RENE ZELLVEGER — ChIROYLI EMAS, ISTE`DODLI AKTRISA!
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: RENE ZELLVEGER — ChIROYLI EMAS, ISTE`DODLI AKTRISA!
- Дата релиза: 30-09-17, 15:06
«Men 5 kilogrammga ozolmay xunobman, u bo`lsa 15 kilogrammni u yoqdan bu yoqqa surib yuribdi, qoyil!», «Bu aktrisa tashqi ko`rinish bilan emas, iste`dodi bilan yuzaga chiqqan haqiqiy ijodkor!», «Menga do`mboq Rene ko`proq yoqadi»... Bu iste`dodli aktrisa va ozish bo`yicha norasmiy jahon chempioni Rene Zellveger haqida muxlislari bildirgan fikrlar. Rene tashqi ko`rinishi va iste`dodi birdek qizg`in muhokama qilinadigan sanoqli aktrisalar qatoridadir.
Chilparchin bo`lgan orzu va so`nmagan umid
1969 yil 25 aprelda Texasda shveysariyalik muhojir va uning hamshira rafiqasi oilasida tug`ilgan Rene Ketlin Zellveger maktabda yaxshi o`qidi. Lekin faqat sport va drama to`garagida o`zini erkin, baxtiyor sezardi. 13 yoshida olgan jiddiy jarohati uning olimpiada chempioni bo`lish orzusini chilparchin qildi. Jarohat alamini yutish uchun Rene drama to`garagiga avvalgidan ham ko`proq qatnaydigan bo`ldi.
1987 yil Texas universitetiga o`qishga kirdi. U erda kino, OAV va televidenie yo`nalishi bo`yicha tahsil oldi. Talabalik yillaridayoq kino olamiga yaqindan oshno bo`lgisi kelgan qiz ketma-ket kastinglarga qatnashar, bir kun o`zining yulduzli onlari, albatta, kelishiga ishonardi. Ammo unga nuqul ikkinchi darajali rollarni berishardi. Ammo ma`lum vaqt o`tgach, Xyuston kinokarera uchun munosib joy emasligini tushunib etdi. Do`sti Metyu MakKonoxining maslahati bilan Los-Anjelesga yo`l oldi. Va juda to`g`ri ish qilganini tushunib etdi.
15 kg.dan «Oskar»gacha
1994 yilda Rene «Sheyk, Rettl va Rok», bir yildan keyin esa «Empayr Rekords» kartinalarida o`ynadi. Ayniqsa, «Butun keng olam» filmidagi roli e`tiborli bo`ldi va Hollivud rejissyorlari unga diqqat qarata boshladilar. 1997 yildagi «Yolg`on detektori» kinosida ijro etgan roli bilan Rene Zellveger iste`dodli aktrisalar ro`yxatiga tirkaldi. Ammo qiz hamon o`zi orzu qilgan shuhrat cho`qqisiga chiqa olmagan, moddiy qiyinchilik bilan kun kechirar edi.
Aktrisaga haqiqiy shuhrat «Bridjit Jons kundaligi» bilan keldi. Ushbu filmga rejissyorlar yorqin yulduzni izlashardi. Ammo aktrisalar shartnoma shartlarini o`qib, qochib ketishardi. Chunki bosh qahramonni o`ynash uchun aktrisa oz fursatda 15 (!) kilogrammga semirishi kerak edi-da. Renega bosh qahramon shu darajada yoqib qoldiki, hamma shartlarga rozi bo`lib, shartnomaga imzo chekdi. Єiz kuniga yigirmatalab shirin kulchalar edi, o`n besh soatlab uxladi, kam harakat qildi va kerakli kilogrammlarni tez fursatda jamlay oldi. Rol shunga arzirdi.
Tag`in deng, Rene tug`ilgan Texas shtatida britancha ingliz tili deyarli qo`llanmas edi. «Bridjit Jons kundaligi» uchun esa aynan britancha lahja zarur bo`ldi. Rene bu lahjani o`zlashtirish niyatida bir firmaga kotiba bo`lib ham yollandi. Natija esa juda a`lo bo`ldi. Rene nafaqat lahjani, balki inglizlarning gapirish yo`siniyu hayot tarzini ham tezda o`zlashtirib oldi va filmda haqiqiy britaniyalik ayol obrazini qoyilmaqom qilib yaratdi. Ana buni yuksak darajadagi professionalizm desa bo`ladi.
Film muvaffaqiyati va uning ortidan kelgan shuhratu boylik barcha mehnatlarning zoe ketmaganini isbotladi. Rene Zellveger muhabbatini tinmay izlayotgan do`mboq britaniyalik qiz rolini muvaffaqiyatli ijro etdi. Kartina «Oskar», «Oltin globus» va BAFTA mukofotlariga nomzod etib ko`rsatildi. 2003 yilda esa aktrisa «Sovuq tog`» filmidagi ikkinchi darajali roli uchun «Oskar»ni qo`lga kiritdi. Bu haqiqiy e`tirof edi!
Rene Zellveger ijodida «Potter xonim» kartinasi alohida o`rin tutadi. Film bolalar yozuvchisi hamda rassomi Beatris Potter hayoti va ijodi asosida yaratilgan biografik asardir. Real insonni ekranda jonlatirishi esa doim o`ylab topilgan personajni o`ynashdan qiyinroq. Ammo Rene bu vazifani juda yaxshi uddaladi. Tomoshabinlar oqko`ngil, sodda va qiyinchiliklardan qo`rqmay maqsadi tomon intiladigan, jinsiy kamsitishlardan ustun tura olgan ayol obrazini yuksak baholashdi. Kartina 2007 yil «Eng yaxshi ayol obrazi» nominasiyasida «Oltin globus» mukofotiga tavsiya etildi.
O, muhabbat, muhabbat...
Renening sevgililari ro`yxati anchayin salmoqli. Jim Kerri, Jorj Kluni, Jey Uayt, Kenni Chesni, Bredli Kuper... hammasi nomdor aktyor va qo`shiqchilar. Ammo aktrisaning hamon na oilasi, na farzandi bor. Nega?
Jim Kerri qizil baxmal qutichada olmos ko`zli uzuk taqdim etib turmushga chiqishini so`raganida qiz, negadir, rad etdi. Noz qildimi, ikkilandimi?.. Jim uning ko`ngliga yo`l topish uchun naqd bir yil ortidan yurdi, sovg`a-salomlar, romantik syurprizlarga ko`mib yubordi. Lekin Rene hamon «ha» demasdi. Oxiri qizning yuragi erib, to`y ko`ylagiga buyurtma berish haqida o`ylayotganida, kuyov aynib qoldi. Bu stress edi. O`sha ruhiy tushkunlik davri aynan Bridjit obraziga taklif tushgan paytga to`g`ri keldi. Mana nima uchun aktrisa bu qadar tez fursatda 15 kiloga semirgan. U alamidan tinmay ovqat egan-da.
«Bridjit Jons kundaligi» mislsiz muvaffaqiyatga erishgach, Jim Kerri yana Renega nisbatan muhabbat olovida yona boshladi. Ammo qiz muhabbat dardidan forig` bo`lgandi, qaytib bu mashmashani boshlagisi kelmadi.
Keyin qisqayu uzoq muddatli bir necha ishq mojarolari bo`ldi, hatto bir marta Rene turmushga ham chiqdi (qo`shiqchi Kenni Chesniga), lekin nikoh bor-yo`g`i olti oyda barbod bo`ldi.
Rene ayol sifatida o`zini baxtsiz hisoblamaydi. Nega deysizmi? U baxtli bo`lish uchun yonida kimdir bo`lish shart emas, baxt bu ko`ngilning holatidir deya hisoblaydiganlardan. Nima ham derdik: o`zi biladi!
Bu kim? Nahotki Rene?!!
Hollivud tarixida qomati va tashqi ko`rinishi bilan qaltis o`yin o`ynash borasida Rene Zellvegerga teng keladiganini topish mushkul. Aktrisa «Chikago» kartinasidagi bosh rolga rozilik berdi. Ammo endi u 15 kiloga ozishi kerak edi. Irodali va tutgan joyidan kesadigan Rene bu vazifani ham uddaladi. Єanday qilib? Kundalik jismoniy mashqlar va parhez yordamida u bir oyda 5 kg.ga ozdi. Ammo bundan ortiq natija hech ko`rinmasdi. Shunda aktrisa maxsus biofaol qo`shimchalar iste`mol qila boshladi. Natijada og`zi quriydigan, jizzaki va uyqusiz bo`lib boraverdi. Biroq aktrisa ortga chekinmadi va niyatiga etdi. «Chikago»da uning nozik qomatini ko`rib, bunga amin bo`lishingiz mumkin.
2014 yili aktrisa tashqi ko`rinishida yana o`zgarish qilib, ommani lol qoldirdi. Uni bir tadbirda ko`rgan muxlislari umuman taniyolmasdi. Plastik jarrohlik orqali ajinlardan xalos bo`lish ishtiyoqidagi aktrisa umuman boshqa, tanib bo`lmas qiyofaga kirgandi. Bu xunuk ham, chiroyli ham emas, ammo juda noodatiy, odamning ko`zi o`rganmagan, Renening o`ziga yarashmagan qiyofa edi. Endi muxlislari uni yangidan tanishlari va qayta sevib qolishlari lozim.
47 yoshli aktrisa hamon o`zgarishlardan bezgani yo`q. Muxlislarini yana qanday evrilishlar bilan lol qoldirishini, nasib bo`lsa, ko`rarmiz.
ShAHINA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар