Qaynonaga yoqish uchun...

Qaynonaga yoqish uchun...

Qaynonaga yoqish uchun...
Qizlar yangi xonadonga kelin bo'lib tushgach, qiyinchiliklarga duch keladilar. Bu er bilan yangi munosabatlar qurish, erining uydagilari bilan yaxshi muomalada bo'lish, uy ishlari, uyquga to'ymaslik va boshqalar. Shu o'rinda qaynana bilan til topishish alohida kuch va matonat talab etadi. Qaynana ham, kelin ham ayol sifatida qanchalik yaxshi bo'lmasin bir-biri bilan yaxshi muomalada bo'lish oson bo'lmaydi. Nega?
Buning sababi juda ko'p bo'lib, biz ularni tahlil qilib o'tirmaymiz. Undan ko'ra qaynana-kelin munosabatlarini yaxshi bo'lishi uchun nima qilish kerakligi haqida so'z yuritamiz.
Shuni ta'kidlab o'tish muhimki, bu munosabatlarni yaxshilash uchun 90% harakatni kelin qilishi kerak. Agar kelin "Qaynanam yomon", "Qaynanam aybdor", "Erim baribir meni deydi" degan xayollar bilan yursa, oilaviy hayoti baxtli bo'lmaydi.
Demak,
1. Unutmang, eringiz bilan yolg'iz qolganingizda sizga qanchalik mehribon, jismonan zor bo'lmasin, sizga qanday gaplar gapirmasin baribir tanlash kerak bo'lganda u Onasini tanlaydi. To'g'ri, siz uning oilasisiz, aslida dili sizni deydi, muhabbati va hayoti ham sizniki, lekin u ONA bo'lgani uchun uni tanlaydi. Agar qandaydir sabablar bilan sizni desa ham, siz bundan yutuqda qolmaysiz. Onani ranjitib baxtli bo'la olmaysiz. Er uchun siz ham, onasi ham birdek muhim va kerak. Munosabatlaringizni tanlov qilish darajasigacha olib bormang... yutqizasiz.
2. Qaynanangizni tushuning. To'qqiz oy bag'rida ko'targan, keyin mehr va sabr bilan voyaga yetkazgan, shunday ajoyib qilib tarbiyalab qo'ygan o'g'lini bir kuni sizga topshiradi. Nafaqat o'g'lini, sevgisini ham, mehrini ham, xayollarini ham sizga berib qo'yadi. O'ziga deyarli hech narsa qoldirmaydi. Faqatgina uning o'g'lining g'amxo'rligi va shirin so'zi unga kerak bo'ladi xolos. Bundan qaynanangizni ayirmang, agar o'g'lini sizdan rashq qilayotgan bo'lsa, uni tushuna biling.
3. Eringiz bilan qaynanangiz oldida suykalanmang. Erkalash, shirin so'zlashish va boshqa shu kabi intim munosabatlaringizni barchadan yiroqda, yagona qolganingizda amalga oshiring.
4. Qaynanagiz nima desa u haq ekanligiga boshidan o'rganing. Noto'g'ri ekanligiga 100% amin bo'lsangizgina shirin so'z bilan shuni unga tushuntira oling.
5. Uy ishlarini bekamu ko'st bajaring.
6. Farzandlaringiz tarbiyasiga, sog'lig'iga ahamiyatli bo'ling.
7. Eringiz kiyimlariga, ovqatlanishiga ahamiyatli bo'ling.
8. Qaynanangiz haqidagi gaplarni qizlik uyingizga olib bormang. Juda ham siqilib ketsangiz, dugonalar bilan dardlashing, lekin hech qachon maslahat so'ramang. Baribir noto'g'ri maslahat berishadi.
9. Qaynanangizni yaxshi ko'ra olmasangiz ham hurmat qilishingiz shart.
10. Ayb ish qilib qo'ysangiz, kechirim so'rashni biling.
11. Qaynanangiz bilan muammo paydo bo'lsa, eringizdan hal qilib berishini kutmang. Er-xotin munosabatlari qaynana-kelin munosabatlariga aralashtirmang. Birini yaxshilaysiz, ikkinchisiga zarb yetadi.
12. Qaynanangizga gap qaytarmang. Nohaq bo'lsa, bir ozdan so'ng o'z fikringizni tushuntirib bering.
Agar yuqoridagi maslahatlarni amalga oshirsangiz ham, qaynanangiz sizga nisbatan adolatsiz bo'lsa, u holda bunga ko'z yumib yashashni o'rganing. Asabiylashish uchun shundoq ham sizda muammolar kam emas, qaynana bilan aloqangiz yaxshi emasligi asabiylashishga arzimaydi. Oila - bu er va farzandlaringiz. Qaynana bilan munosabatlaringiz esa ana shu oilani baxtli qilishi uchun mavjud bo'lgan 100ta omillardan birigina xolos.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: