QON QUYuLIShI – XAVFLI!

QON QUYuLIShI – XAVFLI!

QON QUYuLIShI – XAVFLI!
Yoshim 61da. 2-guruh nogironiman. Qonim quyilgan, shu sabab o`zimni doim behol sezaman. Bu nima sababdan ro`y beradi va davosi qanday?

Shoira SALIMOVA, Namangan viloyati

Odatda, qon quyuqlashgani haqida shifokordan eshitamiz. Ungacha bemor bosh og`rig`i, tushkunlik, xotira pasayishi kabi belgilardan shikoyat qilib yuraveradi. Tashhis to`g`riligini qon tahlillari tasdiqlagach, o`z vaqtida davolanish zarur. Aks holda, hayotingizga depressiya, qonda tromb yig`ilishi va yurak kasalliklarni chaqirgan bo`lasiz. Xo`sh, aslida ham qon quyilishining sabablari nima? Mavzu yuzasidan ichki kasalliklar shifokori Nigora AHMEDOVA ma`lumot beradi.

SABABI – HAYoT TARZIMIZDA

Qon quyulishiga sovqotish, qattiq asabiylashish, qandli diabet, hatto ba`zi mahsulotlar sababchi bo`lishi mumkin. Bemor uyquchan, behol, jizzaki, kayfiyati o`zgaruvchan bo`lib qoladi, qon bosimi ko`tariladi, og`zi quriydi, qo`l-oyoqlari doim muzdek bo`ladi. Noto`g`ri ovqatlanish, organizmda gijja borligi, stress va darmondori etishmasligi ham qon quyuqlashishiga olib kelishi mumkin.

QONNI QUYuLTIRADI:

Shakar, pishiriqlar, kartoshka, banan, tuxum, grechixa yormasi, gazli ichimliklar, xolodes (dirilloq), uzum, fast-fud va qovurma taomlar, o`simliklardan – dalachoy va gazandao`t. Ularni imkon boricha taomnomada kamaytiring.

*yurakni davolashda ishlatiladigan siydik haydovchi dori vositalari;

*shahvatni ko`taruvchi dori vositalari,

*homiladorlikdan saqlovchi dori-darmonlar qonni quyultirish xususiyatiga ega.

Ularni qabul qilishda me`yorni oshirib yubormang.

DAVOLANIShDAGI 7 TAVSIYa

Qonning umumiy hamda biokimyoviy tahlilini topshiring
Tezroq ichki kasalliklar shifokor (terapevt) ko`rigidan o`ting. Muammoning echimi oddiy dori preparatlarida bo`lishi mumkin. Lekin dori vositalarini o`z bilganingizcha, qabul qilishni maslahat bermaymiz.
Kun davomida sof suyuqlik – oddiy qaynatilgan yoki gazsiz mineral suvni 2,5-3 litrgacha ichish, qonni suyultiradigan mahsulotlar – anjir, sarimsoqpiyoz, ko`kpiyoz, shotut, bodring, sitruslilar, qizil bulg`or qalampiri, olma, olcha, limon, o`stirilgan bug`doy, pomidor, baliq, kakao, anor, dengiz karami, kungaboqar pistasini imkon qadar ko`proq iste`mol qilish kerak.
Majnuntol, tut daraxtining ildizi, po`sti tabiiy aspirin hisoblanadi. Ushbu daraxtlardan birining po`sti yoki ildizini maydalab, bir osh qoshig`ini bir stakakn suvda qaynatib ichilsa, qon tozalanadi va quyulishdan holi bo`ladi.
Nahorga ikki piyola issiq qaynatilgan suv ichib, ortidan bir osh qoshiq zig`ir yoki zaytun moyidan qabul qilishni kanda qilmang.
Yotishdan 1 soat oldin piyoda sayr qilish, yugurish qonni suyultiradi. Mashqni uyda, turgan holatda ham bajarish mumkin.
7.Davolovchi shifokor bilan maslahatlashib, zuluk bilan davolanishni ham sinab ko`rsa bo`ladi. Faqat ushbu muolaja maxsus tibbiy muassasalarda, mutaxassis nazoratida bajarilishi shart. Bilib-bilmay, o`zingiz mustaqil qo`llamang.

8.Maydalangan dafna yaprog`ining bir choy qoshig`i bir chimdim ko`k choy, ikki bo`lak limon bilan aralashtirib, damlanadi. Ozroq asal qo`shib, choy singari kun davomida ichiladi. Shuningdek, zanjabil va dolchin solib damlangan choylar ham ushbu muammoni tez va samarali hal etishda yordam beradi

Barno HOJIMIRZAEVA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: