QIMMATLI VAQT QADRI

QIMMATLI VAQT QADRI

QIMMATLI VAQT QADRI
Tartibsizlik birinchi galda vaqtni isrof etadi. Bitta kiyimingizni topishga qancha daqiqa sarflashingizni hisoblang! Vaqtingizga achinayapsizmi? Ha, har bir soniyangizni o`zlashtira bilsangiz, ishingizda ham, fikringizda ham tartib hukmron bo`ladi…

Kun bo`yi g`ildirakdagi olmaxondek u yoqdan-bu yoqqa yugurasiz. Ishdan qaytgandan so`ng issiq hammom va yumshoq karavotingizni qo`msaysiz. Uy tozalash yoki pishir-kuydir kabi yumushlarni bajarish esa umuman yoqmaydi. Bunday vaziyatda nima qilish kerak?

1. Soniyali vazifa. Qimmatli vaqtingizni qadrlashni o`rganing! Doira shaklini chizing, bu — “vaqt pirogi”! U butun umr, bir yil yoki bir sutkaning ramzi bo`lsin. Mazkur pirogdan 8 soat uxlashga, yana 8 soat ishga va yo`l uchun ham ozgina “kesib” oling... Yana bir nechta bo`laklar qoldimi? Ularni qanday taqsimlash lozim?

— Yon daftarchangizga bir necha hafta davomida nima bilan shug`ullanganingiz va bunga qancha vaqt ketganini belgilang. Vaqtingizni nimalarga sarflaganingiz aniqlangandir?

Endi “iqtisod” qilishni o`ylang. Kompyuter yoki televizor oldida kamroq o`tirsangiz, uy tozalashga yarim soat vaqt tejaysiz.

2. Rad etish. Televizor va kompyuter masalasida vaqt tejash mumkindir, ammo dugonangiz do`kon yoki go`zallik salonigabirga borishni iltimos qilsa, buni rad etish shunchalar qiyinki...

— Kunlik rejangizga kirmaydigan ishlarga bosh qo`shmang.

Sababini tushuntirmasdan tezda rad eting. Agar dugonangizga tushuntirib, turli bahonalar qidirsangiz, u baribir sizni ko`ndirishga harakat qiladi.

3. Yo`l-yo`lakay. Ishingiz qor parchasidek ko`payib ketib, kiyimingizni dazmollash, rasm chiqarish yoki mushugingizga ovqat berish yodingizdan ko`tarildimi? Kuyib-pishishni bas qiling. Ishingizni tartibli rejalashtirishni o`rganing!

— Kundalikka yoki qo`l telefoningizga “eslatmalar” yozib oling.

Yuviladigan yoki ta`mirtalab narsalarni paketga solib, ko`rinadigan joyga,ya`ni yo`lakchaga qo`ying. Unga qoqinaverishdan bezor bo`lgach, qolib ketgan ishingizni axiyri bajarasiz.

4. Tez-tez… Bu oson!Ma`lumki, ozodalikni o`rnatish emas, saqlash kerak. Siz bu qoidaga rioya qilasizmi?

— Kiyimlaringizni har tomonga tashlamasdan, o`z vaqtida joy-joyiga qo`yishni odat qiling. Yuviqsiz idishlarni to`plamang!

Eng ma`quli, bir kunda o`n besh daqiqaga uy yumushlariga vaqt ajrating, bu bir oyda bir necha soat uy tozalashdan ko`ra ancha qulay. Bugun changni arting, ertaga polni, keyin esa changyutgichda gilamlaringizni tozalang.

5. Boylik orttirish. Qanday ajoyib tufli! Ularni sotib olmaslikning iloji yo`q. Shunga o`xshash bir nechta oyoq kiyimlar garderobingizda bor, lekin ularni deyarli kiymaysiz...

— Nimadir sotib olishdan oldin uni qaysi kiyimingiz bilan kiyish mumkinligini o`ylab ko`ring. Agar siz uchun juda kerak bo`lsa, hech o`ylanmasdan sotib oling.

Uyni bezash uchun kichik tuvak yoki haykalchalarni hxarid qilmang. Bu buyumlar uyingizni bezamaydi, balki ivirsitib yuboradi.

6. Tezlik starti. Erta tongdan ishga nima kiyishni bilmay bosh qotirayapsizmi? Muammoni hal qilishning yo`li oddiy: kechqurun kiyimingizni tayyorlab qo`ying va qoida bo`yicha kir buyumlarni kir yuvish mashinasiga soling. Liboslar oldindan dazmollab qo`yilishi kerakligini unutmang.

— Umuman olganda, tinib-tinchimaydigan, ish bilan bandayollar garderobida dazmol talab qiladiganliboslarning bo`lishi shart emas!

Taqinchoqlaringi: zanjir yoki uzun marjonlar o`ralashib ketmasligi uchun ilgichga ilib qo`ying (ilgichni shkaf ichiga qoqsangiz ham bo`ladi). Butayyorgarlik uchun ozgina vaqt ketadi, lekin ertalab kiyimingizni qidirib asabiylashmaysiz va ishga o`z vaqtida borasiz!
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: