QOMATGA MOS PALTO TANLASh SIRLARI

QOMATGA MOS PALTO TANLASh SIRLARI

QOMATGA MOS PALTO TANLASh SIRLARI
Har bir ayolning orzusi — har mavsumda moda bilan barobar qadam tashlab, ko`zni quvnatadigan, jozibali ko`rinishga ega bo`lish. Afsuski, hamma ham buning uddasidan chiqavermaydi. Odatda go`zal ko`rinishga ega bo`lishda ayollarga qomatidagi kamchiliklar xalaqit beradi. Shuni unutmangki, hamma vaziyatga echim bor! Istalgan ko`rinishdagi qomatni to`g`ri tanlangan libos bilan ideal holatga keltirish mumkin. Bugun qumsoat, olma, nok (A), uchburchak va to`g`ri to`rtburchak shaklidagi qomat turlariga mos palto tanlash sirlari bilan bo`lishamiz. Stilistlar orzungizdagi, qomatingizga mos palto topish o`ylaganimizdan ham osonligini ta`kidlashadi. Qanday qilib, degan savolga esa oltin formulani taqdim etishgan: A (moda tendensiyasi) + V (sizning bichimingiz) + S (sizga mos rang) + D (mablag`dagi imkoniyatingiz) = ideal palto!

«Qumsoat» — X shaklidagi qomat egalari

Ideal qomat! Bunday qomat egalarining go`zalligiga trapesiya bichimidagi, bir xil rangli, bezaksiz, yopishib turadigan palto urg`u bera oladi. Ularga deyarli hamma bichimdagi paltolar to`g`ri kelaveradi.

! Juda ingichka poshnali oyoq kiyimlardan voz keching. Uchi yumaloq tufli va etiklar siz uchun ayni muddao.

«Olma» — O shaklidagi qomat egalari

Bunday qomat egalari xipchabel emasligidan, qorin biroz chiqqanidan xijolat bo`lishadi. Uzunligi boldirgacha bo`lgan, klassik uslubdagi, qalin matodan tikilgan, e`tiborni tortadigan katta tugmali yoki yorqin rangdagi vertikaliga tushgan chiziqli palto «olmasimon»larni kelishgan qomat bilan ta`minlaydi. Chiroyli kapyushonli palto ham halal bermaydi. Bunda e`tiborni belingiz emas, yuzingizga qarata olasiz.

! Qorningizni to`g`ri tanlangan kofta bilan bekitishingiz mumkin.

«A» shaklidagi qomat egalari

Bu go`zal qomat egalari keng bo`ksa, xipchagina bel va tor elka bilan faxrlansa bo`ladi. «A» shaklidagi qomatli ayollar, palto tanlashda rangi bir xilligiga, beli va elkasiga e`tiborli bo`ling. Kontrast belbog`, katta hajmli yoqa go`zalligingizga urg`u beradi. Tizzadan sal uzun yo kalta palto, shohona yoqa, noodatiy eng elkalarni keng, qomatning yuqori va pastki qismlarini ideal qilib ko`rsatishda yordam beradi.

! Cho`ntakli liboslardan qoching. To`g`ri bichimdagi etiklar oyoq qo`njini yashirishga yordam beradi.

«T» shaklidagi qomat egalari

Elkasi keng, bo`ksasi tor va yassi bo`lgan «T» shaklidagi qomat egalariga tekis, uzun, mo`yna yoqali paltolar yarashadi.

! Paltoning pastki qismidagi mo`ynali bezagi e`tiborni bo`ksaga qaratadi. Keng kapyushon esa elkani ideal qilib ko`rsatadi.

«To`g`ri to`rtburchak» — N shaklidagi qomat egalari

Elka va bo`ksa kengligi bir xil bo`lgan bunday qomat egalariga tor, bir yoqlama tugmali, belbog`i katta hajmli, ikki taraflama yopishtirma cho`ntakli paltolar yarashadi. «N» shakldagi ayollar eng muhimi, bo`ksani keng ko`rsatish, elka chiziqlariga urg`u berish va belni tor ko`rsatadigan belbog`ga e`tibor qaratishi darkor.

! Istalgan libosni katta hajmli belbog` bilan kiying. U sizni nazokatli ko`rsatadi.

Eslatma

Savlatli qomat egalari, palto xarid qilayotganingizda cho`ntak, qaytarma yoqa, tugmalar kichik hajmli bo`lmasligiga e`tibor bering.
Nozikkina qomatli ayollarga esa katta hajmli, ko`zga tashlanadigan aksessuarli paltolar yarashmaydi!
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: