QIZIM TURMUShIDAN AJRAShMOQChI...
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: QIZIM TURMUShIDAN AJRAShMOQChI...
- Дата релиза: 16-08-17, 18:10
Ayol kishining oilaviy hayotida onaning o`rni katta. Qizlarni turmushga tayyorlovchi ham volidai muhtaramimizdir. Ammo ba`zida istisno holatlar ham bo`ladi. Ya`ni aynan onalarning aralashuvi sabab oilalarning parokanda bo`lishi kuzatiladi. Yoki ularning majburlovi tufayli ayollar o`zlarini qurbon qilib, baxtdan mosuvo yashashlariga to`g`ri keladi. Anglaganingizdek, bugun onalar va qizlar o`rtasida oilaviy masalada muammo yuz bergan vaziyatlarga ko`zgu tutamiz.
«Bolamni xor qilishayapti...»
Karomat, 62 yosh: — Uch qizim bor. Kattalarini tanigan-bilgan, o`zimizga mos oilaga uzatdim. Shahlo esa ming qarshilik qilmaylik, qaysarlik bilan o`zi ko`ngil qo`ygan odamga turmushga chiqdi. Tan olaman, avvalboshdan qudalarimni xushlamagandim. Bilgandim, bolam bu oilada baxt topolmasligini. Noiloj ko`ngandim-da. Endi o`shanda qattiq turmaganimdan afsusdaman. Yaqinda Shahlo yosh bolasini qaynonasiga tashlab, ishga chiqishga majbur bo`ldi. Maktab bilan uy o`rtasida sarson. Tag`in, butun boshli hovlining yumushi ham bo`ynida. Qaynonasi oyligini tiyin-tiyinigacha olgani etmagandek, qizimga kun bermaydi. Yaqinda akam o`g`lini uylantirdi. To`yga Shahloni jo`natishmadi. Mayli, dedim. Bolasi kasal bo`lib qolgach, qaynonasi shifoxonada o`zi olib yotdi. Chunki qizim bir kun ishdan qolsa, puli kesiladi-da. «O`zingni xor qilavermasdan, qadringni bildirib qo`y», deb uyga olib keldim. U esa yana o`sha zulmatxonasiga qaytib ketmoqchi.
Oydin, 27 yosh: — Turmushga chiqayotganimda oyim «Bir kun hali afsus qilasan», deya aytgandi. O`shanda ularning yo`rig`iga yurmaganim uchun achchiq qilayapti-da, degandim. Ammo alamlari hech tarqamayapti. To`g`ri, kelinlik oilamning sal qo`li kaltaroq. Buning ustiga, erimning ishlari shu kunlarda orqaga ketgan. Bolam qaynonamga ko`ngani uchun ishga o`zim chiqdim. Shifoxonada ham shu sabab o`g`lim buvisi bilan yotdi. Buning nima yomon tomoni bor, bilmayman? To`yga yuborishmagani sababi esa oyim bir hafta oldin qo`ng`iroq qilib, qaynonamga yaxshi to`yona berish shartini qo`ygandi.
Qiz bo`lib oyim bilan dardlashsam, «ajrashtiramanga» tushib qoladi. Shundoq ham har ikki gapning birida «O`zing tanlagansan», deya iddao qiladi. Bu tomonda qaynonam oyimning hali telefonda, hali uyga kelib, nazorat qilishi-yu nasihatlari sabab ko`zimni ochirmaydi. Ajrashsam, onamning ko`ngli joyiga tushadi, shekilli...
Ko`zgu nima deydi? — Karomat opa, sizga alam tinchlik bermayapti, tan oling. Kenjangizga gapingiz o`tmagani uchun uning turmushidan kamchilik qidirayapsiz. Muddaongiz nima? Shahloga onasiga quloq osmagani salbiy oqibatlarga olib kelishini isbotlashmi? Xo`sh, buni isbotlab nimaga erishasiz? Qizingizning turmushidan ko`nglini sovitib yubormaysizmi? Uyga olib kelib, bag`ringizga bosib o`tirsangiz, qaynonasi oldida obro`si, qadri oshib qoladimi? Yanglishasiz! Kuyovingizga ham, qudangizga ham bu harakatingiz yoqmasligi tayin. Chumolidan fil yasamang-da, darrov qizingizni olib, uyiga boring. Behuda g`ururingizni bir chetga surib, uzr so`rang qudalardan. Shahloga ham bosim o`tkazmasdan, uni qo`llab-quvvatlang, ilhomlantiring, toki borgan joyida toshdek qotsin, o`rnini topsin. Ishlab, oilasining kam-ko`stiga qarashayotganini to`g`ri qabul qiling, demak, oqila qiz tarbiyalabsiz.
Unutmang, niyating — yo`ldoshing, degan naql bor halqda. Qizingizga chin ko`ngildan baxt istang, uning baxtli bo`lishiga ishonch bildiring.
Shahlo, kenja qiz bo`lganingiz tufayli ham sizni onangiz o`z holingizga qo`yib qo`yolmayapti. Buning ustiga, taqdiringizni o`zingiz hal qilgansiz. Endi yagona chorangiz, kelinlik uyingizning yaxshisini oshirib, yomonini yashirish. Onangizga hamma gapni ham bildirmaslik yo`li bilan u kishining turmushingizga aralashaverishiga chek qo`yasiz. Qaynonangizdan esa minnatdor bo`ling, bolangizni parvarishlayotgan, xastalansa, o`zi shifoxonada olib yotgan ekan, sizga nisbatan dilida aslo g`arazligi yo`q.
«Onamga dardimni aytolmayman...»
Mahfuza, 55 yosh: — Qizimning yoshi o`ttizdan oshdi. Ammo haliyam ulg`aygani yo`q. Ikki bolasi bilan turmushidan ajrasharmish. Nega bu qiz sabr, chidash nimaligini bilmaydi? Nasihat qilay desam, «Majburlab uzatgandingiz, jabrini men tortayapman», deya o`tgan kunlarni yuzimga soladi. Mana, ikki oydirki uyda. Kuyov ham o`zi noboproq chiqdi. Shu payt ichida xabarini ham tutmadi. Qudamdan-ku, sado yo`q. Ularning o`zlarini bunday tutishlari mening ham ko`nglimga tegadi, lekin achchiq ustida qizimni ajratishni istamayman. Eri ham bir kun quyilib qolar. Qolaversa, yana ikki qizim bor. «Opasi ajrashgan ekan», degan gap ularning taqdiriga ta`sir qilishidan qo`rqaman. Ikki bolasi bilan uyiga o`zim olib borib qo`ysammikan yana?
Hafiza, 33 yosh: — Agar boshqa boradigan joyim bo`lganida, hech qachon ota uyimga yig`lab kelmasdim. Har doim oyim shunaqa qiladi. Men bilan umuman hisoblashmaydi. Topgan kuyovi bilan yashayman, deb asablarimni boy berdim, sog`ligim ham ado bo`la keldi. Qizlarimning ham asablari charchagan. Dadasining ichib kelib, janjal qilishlaridan ular ham bezillib qolishgan. Eng yomoni, erimning qing`ir yo`llarga yurishining jabrini men tortayapman. Doim davolanib yurishim kerak. Yo`q, bunaqa yashab bo`lmaydi-ku! Oyim singillarimni o`ylayapti, mening kundan-kun nurab borayotganimni xayoliga ham keltirmaydi... To`g`ri, u kishiga hamma gapni ayta olmayman. Shuning uchun meni sabrsizga chiqarar balkim...
Ko`zgu nima deydi? — Mahfuza opa, qizingizning o`ttizdan oshganini ta`kidlayapsiz-u, ammo uning o`zini yosh bola emas, ayol, ona sifatida his qilishga yo`l qo`ymayapsiz, hamon u uchun qaror chiqarishda davom etayapsiz. Eng yomoni esa uning ko`ngliga quloq tutmaysiz. Dardlarini eshitishni bilmaysiz. Xafa bo`lmang-u, sizningcha nima bo`lsa ham, qanday bo`lsa ham, u o`zi istamagan joyda zulmga chidab yashashi kerakmi? O`zingizga ma`lum, hech bir ayol oilasi buzilishini xohlamaydi. Jumladan, qizingiz ham. Garchi baxtsiz turmushiga sizni ayblasa-da, hozir oilasi parokanda bo`layotganidan shodu xurram emasdir? U qadr istayapti, mehr kutayapti. Avvalo, sizdan. Siz uni qayta-qayta uyiga olib borib tashlab kelgan taqdiringizda, bolangiz borar joyi yo`qligidan chidab kun o`tkazishi mumkin, xolos. Biroq eri insofga kelib qoladimi? Qaynonasi kelinini hurmat qilib boshlamaydimi? Yo`q, chunki bu borada o`zingiz ularga o`rnak ko`rsatgansiz.
Qizingizga qaror chiqarish imkonini bering. «Singillaringning baxtiga to`siq bo`lasan», deb uni siquvga olmang. Aslida, opasining ajrashgan-ajrashmagani emas, ularning o`zini qanchalik qadrlashlari va o`zlariga bo`lgan ishonchi kelajak hayotlarida muhim rol o`ynaydi.
Hafiza, o`zingizga savol bering: onangizni ayblash uchun bu turmushga nuqta qo`ymoqchimisiz yoki o`zingiz va farzandlaringizni asrash maqsadidami? Javobingiz tarozining qaysi pallasini bosishiga qarab xulosa qiling. Ajrashgan ayolga oson bo`lmaydi. Lekin inson salomatligiga xavf tug`ilayotgan joydan ketishi talab etiladi. Sizning vaziyatingizda balkim o`zingiz uchun ham, qizlaringiz uchun ham nobop er bilan munosabatlarni uzish to`g`ri bo`lar? Bu fikr xayolingizga kelgani shubhasiz, shunchaki qaror qabul qilishga cho`chiyapsiz, o`zingizda kuch topolmayapsiz. Onangizdan madad kutayapsiz. U sizni qo`llashi uchun dilingizdagilarni ta`nalardan xoli to`kib soling. Bir paytlari majburlab turmushga uzatganini birzum xayolingizdan chiqarib, farzand, ayol sifatida dardlashing. Onangizni tushuning, u ham o`zini kechira olmayapti, shuning uchun sizni oilangizga qaytarishga urinayapti. Dildan gaplashib olsangizlar, hammasi oydinlashib, qaroringiz tomon birga qadam tashlaysizlar.
«Maqsadimiz — oilani asrab qolish!»
Shohida, 59 yosh: — Kelinimni o`zim tanlaganman. Ziyoli oilaning farzandi. Biroz erkaligi bor, ammo o`zi yomonmas. O`g`lim bilan ikki bolaning ota-onasi bo`lishgach, ajrashish payiga tushib qolishdi. Deyarli, har ikki kunda janjallashishadi. Ular yoshlik qilayotganini erim ikkimiz ham anglab turibmiz. Biroq buni yoshlarga hech tushuntirishning iloji bo`lmayapti. O`g`limga ko`chadagi munosabatlar hoyu havasligini, kelinimga esa gumonlarga berilmaslik kerakligini uqtirolmay halakmiz. Nima kami, nima dardi bor-a bularning? Uy-joy bo`lsa, turmush o`rtog`im hamma narsani badastir qilsa? To`qlikka sho`xlikmi bu? Yaqinda bolamga otasi «Kelinim bilan ajrashsang, senday o`g`lim yo`q», deya shart qo`ydi. O`g`lim bilan kelinimga qanday qilib oila mas`uliyatini his qildirish mumkin, bilmay boshimiz qotgan?
Zulxumor, 56 yosh: — Shoshqaloqlik, erkalik qizimning fe`liga xos. Biroq kuyovim ham qizimga xiyonat qilib, mening ham hamiyatimga tegdi. Dadasi «Ajrashsa, obro`yimni bir pul qiladi», degani uchun jim o`tiribman. Qudam «Qizingizni o`z qizimdek ko`raman, siz ayting, qaror chiqarishga shoshmasin», deya niqtab turibdi. Nima qilishga hayronman... Yo kuyovto`rani «Qizimni ajratib olaman», deb qo`rqitib, aqlini kiritib qo`ysammikan?
Ko`zgu nima deydi? — Bu ikkala ayolning maqsadi bir — bolalarining oilasini asrab qolish. Demak, haqiqatda yoshlar yoshlik qilayapti. Oilaviy hayotda uchragan ilk sinovdanoq taslim bo`lishmoqchi. Negaki, o`zlarini hamon yosh bola, turmushni esa bir o`yinchoq sanashayapti.
Shohida opa, ularning mas`uliyatni bo`yinlariga olishlarini kutib o`tirmasdan o`sha mas`uliyatni elkalariga yuklash kerak. Balkim, alohida ro`zg`or qilib, o`z aravalarini o`zlari tortishlariga qo`yib berarsiz? O`shanda o`g`il engil yo`llarga yurmas, kelin esa ortiqcha erkalik qilmas?
Zulxumor opa, «Ajrashsangizlar obro`mizni to`kasizlar» degan shart bilan qizingizni battar olovlantirib yuborishlaringiz mumkin. U o`zi va bolalari uchun oilani asrab qolsa, yaxshi bo`lishini tushunib etishi, oilaviy qadriyatlarini shakllantirishi lozim. Qizingizga erini yomonlamang, kuyovingizning ijobiy tomonlarini ko`ra olishiga imkon yarating. Qo`rqitib qo`yish haqidagi rejangizni esa unuting. Ajrashish so`zini qurol qilib, vaziyatni yanada chigallashtirishingiz mumkin.
MUXLISA
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар