Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Qizalog‘imizning quloqlarini teshishdan oldin nimalarni bilishimiz kerak?
Qizalog‘imizning quloqlarini teshishdan oldin nimalarni bilishimiz kerak?

Qizalog‘imizning quloqlarini teshishdan oldin nimalarni bilishimiz kerak?

Qizalog‘imizning quloqlarini teshishdan oldin nimalarni bilishimiz kerak?
Ertami, kechmi qizi bor onalar jajji malikaning quloqlarini qachon, qayerda va qanday qilib og‘riqsiz, xavfsiz teshdirish haqidagi savollarga duch keladilar. Biz shu mavzudagi eng kerakli barcha ma’lumotlarni yig‘ib, e’tiboringizga havola etamiz.

Quloqlarni qaysi yoshda teshdirgan ma’qul?

Tibbiyotda quloqlarni teshdirishning aniq yoshi ko‘rsatilmaydi.

3 yoshgacha quloqlarni teshishning ijobiy tomonlari:

bunday yoshda bola og‘riqni kuchli his qilmaydi;
qo‘rquv va unga bog‘liq stress ehtimoli kam bo‘ladi;
bitish jarayoni tez kechadi;
teshilgan joyda chandiqlar hosil bo‘lmaydi.
3 yoshgacha quloqlarni teshishning salbiy tomonlari:

bola intensiv o‘sishda davom etadi va quloqning teshigi solinchiqning o‘rtasida bo‘lmay qolishi mumkin;
ba’zi shifokorlarning fikricha, quloq teshilgandan keyin ko‘rish o‘tkirligi bilan bog‘liq muammolar kelib chiqishi mumkin;
kichkintoyga quloqlariga teginish mumkin emasligini tushuntirish qiyin, natijada bitish jarayonida u joyga infeksiya tushish ehtimoli oshadi;
bola o‘ynayotganida zirakchasi biror narsaga ilinib qolishi mumkin yoki yechilib ketganda bola uni yutib yuborishi mumkin.
Quloqlarni teshishni qachon orqaga surgan ma’qul?

kasalliklarning o‘tkir davrida;
allergiyaning og‘ir shakllarida;
nevrologik muammolar bo‘lganida;
qon kasalliklarida;
autoimmun kasalliklarda;
yaqinda biror kasallikka qarshi emlangan bo‘lsa.
Qanday xavfsizlik choralarini ko‘rish kerak?

Malikangizning quloqchalarini go‘zallik salonidan ko‘ra, tibbiy muassasada teshdirganingiz ma’qul. Kosmetologga murojaat qilmoqchi bo‘lsangiz, dastlab uning tibbiy ma’lumoti va litsenziyasi borligiga ishonch hosil qiling. Uning bolalar bilan ishlash tajribasi bor-yo‘qligi bilan qiziqing. Ish xonasi va asboblar sterilligi haqida savollar bering. Yaxshisi bir marta qo‘llaniladigan pistolet va maxsus o‘ralgan steril zirakchali kartrijlardan foydalangan ma’qul.

Teshish jarayoni qanday kechadi?

20 daqiqa atrofida davom etadi. Mutaxassis zararsiz marker bilan teshik joyini belgilab olgach, siz tanlagan gipoallergen qorishmadan tayyorlangan steril zirakchali kartrijni avtomatik tarzda dezinfeksiyalangan pistoletga o‘rnatadi. Quloq solinchig‘ini antiseptik bilan artib, pistolet bilan teshadi. Bu amaliyot deyarli og‘riqsiz kechadi.

Keyingi bosqichda qanday parvarish talab etiladi?

Har kuni mahalliy antiseptiklar bilan, masalan xlorgeksidin yoki miramistin bilan ishlov berish.
Har kuni e’tibor bilan ko‘zdan kechirish va yallig‘lanish belgilari bo‘lganda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish.
Har kuni qo‘llarni yaxshilab yuvib, zirakchani o‘z o‘qi atrofida aylantirib qo‘yish.
Bolaga to‘qilgan kiyimlar, sviter va vodolazkalar, siqib turuvchi bosh kiyimlarini kiygizmaslik.
Bolani hammom, basseyn, ochiq suv havzalarida cho‘miltirmaslik.
Quloq teshigi to‘liq bitib ketmaguncha ziraklarni yechmaslik.
Qizaloqqa ziraklarga teginish mumkin emasligini iloji boricha tushuntirish kerak.
Mana, qizalog‘ingizning quloqlarida birinchi marta ziraklar paydo bo‘ldi. Shu munosabat bilan kichkina xonimni tabriklab, jasurligi uchun maqtab, taqdirlab qo‘yish esingizdan chiqmasin!
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: