Qishga hozirlik ko`ramiz! Baqlajonli 5 ta resept
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Qishga hozirlik ko`ramiz! Baqlajonli 5 ta resept
- Дата релиза: 03-08-17, 22:50
Pomidor sharbatidan...
Baqlajonni (2 kg) o`zagidan ajratib, dumaloq halqa shaklida to`g`rang va ustidan tuz sepib, 15 daqiqaga qoldiring. So`ng o`simlik yog`i solingan tovada qizartiring. Alohida tovaga o`simlik yog`i (200 gr)dan solib, mayda to`g`ralgan 2 ta piyoz, qirg`ichdan chiqarilgan 2 ta sabzi va maydalangan qalampir (3 ta)ni qovuring. So`ng ustidan pomidor sharbati quyib, tuz namagini rostlang-da, 10 daqiqa qaynating. Sterillangan bankalarga bitta dafna bargi va to`g`ralgan ko`katdan solib, ustidan baqlajon va halqa shaklida to`g`ralgan pomidorni (2 kg) tering. Ketidan sabzavotli qayladan quyib, bankani to`ldiring. Qopqog`ini yopib, 15 daqiqa bug`li vannada qaynating.
2. Sabzi qo`shilgani...
Chayilgan baqlajon (2 kg)ni uzunasiga paraklab kesing va o`simlik yog`i solingan tovada qizartiring. 1 kg sabzini uzun somoncha shaklida to`g`rab, 200 gr maydalangan sarimsoq piyoz, 4 osh qoshiqdan o`simlik yog`i va sirka bilan aralashtiring. Sterillangan bankalarga 5-6 bo`lak baqlajonni solib, ustidan sabzili aralashmani to`ldiring. Qopqog`ini yopib, 15 daqiqa bug`da ushlang-da, so`ng berkiting.
3. Mayonezli salat
1 kg baqlajonni o`rtacha kattalikdagi to`rtburchak shaklida to`g`rab, o`simlik yog`i solingan qozonda 15 daqiqa qovuring. 2 bosh piyozni mayda to`g`rab, alohida tovada qizartiring. Ikkala qovurmani bir-biri bilan aralashtirib, bir tutam ezg`ilangan sarimsoq piyoz va bir bog` to`g`ralgan shivit qo`shing. Tuz va murch solib, 6-7 osh qoshiq mayonez aralashtiring. Salatni sterillangan mayonez bankasiga joylab, muzlatgichda saqlash mumkin.
4. Pashtet
Mayda to`g`ralgan 2 ta piyozni 50 gr o`simlik yog`ida qovuring. Baqlajonni o`zagidan ajratib, 15-20 daqiqa tuzli suvda qaynating. So`ng tozalangan qizil bulg`or qalampiri (1,5 kg), pomidor (2 kg) bilan birga go`sht qiymalagichdan o`tkazing. Barcha masalliqlarni qozonga solib, tuz namagini rostlang-da, quyulgunicha qaynating. Tayyor bo`lgach, ozroq sovutib, blenderdan o`tkazing va sterillangan mayonez bankalariga joylang.
5. Oq loviyadan...
Oq loviyani bir kun avval sovuq suvda ivitib qo`ying. Ertasiga suvidan ajratib, pishgunicha qaynating. 2 cho`mich o`simlik yog`i solingan qozonga go`sht maydalagichdan o`tkazilgan pomidor (1,5 kg) va 200 gr sarimsoq piyoz soling. Qaynab chiqqach, 1 osh qoshiq shakar, 2 osh qoshiq tuz va 100 ml sirka qo`shing. So`ng qaynayotgan masalliqqa qirg`ichdan chiqarilgan sabzi (0,5 kg), to`rtburchak shaklda to`g`ralgan baqlajon (2 kg) va qizil bulg`or qalampiri (0,5 kg) ni qo`shib, aralashtiring. 30 daqiqa o`rta olovda qaynagach, pishgan loviya bilan birga yana 20 daqiqa qaynating. So`ng sterillangan bankaga solib, qopqog`ini mustahkamlashingiz mumkin.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар