Qovoqlar uchishining 4 sababi
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Qovoqlar uchishining 4 sababi
- Дата релиза: 21-01-18, 22:56
Tibbiyotda ko‘z aylanma mushaklari qisqarishining tez-tez takrorlanib turishi qovoqlar miokimiyasi deyiladi. Muhimi shundaki, ko‘zlarning pir-pir uchishi haddan tashqari bezovta qiladi va har doim ham uni oddiy iroda kuchi bilan to‘xtatib bo‘lmaydi. Lekin agar sabablari aniqlansa, uning oldini olish mumkin.
Siz haddan tashqari ko‘p asabiylashasiz
Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, muhim voqealardan oldin ko‘zlaringiz o‘zini g‘alati tuta boshlaydi. Bu organizmning normal reaksiyasi — stress natijasida kortizol va adrenalin darajasi ko‘tariladi va ko‘z mushaklari odatdagidan ko‘ra ta’sirchanroq bo‘lishi mumkin.
Siz haddan tashqari toliqqansiz
Kuchlaringiz tamom bo‘layotgan vaqtda asab tizimi ham zo‘rg‘a ishlaydi va buning nojo‘ya ta’siri beixtiyor uchayotgan qovoqlar bo‘lishi ham mumkin. Charchoqlik qancha ko‘proq bo‘lsa, uchish shuncha kuchliroq bo‘ladi. Agar kompyuterda ishlash vaqtini qisqartirsangiz va to‘yib uxlasangiz, bu alomat bir necha kundan keyin o‘zi o‘tib ketishi mumkin.
Siz qahva yoki shokoladni me’yoridan oshirib yuborgansiz
Ortiqcha kofein ko‘z atrofi sohasidagi asab va mushaklarda giperfaollikni keltirib chiqarishi mumkin, bu esa qovoqlarning uchishiga olib keladi. Bunday reaksiya hamma odamlarga ham xos bo‘lavermaydi, lekin agar siz qahva yoki shokoladdan keyin ko‘zlaringiz noqulaylikni his qilayotganini sezib qolsangiz, ratsioningizni o‘zgartirishga urinib ko‘ring.
Sizda ko‘z infeksiyasi yoki allergiya
Qovoqlar uchishining sababchisi blefarit yoki konyunktivit bo‘lishi mumkin. Bakteriyalarni yallig‘lanish, qizarish va buning natijasidagi — mushaklar qisilishi keltirib chiqaradi. Allergiya xuruji paytidagi ko‘zlarning uchishi — eng keng tarqalgan, ko‘z atrofi sohasida shishish va qichishish bilan kechadigan reaksiyalardan biri hisoblanadi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар