Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » ​​​Reklama tufayli xarid qilinadigan keraksiz 20 mahsulot
​​​Reklama tufayli xarid qilinadigan keraksiz 20 mahsulot

​​​Reklama tufayli xarid qilinadigan keraksiz 20 mahsulot

​​​Reklama tufayli xarid qilinadigan keraksiz 20 mahsulot
Hozir shunday zamonki, katta-kichik yorliqlar, reklama roliklari bizni betinim harid qilishga rag`batlantiradi. Gazeta, jurnal, televidenie, radio va har qadamda uchraydigan bannerlardagi ko`tarinki kayfiyat bag`ishlovchi gaplar, chiroyli kishilaru shiringina bolakaylarning suratlari ongimizga ta`sir ko`rsatib, ko`p hollarda keraksiz buyumlarni sotib olishga chorlaydi. Demak, osmonlarga chiqarib maqtaladigan 20 ta keraksiz buyumlar ro`yxati bilan tanishing!

Pardoz vositalari

Agar har qanday mayda-chuydani eng zarur narsa, deb ishontirib, katta pulga sotishni eplamaganida go`zallik sanoati allaqachon kasod bo`lardi. Masalan,

Soqol olgandan keyin surtiladigan krem
Teri uchun skrab
Soch kirlanganda sepiladigan spreylar
Har kuni erkaklar soqol olgandan so`ng shu kremni ishlatishadi. Aslida, uning o`rniga yuzni shunchaki sovuq suv bilan chaysa ham bo`ladi. Sovuq suv ham yuzni tinchlantirib, teri teshiklarini toraytish xususiyatiga ega. Faqat kremdan keyin terida xushbo`y hid qoladi.

Skrabning tarkibiy qismini terining ustki qavatini sho`ralatib tushiruvchi moddalar, masalan, shaftoli danagi po`stlog`ining tolqoni yoki sun`iy yo`l bilan olingan mayda granulalar tashkil etadi. Ammo oddiygina ishqalagich (mochalka) ham bu vazifani uddalay oladi. Narxi esa skrablardan ancha arzon.

Har bir spreyning yorlig`iga uni ishlatgandan so`ng sochlar yumshoq, muloyim bo`lishi va yaltirashi haqida yoziladi-yu, ammo tarkibidagi ayrim moddalar sochlarda yig`ilishining oqibati to`g`risida aytilmaydi. Kimyoviy moddalar soch tolasini yanada xira, jonsiz va sinuvchan qilib qo`yishi, go`yoki unutiladi. Natijada, iste`molchi bu muammolardan qutulish uchun yana shunday spreylardan sotib olishga oshiqadi.

4. Sellyulitga qarshi krem

Chiroyli idishga qadoqlangan bu vositagina sizni sellyulit balosidan xalos qilolmaydi. Unga “mo``jizakor vosita”, deb baho bermang. Yaxshisi, pulingizni tejang.

5. Tonal krem

Bahstalab mahsulot. Ba`zi ayollar chindan ham usiz pardoz qilishni tasavvur qila olmaydi. O`ylab ko`ring, teringizni jonsiz ranga kiritib, vaqtinchalik natija beradigan bu vositadan ko`ra, vaqti-vaqti bilan butun organizmingizni tozalaganingiz afzal emasmi? Terini tabiiy vositalar bilan parvarishlab ham yaxshi natijalarga erishish mumkin!

6. Dush uchun gel

Bu vosita faqat yoqimli hidi va qo`llash uchun qulayligi bilan xaridorlarni o`ziga jalb qiladi. Boshqa hech bir alohida fazilati yo`q. Yaxshi mochalka va sifatli atir sovun bilan ham xuddi shu natijaga erisha olasiz.

Chiroyli qomat uchun...

Sog`lom bo`lish uchun sport bilan shug`ullanish kerak. Bu borada hech qanday bahsga o`rin yo`q. Lekin chiroyli qomat uchun tavsiya etiladigan turli xil mahsulotlar bizga chindan kerakmi? Yoki salomatlik va qomat go`zalligi faqat ularga bog`liqmi? Bu borada keraksiz narsalarni bilish zarar qilmaydi.

7. Sportzal uchun abonement

Hayron bo`lyapsizmi? Ammo yaxshi jismoniy holatda bo`lish uchun sportzalga abonement sotib olish shartmas. Agar o`zingizni yaxshi his qilish va chiroyli qomatga ega bo`lish istagida yonsangiz, bunga ko`p pul sarflamay erishsa ham bo`ladi. Ko`proq yuring, yuguring, yuqori qavatlarga zinalardan ko`tariling, uyda har kuni 20 daqiqa mashq qiling va to`g`ri ovqatlaning. Shuning o`zi kifoya.

8. Parhez uchun mahsulotlar

Bunga turli myusli va yormalar (xlopya) kiradi. Ular, negadir, juda qimmat turadi. Shunchaki sabzavotlar va don mahsulotlaridandan sho`rva qaynatib ichish ham xuddi shunday natija beradi.

9. Uy trenajyorlari

Uyda qo`llash uchun ishlab chiqilgan trenajyorlar shakli va ko`p vazifaliligi bilan aqlni shoshiradi. Ammo reklamalarda aytilgandek, bu muammongizning mutlaq echimi bo`la olmaydi. Kattaligi uchun esa ko`p joy egallaydi.

10. Sport kiyimi

Mikroblarga qarshi kumush qoplamali futbolkalar, terida namlikni saqlab turuvchi eng zamonaviy matolar, mikrofibrali paypoqlar… Marketologlar pulingizni hamyoningizdan chiqarishingiz uchun nimalarni o`ylab topishmaydi? Aslida sizga bir juft yaxshi krossovka, bir necha paxta matoli mayka, ishton va paypoqlar kerak bo`ladi, xolos.

11. Ozdiruvchi dorilar

Yillar davomida yig`ib kelgan yog`laringizni bitta dori eritib yuborishiga ishonib, katta xatoga yo`l qo`yyapsiz!

Bolalar uchun

Ota-ona eng sara va sifatli narsalarni farzandiga ravo ko`radi. Marketologlar esa ana shundan unumli foydalanadi.

12. Nam salfetkalarni isitib beruvchi moslama

Dunyo aqldan ozyaptimi deyman? Agar salfetka rostdan ham juda sovuq bo`lsa, uni kaftlar orasida ilitish mumkin-ku!

13. Baland stulcha

Bu bahaybat qurilmaning nima keragi bor? Bunga har kim o`zicha javob beradi. Bizni ota-onamiz usiz ham katta qilishgan-ku... Xullas, tanlash huquqi doimgidek o`z qo`lingizda.

14. Radioenaga

Agar ikki qavatli katta uyda yashasangiz-u bolangizning yig`isini vaqtida eshitish imkoningiz bo`lmasa, bunga ehtiyoj bor, albatta. Ammo oddiygina uyda nahotki o`z farzandingizning ovozini eshitmay qolsangiz?

15. Yurgizgich (xodunki)

Birinchidan, million yillar davomida bolalar yurishga o`zlari o`rgangan. Ikkinchidan, barcha pediatrlar bir ovozdan bu moslamaning bolaning oyoqlariga zarar ekanligini ta`kidlashadi. Uchinchidan, o`zi yurib yiqilganidan ko`ra, yurgizgichdan yiqilish bola uchun xavfliroq. Shunday ekan, uni xarid qilishdan avval yana bir marta o`ylab ko`ring.

16. Yo`rgaklash uchun ko`rpacha

To`g`ri, unchalik qimmat turmaydi. Ammo, baribir, keraksiz buyum uchun pul sarflashdan nima naf? Bitta adyolni ikki tomonidan qayirib, ustida bolangizni yo`rgaklashingiz mumkin-ku!

Ro`zg`or uchun...

Ishni engillashtiradi, degan vositalarning hammasini ham xarid qilish shart emas. Bo`lar-bo`lmasga pulni sarflaymay, ularni tejaymiz.

17. Kir yuvish mashinasini qasmoqdan himoyalash vositasi

Kir yuvish mashinasining o`zi qimmat turadi. Ustiga-ustak uni qasmoqdan tozalash uchun qimmat vositalarni sotib olishga majbur bo`lamiz. Aslida buni oddiygina limon kislotasi ham uddalay oladi. Buning uchun yuvish vositasi solinadigan bo`lmachaga limon kislotasi kukunidan sepib, paxta matolarni yuvish rejimiga qo`yib ishlating (faqat ichiga kir solmaysiz va “siqilmasin” degan ko`rsatma beriladi).

18. Kumush buyumlarni tozalash vositasi

Kumushni tish pastasi yaxshi tozalaydi. Ho`l lattaga ozgina pastadan tekkizib olib, buyumlarni arting. So`ng sovuq suvda chayib, quruq qilib artiladi.

19. Tiqinlarni ketkazuvchi vositalar

Ushbu qimmatbaho vosita o`rniga bemalol iste`mol sodasidan foydalanish mumkin. Shunchaki uni quvur og`ziga bir kunga sepib, suv oqizib yuborish kifoya. Agar bu yordam bermasa, eski usul – sim bilan tozalashni qo`llash kerak.

20. Oshxona qog`oz sochiqchalari

Buyum ma`lum ma`noda qulay, ammo anchayin qimmat. Oddiy sochiqlarni yuvish arzonga tushadi.

Shahnoza TO`RAXO`JAEVA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: