Qovoq osti shishiga befarq bo`lmang!
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Qovoq osti shishiga befarq bo`lmang!
- Дата релиза: 15-05-17, 21:22
— Har tong meni bir muammo qiynaydi: ko`z osti qovog`im shishib uyg`onaman. Buning sababi va davosi haqida ma`lumot bersangiz?
Shaxnoza. Samarqand
Savolga oliy toifali shifokor-terapevt Saida Nuritdinova javob beradi
Tongda oynaga qarab qovoqlari osti shishgani ko`rgan kishininig kayfiyati buzilishi tabiiy. Chunki ertalabdan ishga, o`qishga borib odamlar bilan muloqotda bo`ladigan kishi tetik, sog`lom ko`rinishni xohlaydi.
Faqat uyqusizlik emas...
Xo`sh, qovoklarlar osti nima sababdan shishadi va undan qanday qutulish mumkin? Keling, avvalo qovoqlar osti nima sababdan shishishini o`rganamiz.
Bunga faqat kechasi ko`p suyuqlik ichish yoki tunda uxlamaslik sabab bo`ladi deyish xato. Bunga odam ichki organlarining kasalliklari ham sabab bo`lishi mumkin.
Qovoq osti shishiga:
-muddati o`tgan, sifatsiz kosmetikadan foydalanish,
-kechqurun ichilgan spirtli ichimliklar,
- kashandalik,
-uyqusizlik, depressiya, stress,
-uyqudan oldin sho`r eguliklar eyish,
-noto`g`ri ovqatlanish (sho`r achchiq, yog`li ovqatlarni haddan tashqari ko`p eyish), semizlik sabab bo`lishi mumkin.
Agar siz sog`lom turmush tarafdori bo`lib, yuqridagi sabablar sizga tegishli bo`lmasa unda qovok osti shishi sabablarini aniqlash uchun shifokorga murojaat etishingiz va tekshiruvlardan o`tib, bu holatga nima sabab bo`lganini aniqlashingiz kerak.
Qaysi xasataliklar sabab bo`lishi mumkin?
yurak yoki buyrak etishmovchiligi,
allergik reaksiyalar.
Davosi bormi?
Qovoq osti shishishi davolanishning zamonaviy kosmetologiya va xalq tabobati usullari bor.
Zamonaviy kosmetologiya:
infraqizil lazer,
mikrotoklar,
limfodrenaj,
qovoq osti terisi uchun piling.
Xalq tabobati
ko`z atrofi terisini tortuvchi tabiiy niqoblar,
moychechak, qora choy, suvdan tayyorlangan sovuk kompresslar,
muz bo`lakchalari, moychechak, mavrak,eman, damlamalari.
Uy sharoitida tayyorlanadigan niqoblar:
o`tlardan tayyorlanadigan kompresslar.Qovoq osti shishishini yo`qotish uchun moychechak, rozmarin, yalpiz barglari, jo`ka barglaridan foydalaning. Bir piyola qaynok suvga bir qoshiq quritilgan o`tlar jamlanmasidan solib ustini yopib damlab qo`yasiz. Sovigan, tayyor damlamadan qovoq ostiga kompress qilasiz.
1qoshiq choyga 1 qoshiq quritilgan moychechakni aralashtirib bir piyola qaynagan colib damlang va sovugach, damlamaga paxta botirib qovoqlar ustiga qo`ying.
Kartoshkadan bo`tqa tayyorlang, sovugach, dokaga solib, qovoqlaringiz ustiga qo`ying. Bu niqob qovoq osti shishini yo`qotibgina qolmay, terini yoshartiradi. Agar kartoshkani qaynatishga vaqtingiz etmasa, unda xom kartoshkani 2 bo`lakka bo`lib ko`zingiz ustiga qo`yishingiz, yoki kartoshkani qirg`ichdan o`tkazib petrushka, shivitni maydalab to`g`g`ab, dokaga o`raysiz. Bu kompress ham qovoqlarga qo`yiladi.
Bodringni qirg`ichdan o`tkazib qovog`ingiz qo`ying, ustidan iliq sutga botirilgan paxtani qo`ysangiz yanada samarali bo`ladi.
Petrushkani go`sht maydalagichdan o`tkazib (1 qoshiq) achchiq choy damlamasi bilan aralashtirib ko`zingizga kompress qiling.
2 koshiq smetanaga 1 qoshiq maydalangan petrushkani aralashtirib niqob tayyorlang va ko`z ustiga qo`ying.
Asalni eritib 1 qoshig`ini 1 qoshiq bug`doy uni va bitta tuxum oqini aralashtirib niqob tayyorlang va qovoq ustiga qo`ying
Feruza Najimova tayyorladi
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар