Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Qaynonam makrining qurboniga aylanyapman
Qaynonam makrining qurboniga aylanyapman

Qaynonam makrining qurboniga aylanyapman

Qaynonam makrining qurboniga aylanyapman
“Turmush o`rtog`im bilan sevishib, sinashib oila qurganmiz. O`rtamizdagi muhabbatga qattiq ishonardim. Biroq baxtli oila qurish uchun er-xotinning munosabati etarli bo`lmas ekan. Erim kenja o`g`il bo`lgani uchun qaynonam bilan yashaymiz. Qaynotam ancha yillar oldin vafot etgan. Homiladorligimda qaynonamning menga ko`rsatgan qiliqlarini o`ylasam, hozir ham yuragim siqiladi. Siqilganimdan bolam kasalmand tug`ildi. Dardimni ichimga yutib, chidadim. Qizim uchga to`lmasidan o`g`lim tug`ildi. Ikki bolaning parvarishi, ro`zg`or yumushlari meni holdan toydirayozdi. Qaynonamning dashnomini eshitmay, erimga urdirmasin, deb tinim bilmasdim. Bir kuni uylarni tozalayotib, qaynonam yotadigan gilamning tagidan bir talay dori topib oldim. Qon bosimim ko`tarildi, deb dori olib keltirar, ularni ichmasdan gilam tagiga tashlab qo`yarkan. Bundan qattiq jahlim chiqdi. Erim onasining gapiga kirib, meni haqoratlay boshlaganida barchasini aytib berdim. U jazavaga tushdi. Har kuni bo`ladigan ana shunday tashvishlardan charchadim. Ichimdagini birovga aytib yorila olmasam, bir kun o`zim ham kasalmand bo`lib qolamanmi, degan o`ydaman. Qaynonamning makrlaridan, onasini gapiga ishonib erim meni qiynashidan charchadim. Maslahat bering, nima qilay?”

Maxfirat, Qashqadaryo viloyati

TO`TI AYАDAN 2 TAVSIYА

Qaynonangizning har bir harakatidan yomonlik axtarmang. Turmush tarzingizni o`zgartiring. Ya`ni qaynonangizning makrlarini ko`nglingizga olib, o`zingizni qiynab yurmang. U bilan samimiy gaplashib olishingiz ham mumkin. Mabodo yumushlarni qaynonangizning ko`nglidagidek bajarmayotgan bo`lsangiz, sidqidildan bajarishga urining.
Barchasini ichga yutib, asabiylashganingiz bilan muammoni hal etolmaysiz, o`zingiz bilganingizdek, sog`ligingizga ziyon etkazasiz, xolos.

MIRABBOS OTADAN 2 TAVSIYА

Aslida ikki tomon gapini eshitmagunimcha, biron qat`iy munosabat bildirish qiyin. Chunki har kim o`zicha haq hisoblanadi. Men kuyovga va qaynonaga maslahat bermoqchiman. Ayolingiz yaxshi niyat bilan sizga turmushga chiqqan. U naslingizni davom ettirishini, yaxshi-yomon kuningizda yoningizda bo`lishini unutmang. Shunday ekan, ayolingizni ehtiyot qiling, avaylang.
Qaynonadagi bu holat esa yosh bilan ham bog`liq bo`lishi mumkin. Biroz hordiq chiqarishiga imkon yaratib bering. Asablar tinchlansa, hammasi iziga tushib ketadi, deb o`ylayman.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: