QIZLAR KUNDALIGI: «YuRAGIM BOG`LANGANNING BOShI BOG`LANGAN!»
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: QIZLAR KUNDALIGI: «YuRAGIM BOG`LANGANNING BOShI BOG`LANGAN!»
- Дата релиза: 12-09-17, 11:43
Tahririyatga qo`ng`iroq qilgan 21 yosh qizginaning gaplarini eshiting: «Men Bobur akani 2 yildan beri taniyman. Juda mehribon, aqlli, kelishgan yigit. Oliy ma`lumotli, mashinasi, yana xususiy do`koni ham bor. Biz u kishi bilan kafeda tanishgan edik. Dugonam ikkimizga himmat ko`rsatib, tushlik xarajatlarini to`lagandi. «Paynetdan to`larsizlar», deb hazil aralash telefon raqamini qog`oz sochiqchaga yozib bergan edi. Ikki oygacha unga qo`ng`iroq qilishga uyalib yurdim, so`ng qiziqishim ustunlik qilib, gaplashdim. Shundan beri telefonda, ijtimoiy tarmoqlarda suhbatlashardik. Men unga butunlay bog`lanib qolgandim. Aytarli uchrashmaganmiz, faqat to`y-hashamdan qaytayotganimda «Qorong`ida yurmang», deb bir-ikki marta uyimgacha olib kelgan, xolos. Oxirgi paytlar bilsa chin, bilmasa hazil deb, «Kelinoyizdan so`ray», «Kelinoyiz nima derkan» degan gaplarni ko`p ishlata boshladi. Shubhalanib yurgan vaqtimda bir ayol qo`ng`iroq qilib, xayollarimni ostin-ustun qilib yubordi. Meni birovning oilasini buzadigan juvonmargdan olib ko`chadagi engiltak ayolga soldi. Darhol Bobur akaga qo`ng`iroq qilib, izoh talab qildim. U ishxonamga kelib, tiz cho`kkudek bo`lib kechirim so`radi. «Xotinimni yomon ko`raman, u bilan bir uyda yashamaymiz ham, faqat bolam uchun chidab kelayapman. Men baxtimni endi topdim, iltimos, meni tashlab ketmang», dedi... 2 yildan beri xayollarim, orzularimni bag`ishlagan insonimni taqdir menga ko`p ko`rayapti. Nima qilay, unga ishonaymi?»
«SUG‘DIYONA» nima deydi?: — Aziz muxlis, qo`ying, bu yolg`on savdoda ishtirok etmang! Yigit qanchalik yaxshi ko`rinmasin, haqiqat shuki, u sizni aldadi. Keling, holatingizni har tomonlama tahlil qilamiz. Siz bu yigit bilan aloqani davom ettirib nimalarga erishasiz va nimalarni yo`qotasiz?
Sizni hech kim oqlamaydi, qo`llab-quvvatlamaydi ham.
Hamma aybni o`zingizni to`nkashadi. Oilali erkakligini boshida bilmaganingizni hech kimga isbotlab berolmaysiz.
Istalgan payt xotini kelib, mahalla, ishxonangiz oldida to`polon qilib, bo`lmagan ishlar uchun sharmandangizni chiqarishi mumkin.
Oilali erkak bilan faqat «SMS»lashib yurganingizga birov ishonmaydi, chunki odamlar tasavvurida ularni muzqaymoq yalab yurishga toqati yo`q. Demak, sha`ningiz, nomusingiz to`la xavfda qoladi.
O`ylamang, hech qanday munosabat, hatto, sevgi ota-onaning farzandiga bo`lgan muhabbatidan ustun bo`la olmaydi. Bobur bolasi uchun yashab yurganini aytdimi, demak, siz ham aynan mana shu bola uchun yolg`onchi tuyg`ularingizdan voz keching!
Nahotki, sizni to`laqonli baxt qiziqtirmasa? Nahotki kimdandir qolgan ko`ylakdan boshqasini topa olmaysiz? Mayli, u Boburning imkoniyatlariga, yutuqlariga ega bo`lmasin, ammo turmushga chiqadigan yigitingizning o`tmishi ham, kelajagi ham siz bilan boshlansin!
«Yigitni boshqara olaman, istasam, u bilan o`zim oila yarataman», deb xomtama bo`lmang. U istalgan payt yana ortiga qaytib ketishi mumkin, chunki boradigan joyi — birinchi oilasi bor.
Uylangan oshiqlardan ogoh bo`ling!
To`g`ri, ular qiz bolaning ko`nglini olishni, unga qachon, qaerda qanday muomala qilishni yaxshi bilishadi. Shuning uchun ham qizlar bundaylarning qarmog`iga tezda ilinadi.
Boshqalardan ajralib turadi, chunki sevishimni aytsammi-aytmasammi deb ikkilanadigan bo`z yigit emas-da! Ular allaqachon pul topadi, oila boqadi, ortganini qizlarga sarflashni istab qolgan betiyiq romantiklar, xolos.
Eng katta ogohlantiruvchi belgi bu, uning yoshidir. Uylangan-u, ammo oilasidan ko`ngli to`lsa-to`lmasa, yana o`ziga ko`chadan «yor» izlash davriga etib kelguncha yigitning yoshi 30 ga yaqinlashib, ba`zan oshib qoladi.
Agar siz unga istagan payt qo`ng`iroq qila olmasangiz, u ham ko`pincha siz bilan yashirincha gaplashsa, bilingki, to`y ko`rmagan yigit emas, kimningdir eri bo`lishi mumkin.
«Oilamdan ajrashib, senga uylanaman. Biz bir-birimizni kech topdik», degan diydiyolarga ishonmang! Hatto so`zining ustidan chiqqan taqdirda ham bunday hayotdan baxt topib yashash amrimahol. Ko`zingizni oching, qizlar!
Aziza QURBONOVA
Manba: "SUG‘DIYONA" gazetasi
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар