Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » ​​Ro`zadan so`ng semirib ketmay desangiz...
​​Ro`zadan so`ng semirib ketmay desangiz...

​​Ro`zadan so`ng semirib ketmay desangiz...

​​Ro`zadan so`ng semirib ketmay desangiz...
Ramazon oyi tugab, oynaga boqsak yoki torozuga chiqsak, avvalgidan sarvqomatroq bo`lib qolganimizni payqaymiz. Ha, o`zimiz sezmagan holda anchagina ozibmiz. Endi shu natijani saqlab qolish uchun nima qilish kerak? Oshqozonimizga ortiqcha yuk tushirmaslik uchun-chi?

Sog`lom turmush tarziga rioya qiling

Bu doim targ`ib va tavsiya qilinadigan usul. Ro`zani tutib bo`ldim, endi bir bo`lak pishiriqni taqsimchamga solvolib serialimni tomosha qilsam ham bo`laveradi, desangiz, xato qilasiz. Tez orada avvalgidan ham vazningiz oshib, tanangizda qon aylanishi buziladi. Ko`zgu qarshisiga boring, qarang, belingiz ingichka, bo`ksalaringiz ozg`in, ko`ylaklaringiz yarashib turibdi. Shu holatda qolishni istaysizmi yo yaqindagina sotib olgan ko`ylagingizni kiya olmay alamda o`tishnimi? To`g`ri qaror qabul qilishingizga shubhamiz yo`q.

Sportzalga yoziling

Siyqasi chiqqan gap bo`lsa-da, ayni haqiqat. Yoz oylari sportzalga ataylab borishning ham hojati yo`q. Yugurish, yurish, velosiped uchish – xullas, variantlar ko`p. Balki kimdir uy ko`tarish, gilam yuvishni ma`qul ko`rar, bu ham bo`laveradi. Xullas, mushaklaringiz faol harakatda bo`lishi kerak, ana shunda tanangiz yog` yig`maydi.

Taomnomangizni qayta ko`rib chiqing

Har narsadan o`zingizni tiying demaymiz. Faqat nima eyayotganingizni nazorat qilib boring. Kunduzi bir bo`lak tort edingizmi, demak kechqurun salat yoki yarim kosa qaynatma sho`rva bilan kifoyalaning. Yoz ne`matlari – baqlajon, qovoqcha, karam, gulkaram kabi sabzavotlardan turli salatlar tayyorlab esangiz bo`ladi.

Garderobingizni yangilang

Yoz mavsumiga bir necha engil ko`ylaklar sotib oling. Doim hozirgi o`lchamlaringiz va vazningizni saqlab tursangiz, bu ko`ylaklarni maza qilib kiyaverasiz, hatto keyingi yillar ham. Yangi qomatni chiroyli ko`rsatuvchi liboslar semirib ketmaslik uchun yaxshi rag`bat bo`ladi.

Nimadan semirishingizni aniqlang

Agar tabiatan to`lalikka moyilligingiz bo`lsa, vaqti-vaqti bilan parhez tutib turishga majbursiz. Tug`ruqdan keyin semirgan bo`lsangiz, maxsus mashqlarni bajarishingiz kerak. Agar stresslar tufayli ko`p ovqat eb semirayotgan bo`lsangiz, tuyaqushga o`xshab boshingizni qumga, yo`g`ey, muzlatkichga tiqmay, o`sha stresslarni bartaraf etishingizga to`g`ri keladi. 200 gramm shokoladdan oladigan endorfiningizni yugurish yo`lakchasidagi mashqlar bilan ham topa olasiz.

Taqiqlar emas, yangi imkoniyatlar haqida o`ylang

Sevimli ko`ylakka sig`ishmi yoki hansirashdan qutulishmi – farqi yo`q, nima siz uchun rag`bat bo`la olsa, o`shani deb harakat qiling. Unutmang, ortiqcha vazndan xalos bo`lib, siz nafaqat chiroyli qomatga ega bo`lasiz, muhimi, salomatligingizni tiklaysiz. Yo`qotganlardan faqat kilogrammlaringiz, topganlaringizdan esa go`zallik va salomatligingiz haqida o`ylang.

Qanday ovqatlanish kerak?

Mevalar, sabzavotlarni ko`p eng, ularda kletchatka ko`p bo`lib, qorinni tez to`ydiradi.
Yaxshilab chaynang. Ovqatlanish payti sokin musiqa qo`yib qo`ysangiz, u bir maromda, shoshilmasdan chaynashingizga yordam beradi. Ko`p chaynagan odamning qorni tez to`yadi, demak kamroq eydi.
Ovqatlanishni salat va sabzavotli sho`rvadan boshlang. Shunda ikkinchi, ya`ni ko`p kaloriyali taomdan kam eysiz.
Sabzavot va mevalarning sharbatini ichmang, o`zini eng. Ham kletchatka olasiz, ham tezroq qorningiz to`yadi. Sharbatlar esa aksincha ishtahani qitiqlaydi.
Shakarni kamroq eng. Choy va kofeni shakarsiz ichishga odatlaning.
Chanqoqni ochlikdan farqlashga o`rganing. Qorningiz ochsa, darrov ovqatga yopishmang, avval bir piyola toza suv ichib ko`ring. Biroz kuting, ovqat egingiz kelmay qolishi ham mumkin. Sizni ochlik emas. Chanqoq qiynayotgan bo`ladi.
Tishingizni tez-tez yuvib turing. Toza tish bilan darrov ovqatga o`tirgingiz kelmaydi, og`iz bo`shlig`idagi tozalikni uzoqroq saqlashni istaysiz.
Asosiysi, ro`za tutib, kamroq ovqatlanishga o`rgangan organizmingizga quloq soling, uni zo`riqtirmang.

Shahnoza SOATOVA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: