QORIN MUShAKLARINI TARANGLAShTIRAMIZ!
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: QORIN MUShAKLARINI TARANGLAShTIRAMIZ!
- Дата релиза: 16-11-17, 18:46
Har bir ayol qomati xuddi Anjelina Joli, Viktoriya Bekxem yoki Prianka Chopraniki singari raso bo`lishini istasa kerak. Biroq kundalik tashvishlardan ortib mashg`ulotlarga qatnashning imkoni doim ham bo`lavermaydi. Kayfiyatingizni tushirmang, biz ortiqcha sarf-xarajatlarsiz qorin mushaklarini taranglashtirishning bir qancha usullarni bilamiz! Va siz bilan o`rtoqlashishga tayyormiz.
Kuling, ham umringiz uzayadi, ham qorningiz kichrayadi. Gap shundaki, chinakam sog`lom kulgu qorin mushaklarini harakatga keltiradi. Hazillashmayapmiz, chindan ham shunday! Demak, kuniga bittadan komedik film yoki qiziqchilarning konsertini tomosha qolamiz.
Chambarak aylantiring. Avvallari qizaloqlar kim ko`p aylantirishga musobaqalashishardi, yodingizdami? Aslida chambarak ayollarning qorin muammosini hal etish uchun o`ylab topilgan, keyin qizaloqlarni qiziqtirib qo`ygan. Mashg`ulot chog`ida nafaqat qorin, balki bel va umurtqa mushaklari ham chiniqadi. Biroq chambarakning eng engil turini tanlang. Aks holda ichki organlaringizga og`irlik tushib, ziyon etishi mumkin. Mashqni kuniga 15-20 daqiqa bajarsangiz kifoya. Soatlab o`zingizni qiynamang. Asta-sekinlik bilan mashulot davomiyligini oshirib boring.
Shirinliklarni 12:00 gacha eng. Qorinni kichraytirish uchun bu eng maqbul echim. Butun dunyodagi dietologlar agar inson shirinlik iste`molini chegaralay olmasa, hech bo`lmaganda ularni kun yarmiga qadar tanovul qilish lozim degan xulosaga kelishgan. Chunki shirinlikni kechqurunga qadar hazm qilish va hosil bo`lgan kaloriyani sarflashga ulgurasiz. Eng asosiysi, kuningiz xush kayfiyat bilan boshlanadi.
Stulingizni fitbolga almashtiring. Ko`zingiz tushgan bo`lsa kerak, do`konlarda kattakon koptoklar sotiladi. Narxi ham u qadar qimmat emas. O`shalardan birini xarid qiling-da har kuni televizor qarshisida serial tomosha qilib o`tkazadigan vaqtingizdan ikki karra samaraliroq foydalaning. Bunday koptokkaning ustida o`tirganingizda tanangiz muvozanatni saqlash uchun qorin mushaklarini harakatga keltiradi. Ya`ni o`zingiz sezmagan holda jismoniy faoliyat bilan band bo`lasiz.
Och qolmang. Nonushta, tushlik va kechki taom orasidagi muddat haddan tashqari cho`zilib ketganida ortiqcha egulik iste`mol qilish ehtimoli ortadi. Shuning uchun engilgina ochlik hissini tuyganingiz zahoti bir piyola qatiq yoki meva-chevalar bilan qorningizni aldab turing.
Qorin bilan nafas oling. Aslida qorinni kichraytirishda to`g`ri nafas olish sport mashqlaridan kam ahamiyatga ega emas. Ko`pchiligimiz yuzaki, ya`ni ko`krak qafasi bilan nafas olamiz. Qorindan anfas olganda esa press mushaklari harakatga keladi. Natijada, birinchidan, mushaklar mustahkamlanadi, ikkinchidan, ichki organlar atrofida to`plangan yog`lar eriy boshlaydi.
Asabiylashmang. Qattiq hayajonlanganda, asabiylashish yoki stress paytida inson organizmida kortizol gormoni jadal ishlab chiqarila boshlaydi. Bu esa qon tarkibidagi uglevodni yog`ga aylantirib, aynan bel va qorin atrofiga to`plovchi gormon hisoblanadi. Shuning uchun vaqti-vaqti bilan vaziyatni nazorat qilish odatingizni bir muddatga «o`chirib», hammasini o`z holicha qabul qilishni o`rganing.
MAFTUNA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар