Qovunning davoligi
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Qovunning davoligi
- Дата релиза: 17-06-14, 13:42
1.Nabiyi tabib aytgan : Shirin qovun go'shtni ko'paytiradi , shirin va bemaza o'rtasidagisi yog'ni ko'paytiradi, bemazasi esa bavosilga qarshi foyda qiladi . 2.Disquridus tabib aytadi : Qovun peshob haydaydi , ko'zning issiq shishiga qarshi bog'lansa , og'riq qoladi . 3.Jolinus hakim aytadi : qovun xo'l va sovuq , u yuzga surtilsa , yuz dog'ini yo'qotadi , jilo beradi . Kuchi o'ziga nisbatan urug'ida ko'proq . Doimiy ko'p yeyilsa, yomon xilt suyuqligi paydo qiladi . Qovun yeyilsa,orqasidan taom iste`mol qilinsa , badanga yaxshi ovqat bo'ladi. Haddan ortiqcha yeyish xushdan ketishni paydo qiladi . 4. Aytishlaricha , qovun yetmish ilatga , jumladan , mohov ,pes,jinnilik kabilarga ham davo bo'lib ,ularni badanlardan haydab chiqaradi, tanaga shifo ato qiladi , buyrak va qorinni yuvadi , pusht suvi hamda jinsiy quvvatni oshiradi, yuz rangini ochadi va badanni semirtiradi . 5.Abul Abbos aytadi : Uning urug'ini yanchib,ishqalab, so'ng suvga solib ichilsa, ko'krak og'rig'i va ichki yallig'lanish , yo'talishni yo'qotadi . (4 kun 3 mahal 1 osh qoshiqdan.) 6.Uning urug'ini safrodan yuz bergan isitma hamda jigar issiqligiga qarshi yaxshi foyda qiladi, tiqimalarni ochadi ,buyrak va qovuq yo'llarini siydik haydash orqali tozalaydi . 7.Isroiliy aytadi : uning yangi po'stidan olib , yuzga surtilsa, yuz terisini tozalaydi . Uning quritilgan po'sti yanchilib qozonga solinsa ,qattiq go'shtning tez yumshashiga sabab bo'ladi . Issiq mijozlar qovunni kamroq yeyishi kerak .
Смс Шерлар