Qishda bolani to‘g‘ri kiyintirish qoidalari
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Qishda bolani to‘g‘ri kiyintirish qoidalari
- Дата релиза: 26-11-17, 21:30
Qish faslida shamollash kasalliklarining oldini olishda bolaning qanday kiyinganligi katta ahamiyatga ega. Farzandingizning sog‘lig‘i to‘g‘ri tanlangan kiyimga ham bog‘liq.
Bolani ko‘chadagi ob-havodan kelib chiqib kiyintirish lozim. O‘zbekistonda qishdagi haroratni quyidagi diapazonlarga bo‘lish mumkin:
5 daraja iliq — 5 daraja sovuq: bunday haroratda bolaning kiyimi sinteponli korjoma (kombinezon), kolgotka, uzun yengli futbolka, jun patakli issiq poyabzal, ip gazlamali paypoq, issiq qo‘lqop va jun qalpoqdan iborat bo‘lishi lozim.
5 — 10 daraja sovuq: bolaga yuqoridagi kiyimlarga qo‘shimcha ravishda sintetika yoki ip gazlamadan bo‘lgan vodolazka, yupqa paypoq ustidan esa yana jun paypoq ham kiydirish zarur.
10 — 15 daraja sovuq: bunday havoda bolaning ustki kiyimi kapyushonli tivit (puxovoy) kombinezondan iborat bo‘lishi kerak. Issiq poyabzalni etikka almashtiring, qo‘lqopning ham qalinini kiydiring.
Bolani ob-havoga moslab kiyintirgan bo‘lsangiz-da, ko‘chaga chiqqanda uning ahvolidan xabardor bo‘lib turing, toki u qizib yoki sovib ketmasin.
Agar:
bola sovuqdan shikoyat qilmasa;
yuzlari qizargan bo‘lsa (demak qon aylanyapti);
orqasi, qo‘l panjasi salqin bo‘lib, muzdek bo‘lmasa;
yuzi va burni salqin bo‘lib, muzdek bo‘lmasa — bolaning ahvoli joyida demakdir.
Agar:
bolaning yuzi oqarib, burni qizarsa;
bo‘yni, qanshari, qo‘l panjasining tepa qismi sovuq bo‘lsa;
bola sovuqdan shikoyat qilsa — demak u sovuq yegan.
Bundan tashqari, bolaning terlab va qizib ketganini quyidagi belgilar orqali aniqlash mumkin:
bolaning qo‘llari va oyoqlari issiq bo‘ladi;
bo‘yni va orqasi nam va issiq bo‘ladi;
8 daraja sovuq payti ham bolaning yuzi issiq bo‘ladi.
Qizib ketgan yoki sovuq yegan bolani zudlik bilan uyga olib kirish lozim. Oyoqlari muzlagan bo‘lsa, qo‘shimcha jun paypoq kiydiring yoki aksincha oyog‘i terlagan bo‘lsa, paypog‘ini boshqa quruq va yengiliga almashtiring.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар