Qon quyuqlashuvining sababi va jiddiy oqibatlari
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Qon quyuqlashuvining sababi va jiddiy oqibatlari
- Дата релиза: 20-09-18, 17:54
Odatda, qon quyuqlashgani haqida shifokordan eshitamiz. Ungacha bemor bosh og'rig'i, tushkunlik, xotira pasayishi kabi belgilardan shikoyat qilib yuraveradi. Tashhis to'g'riligini qon tahlillari tasdiqlagach, o'z vaqtida davolanish zarur. Aks holda, hayotingizga depressiya, qonda tromb yig'ilishi va yurak kasalliklarini chaqirgan bo'lasiz. Xo'sh, aslida qon quyuqlashuviga nimalar sabab bo'ladi?
SABABLARI
Qon quyulishiga sovqotish, qattiq asabiylashish, qandli diabet, hatto ba'zi mahsulotlar sababchi bo'lishi mumkin. Bemor uyquchan, behol, jizzaki, kayfiyati o'zgaruvchan bo'lib qoladi, qon bosimi ko'tariladi, og'zi quriydi, qo'l-oyoqlari doim muzdek bo'ladi. Noto'g'ri ovqatlanish, organizmda gijja borligi, stress va darmondori yetishmasligi ham qon quyuqlashishiga olib kelishi mumkin.
QONNI QUYuLTIRADI:
Shakar, pishiriqlar, kartoshka, banan, tuxum, grechixa yormasi, gazli ichimliklar, xolodes (dirilloq), uzum, fast-fud va qovurma taomlar, o'simliklardan – dalachoy va gazandao't. Ularni imkon boricha taomnomada kamaytiring.
*yurakni davolashda ishlatiladigan siydik haydovchi dori vositalari;
*shahvatni ko'taruvchi dori vositalari,
*homiladorlikdan saqlovchi dori-darmonlar qonni quyultirish xususiyatiga ega.
Ularni qabul qilishda me'yorni oshirib yubormang.
DAVOLASh UChUN TAVSIYaLAR
Qonning umumiy hamda biokimyoviy tahlilini topshiring
Tezroq ichki kasalliklar shifokori (terapevt) ko'rigidan o'ting. Muammoning yechimi oddiy dori preparatlarida bo'lishi mumkin. Lekin dori vositalarini o'z bilganingizcha, qabul qilishni maslahat bermaymiz.
Kun davomida sof suyuqlik – oddiy qaynatilgan yoki gazsiz mineral suvni 2,5-3 litrgacha ichish, qonni suyultiradigan mahsulotlar – anjir, sarimsoqpiyoz, ko'kpiyoz, shotut, bodring, sitruslilar, qizil bulg'or qalampiri, olma, olcha, limon, o'stirilgan bug'doy, pomidor, baliq, kakao, anor, dengiz karami, kungaboqar pistasini imkon qadar ko'proq iste'mol qilish kerak.
Majnuntol, tut daraxtining ildizi po'sti tabiiy aspirin hisoblanadi. Ushbu daraxtlardan birining po'sti yoki ildizini maydalab, bir osh qoshig'ini bir stakakn suvda qaynatib ichilsa, qon tozalanadi va quyulishdan holi bo'ladi.
Nahorga ikki piyola issiq qaynatilgan suv ichib, ortidan bir osh qoshiq zig'ir yoki zaytun moyidan qabul qilishni kanda qilmang.
Yotishdan 1 soat oldin piyoda sayr qilish, yugurish qonni suyultiradi. Mashqni uyda, turgan holatda ham bajarish mumkin.
Davolovchi shifokor bilan maslahatlashib, zuluk bilan davolanishni ham sinab ko'rsa bo'ladi. Faqat ushbu muolaja maxsus tibbiy muassasalarda, mutaxassis nazoratida bajarilishi shart. Bilib-bilmay, o'zingiz mustaqil qo'llamang.
Maydalangan dafna yaprog'ining bir choy qoshig'i bir chimdim ko'k choy, ikki bo'lak limon bilan aralashtirib, damlanadi. Ozroq asal qo'shib, choy singari kun davomida ichiladi. Shuningdek, zanjabil va dolchin solib damlangan choylar ham ushbu muammoni tez va samarali hal etishda yordam beradi.
Manba: Hordiq.uz

Смс Шерлар