Ramazon taqvimi 2014 yil
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Ramazon taqvimi 2014 yil
- Дата релиза: 25-06-14, 14:18
Toshkentdan boshqa shaharlardagi vaqtlar farqi (minut)
Avval : Chimkent (1), Konibodom (5), Qo‘qon (7), Jambul (7), Namangan (10), Farg‘ona (10), Marg‘ilon (10), Andijon (12), O‘sh (14), Jalolobod (15), Bishkek (21), Olma - ota (21).
Keyin : Bekobod (4), Turkiston (4), Jizzax (6), Guliston (7). Denov (7), Jonboy (7), Samarqand (9), Shahrisabz (10), Kattaqo‘rg‘on (12), Qarshi (9), Nurota (14), Navoiy (19), Buxoro (21), Xiva (35)
* Oy chiqishiga qarab bir kunga farq qilishi mumkin.
Ro'za tutish duosi (Og'iz yopish)
Navaytu an asuma sovma shahri romazona minal fajri ilal mag‘ribi, xolisan lillahi ta’ala. Allohu akbar.
Ma’nosi: Ramazon oyining ro‘zasini subhdan to kun botguncha tutmoqni niyat qildim. Xolis Alloh uchun. Alloh Buyukdir.
Iftorlik duosi (Og'iz ochish)
Allohumma laka sumtu va bika amantu va ‘alayka tavakkaltu va ‘ala rizqika aftartu, fag‘firli ya g‘offaruma qoddamtu va ma axxortu.
Ma’nosi: Ey Alloh, ushbu ro‘zamni Sen uchun tutdim va Senga iymon keltirdim va Senga tavakkal qildim va bergan rizqing bilan iftor qildim. Ey gunohlarni afv qiluvchi Zot, mening avvalgi va keyingi gunohlarimni mag‘firat qilgil.
Ushbu yangilik haqida Ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqatish bo'yicha siz birinchi bo'ling !