«QULChILIK»NING QOIDALARINI BILASIZMI?
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: «QULChILIK»NING QOIDALARINI BILASIZMI?
- Дата релиза: 29-10-17, 10:50
«O`g`illarim, nabiralarim va yaqinlarimni uylantirmoq tashvishida kelin izlamoqqa e`tibor berdim. Bu ishni davlat yumushlari bilan teng ko`rdim. Kelin bo`lmishning nasl-nasabi, etti pushtini surishtirdim. Xos odamlar orqali sog`lik-salomatligi, jismonan kamolotini aniqladim. Kelin bo`lmish nasl-nasabi, odob-axloqi, sog`lom va baquvvatligi bilan barcha qusurlardan xoli bo`lsagina, el-yurtga katta to`y-tomosha berib kelin tushirdim». Bu buyuk Amir Temurning tuzuklaridan iqtibos. Temurdek ulug` hukmdor kelin tanlashni davlat ishlari bilan teng ko`rgan ekan, demak, bu ishga chandon mas`uliyat bilan yondashmoq har bir ota-onaning burchidir. Axir, kelin – bu kelajak avlod, toza nasl, totuv oila, saranjom ro`zg`or degani.
Zarni baholash uchun, zargar bo`lish lozim
Ilgari – o`zbeklar hayoti ichkari va tashqari hovliga ajratilgan davrlarda – maxsus sovchi ayollar to`y-hashamlar, mavlud-ma`rakalarda qizlarning daragini eshitib, imkon bo`lsa, o`zlarini ko`rib, erkaklarga xabar berishgan, savdoni esa erkaklar pishirishgan. Axir, er kishining so`zi so`z, bu bilan ahdning qat`iyligi va mahkamligi kafolatlangan. Bizning kunlarda kelin qidirish birmuncha osonlashdi, ammo sovchilik mas`uliyati zarracha ozaymadi. Aksincha, ortdi. Chunki endi gugl, ijtimoiy tarmoqlar, go`zallik salonlariyu maxsus fotokamera va fotoshop atalmish sehrli tayoqcha shunday go`zal va aqlli qizlarni (aniqrog`i, ular haqidagi illyuziyani) yaratmoqdaki, bu holatda zarni baholamoq uchun haqiqiy zargar bo`lmasangiz, ishlar chatoq. Axir, internetdagi ma`nili suhbatlari va chiroyli suratlari bilan qizlar yigitlarning qalbiga yo`lni ancha qisqartira oldilar. Lekin onalar hushyorlikni boy bermasliklari kerak. Yoshlar oila qurishda xato qilmasliklari uchun kattalarning tajribasi juda muhim. Tajribali sovchi esa bu o`rinda tilloga teng. Xo`sh, risoladagi sovchilik qanday amalga oshiriladi? Nimalarga e`tibor berish keragu, qaysi ishoralar ahamiyatga molik emas? Shu savolarga javob izlaymiz.
Nasl-nasab. Ha, bu eng birinchi shart. Bo`lajak kelinning tag-zoti surishtiriladi. Bu aslo mansab, martaba degani emas. Uning ajdodlari orasida giyohvand, aqli noqis, ichkilikka berilgan, ma`naviy buzuq insonlar bor-yo`qligi aniqlanadi. Chunki bu illatlarning “suyak surishi” hech kimga sir emas. Albatta, otasi ichkilikboz bo`lsa, qizining baxtli oila qurishga haqqi yo`q degani emas bu! Shunchaki «erursen shoh, agar ogohsen sen» deyiladi-ku. Ya`ni, bilsangiz, qarshi choralarni qo`llash imkoniyatingiz ortadi. Hozir tibbiyot, xususan, genetika ham ancha rivojlangan, men sizga aytsam.
Oilalarning mosligi. Bu quda bo`lishga chog`langan oilalarning dunyoqarash, qadriyatlar va intellekt tomondan mosligi demakdir. Savdogar uchun foyda, iqtisod, pul – qadriyat, olim uchun kitob; kimdir kelinining sepiga qaraydi, kimdir ichki dunyosiga. Bordiyu o`rtada muhabbat uyg`onib, yoshlar bu narsalarga e`tibor bermasalar ham, kattalar buni nazardan soqit qila olmaydilar. Chunki tuyg`ular o`tkinchi bo`lishi mumkin, ammo tarbiya va odatlar bir umrlik. Qolaversa, hamma oilalar ham yigit va qiz muhabbati ustiga qurilavermaydi, sovchilar orqali kelishib oila qurayotganlar ko`pchilikni tashkil etadi. Demak, sovchilikka borganda bu jihatni, albatta, e`tiborga olish kerak.
Salomatlik. Nega buni uchinchi o`ringa qo`ydik? Bu aslo muhimlik jihatiga ko`ra emas, muhimlikda balki salomatlik eng yuqori turar. Bu jarayonning tartibi-da. Chunki hech kim nasl-nasab va oilasini surishtirmay turib qizning o`zi bilan qiziqishni boshlamaydi. Demak, siz naslini surishtirib, oilasini o`rganib, va nihoyat, qizning o`ziga e`tibor qarata boshladingiz. Agar biron jiddiyroq dardi bo`lsa, buni yashirishning iloji yo`q. Lekin ayrim kasalliklar pinhona kechadi. Qarang, qiz tiyrakmi, rangi tozami, xatti-harakatlari aniqmi? Ayollarda ichki tuyg`u, sezgi bor. Shu orqali kelinni taftish qilsalar bo`ladi.
Uy tutish. Qizlik uy saranjonu sarishta bo`lishi tabiiy. Ammo bu qizning ishimikan yo yangalarining? Sovchilar ba`zida gilamlar tagini ko`tarib ko`rishadi, ko`rpachalarning astariga dasturxonu sochiqlarning tozaligiga qarashadi. Bular bari ma`qul.
Onasi. «Onasini ko`rib, qizini ol» degan gap bejizga aytilmagan. Siz onasini nafaqat tashqi ko`rinishiga e`tibor bering, uning qarindoshlar bilan munosabatini ham taftish qiling. Qayin-bo`yin bilan yaxshimikan, mehmondo`stmi, qaynonasining duosini olganmi, o`z jigarlari bilan oqibatlimi? Bularning bari bo`lajak kelinning fe`lida, odatlarida aks etishi turgan gap.
Nima qilmaslik kerak?
Avvalo, sovchilikka borishda ayollar haddan ortiq bo`yanmang, tillalarga bezanib olmang. U oiladagilarning didini bilmaysiz – bu bir, sizni maqtanchoq va manman deb o`ylashlari mumkin – bu ikki.
Ko`p so`zlamang, ko`p tinglang, ayniqsa, birinchi borishda. Chunki siz hozir ma`lumot yig`gani kelgan «razvedkachi»siz. Umuman mum tishlab oling, demaymiz. Albatta, ismi sharifingiz, o`g`lingizning yoshi, ma`lumoti, kasbi va hokazo umumiy ma`lumotlarni aytishingiz kerak. Ammo ko`proq kelin tomon haqida axborot yig`ishga intiling. Agar to`plagan ma`lumotlaringiz o`zingizga yoqsa, keyin sekin «ko`zir»laringizni chiqarsangiz bo`ladi, masalan kuyovning mansabi, maoshi, mashinasining markasi va boshqalar. Birdaniga hamma ma`lumotni aytib qo`yish tizginni qizning onasiga topshirishdir. Qarshi tomon sizdan olgan ma`lumotga qarab o`zi haqidagi xabarlarni tahrirlab, sizga moslab, demakki, aslidan boshqacharoq qilib aytishi mumkin.
Xulosa chiqarishga shoshilmang. Qizning onasi sovchilar oldida hayajonanishi, gapini yo`qotishi mumkin. Bundan ayol nimanidir yashiryapti, gapini eplab gapira olmas ekan, degan xulosalarga kelmang. Agar ko`nglingiz shu oilaga chopgan bo`lsa, onasi uchun yana bir imkoniyat bering.
Ichki ovozingizni e`tiborsiz qoldirmang. Ba`zida sovchilikka borib, hammasi risoladagidek oilani topgandek bo`lasiz, ammo uyga qaytgach, negadir, ko`nglingiz g`ash bo`laveradi. Bu bejiz emas: ayollarda ichki sezgi kuchli, o`zingiz bilasiz. Xo`sh, nimga ko`nglingiz g`ash? Shu savol ustida bosh qotiring.
Qaror berishga shoshmang. Bu umr savdosi. Yigitni ham zo`rlamang. Balki bitta ko`rishda u qarorini ayta olmas, yoki atrofdagilar bosimi ostida bergan qarorini keyin o`zgartirib qolar. Shu sababli ko`ngil jiz etmagan, puxta o`ylanmagan, xuddi o`z o`lchamingizdagi poyafzal kabi lop-loyiq kelmagan variantni shoshilib tasdiqlab qo`ymang. Bir kunlik to`yning orzu-havasi deb qilgan shoshqaloqligingiz keyin qimmatga tushishi mumkin. Bir marta uchrashdi nima-yu, ikki marta nima? Kerak bo`lsa, hech bir oldi-berdisiz, yigit va qizning shunchaki yana bir bora uchrashishiga imkon yaratib bering. Ikki martada ham yurak sapchimasa, bu savdoni qo`ying.
Xullas, umr savdosi – savdolarning mushkuli. Sovchilar ana shu bozorning qon tomirini ushlab turgan ishtirokchilardir. Ularning tajribasi, mahorati va donoligi bir emas, ikki umrga tatigulikdir.
Shahnoza TO`RAXO`JAEVA
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар