bo`ling. «Uchirma bo`lgan» qizingizga ham, o`g`lingizning ortidan xonadoningizga kelgan keliningizga ham avval-boshdanoq shirinso`zlik bilan «bu uydagi gapni u uyga, u erdagi gap-so`zlarni bu erga olib kelmang», deya tushuntirib qo`ying.
Qizingiz bilan suhbatda qaynonasining gap-so`zlaridan kir axtarmang, suhbatingiz ularning bir-biriga mehrini oshirishga xizmat qilsin.
Kelinlaringiz bir nechta bo`lsa, adolat qiling, odil hakam bo`ling.
«Men kelinligimda juda qiynalganman, qaynonam ko`p qiynagan, kelinim ham mening chig`irig`imdan o`tishi kerak», deya o`tmishining «qasd»ini kelinidan oladigan, «o`g`limni onasi o`pmagan qizga uylantirib qo`yaman» deydigan qaynonalardan bo`lmang.
Keliningizga mehrli bo`ling, keksaligingizda u ham sizga ming chandon ko`p mehr bilan «javob» qaytarsin. Bolalaringizning baxtu kamolini ko`rib, keksalikda ham qadr topib yashash nasib etsin!
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар