Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » QIShDA TO`LIShMASLIK UChUN 6 MASLAHAT
QIShDA TO`LIShMASLIK UChUN 6 MASLAHAT

QIShDA TO`LIShMASLIK UChUN 6 MASLAHAT

QIShDA TO`LIShMASLIK UChUN 6 MASLAHAT
Harorat pasaygani sari tanamizning issiqlikka bo`lgan ehtiyoji ham ortadi. Sovuq kunlarda bir piyola qaynoq choy jonga oro kiradi, albatta. Ammo choyning o`zi bo`lsa koshkiydi, unga shokolad, shirin bulochka, hech bo`lmaganda, shakar hamrohlik qilmasa, tomoqdan o`tmaydigandek. Shu tariqa, qarabsizki bahorga chiqib, ortiqcha santimetrlar qaerdan paydo bo`lganini bilolmay lolu hayronsiz. Ammo kelgusi bahorda qomat haqida qayg`urmaslikning imkoni bor.Quyidagi kichik tavsiyalarga amal qilsangiz, qish qomatingizga ziyon etkazolmaydi.

Ovqatni sovitmasdan eng

Mutaxassislar har qanday taomni ham issqligida tanavul qilish lozimligini ta`kidlashmoqda. Bir qator shifokorlar tomonidan o`tkazilgan kuzatuvlar natijasi issiq ovqat oshqozonda sovug`iga nisbatan sekinroq so`rilib, uzoq muddat to`qlik hisssini ta`minlashi aniqlangan.

Kela solib muzlatgichni ochmang

Tashqaridan kirgan zahotingiz taom tanavul qilish odatidan xalos bo`ling. Chunki organizm bunday paytda ko`p miqdorda energiya sarflab, uning o`rnini darhol to`ldirishni talab qiladi. Natijada kuchli ochlik hissi paydo bo`lib, me`yoridan ortiq taonm tanavul qilishga sabab bo`lishi isbotlangan. Bunday paytda bir piyola issiq choy ichib olsangizochlik hissini pasayib, aynan ehtiyojingiz miqdorida taomlanasiz.

Yog`lardan voz kechmang

To`lishib borayotgan sanamlar, negadir, muammoning asosiy sababchisi yog`lar deb o`ylashadi. Aslida, ular sovuq kunlarda jonga oro kiruvchi tengi yo`q mahsulotdir. Organizmga tushgach, yog`lar yog` kislotalari va gliseringa ajraladi. Bu esa o`z navbatida mushaklarda issiqlik ishlab chiqarilishini rag`batlantiradi. Ular sekin hazm bo`lganligi tufayli isinish jarayoni ham uzoq davom etadi. Biroq yog`larni to`g`ri tanlay olish va me`yorga amal qilish muhim. Aks holda, isinish o`rniga ortiqcha santimetrlarga mubtalo bo`lish xech gap emas. Demak, baliq moyi, o`simlik moyi, yong`oqlar tarkibidagi yog`lar va rafinadlanmagan yog`lardan foydalanish maqsadga muvofiq.

Sekin chaynang

Inson miyasi to`qlik hissini tuyishi uchun kamida 20 daqiqa zarur bo`ladi. Shuning uchun taomni shoshmasdan, yaxshilab chaynab eydigin kishilar semizlik muammosiga duch kelmaydilar. Agar siz ham shunday kishilar qatorida bo`lishni istasangiz taomni shoshmasdan, oxista tanavul qiling.

Muhimi zerikmang

Qishda ko`pchilik qorin ochganidan emas, aynan zerikkanidan muzlatgich tomon serqatnov bo`lib qoladi. ha-da, xech qanday yumush bilan band bo`lmagandan keyin, hayollar shirinliklarga, non va taomlarga chorlayveradi- chorlayveradi. Bu isbotlangan aksioma! Ushbu zararli odatni imkon qadar kamaytirish uchun esa qo`l va miyani biror foydali mashg`ulot bilan band qilish lozim. Maslahatimiz qiziqishlaringizga mos xobbi toping. To`qish, kashta tikish, kitob o`qish, krossvord echish, biror foydali buyum yasashga harakat qiling. Shu tariqa ham vaqtni maroqli o`tkazasiz, ham ortiqcha vazn xavfidan xalos bo`lasiz.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: