Ro`zaning jism va ruhiyatga ta`siri

Ro`zaning jism va ruhiyatga ta`siri

Ro`zaning jism va ruhiyatga ta`siri
Ro`za tutish odam jismiga ham nihoyatda ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Bundan 1400 yil burun musulmonlarga ro`za farz qilinganda odamlar uning shifo xususiyatlari haqida ilmiy ma`lumotlarga ega bo`lmaganlar. Buni azob-uqubat va jismga nisbatan haqorat deb hisoblagan johillar ham uchragan.

Zamonaviy ilmiy tadqiqotlar aksini tasdiqlayapti. Ixtiyoriy och qolishning eng go`zal namunasi bo`lgan ro`zaning barchaga ayon hikmatlaridan biri salomatlikka ijobiy ta`sirdir. Shu bois ochlik yo`li bilan davolash bo`yicha ko`plab kitoblar yozilyapti, bu usul tibbiyotda keng qo`llanilmoqda, davolashning bu turi dunyoda urf bo`lmoqdi. Nafaqat sog`liqni saqlashda, balki kasalliklardan xalos bo`lishda ham ro`za tutishning o`ta zarurligi ta`kidlanyapti. Hozirgi kunda keng tarqalgan xastaliklarning ko`pini musulmon bo`lmagan yurtlar tabiblari ham ochlik – ro`za tuttirish yo`li bilan davolamoqdalar. Mutaxassislar buning samarasini e`tirof etishmoqda. Ayrim G`arb mamlakatlarida shu yo`nalishda xizmat ko`rsatuvchi maxsus shifoxonalar ham bor.

Odam vujudi shunday yaratilganki, oziq-ovqat etkazish to`xtagan paytda butun kuch-quvvat organizmni zararli mikroblar, xasta to`qimalar, o`sma va xiltlardan tozalashga qaratiladi. Tadqiqotchi, tibbiyot fanlari doktori Robert Bartlou ilmiy izlanishlar, tajribalari bilan ro`za organizmni poklashda juda katta kuchga ega ekani va hatto boshlang`ich bosqichda o`smalarni yo`qotishi mumkinligini isbotladi.

Ochlik bilan davolanayotganlarni kuzatgan olimlar ularning sog`ayib, turli kasalliklardan tamoman qutulib ketganlariga guvoh bo`lishdi. Tajribalar ro`za qonda xolesterin miqdorining kamayishiga, natijada yurakda qon laxtasi (tromb) tiqilishining oldi olinishiga sabab bo`lishini ko`rsatdi. AQShda olib borilgan tadqiqotlar esa ro`za qondagi qand moddasi va me`da shirasi kislotasini hech qanday dori vositalarisiz me`yorda saqlab turishini isbotladi.

Ochlik ta`sirlarini o`rgangan germaniyalik olimlar uch-to`rt hafta mobaynida 10-15 soat hech nima iste`mol qilmay engil ish bilan shug`ullanish sog`lik uchun juda foydali degan xulosaga keldilar. Doktor Bill Shernber har yili bir oy ro`za tutish tetiklik va yoshlik asosi ekanini ta`kidlaydi.

Odessa universiteti olimlari o`tkazgan tajribalar ochlik tanadagi zaharlarni har qanday dori-darmondan ko`ra samaraliroq chiqarib tashlashini ko`rsatdi. Masalan, ro`za paytida organizmdan ammiakning chiqarilishi 100 barobarga kuchayadi.

Ro`zaning inson asab tizimi va ruhiyatiga ijobiy ta`siri ham katta. Bunda yaqqol ko`zga ko`rinadigan foyda mustahkam iroda va taqvoning shakllanishidir. Eng kuchli dushman – nafs ustidan g`alaba qozongan kishi metin irodaga ega bo`ladi, uning ongi jism xohish-istaklarni bo`ysundiradi. Ko`p hollarda istaklari quliga aylanayozgan odam endi ularni boshqara oladi.

Fiziologiya qonuniyatlariga ko`ra, refleks shakllanishi uchun bir oy kifoyadir. Bir oy uzluksiz ro`za tutgan kishida Alloh qaytargan narsalardan tiyilish refleksi paydo bo`ladi.

Odatda odamlarda fan tomonidan tasdiqlangan, amalda isbotini topgan narsalarga ishonch paydo bo`ladi. Biroq ro`zaning hali ilm-fan aniqlay olmagan foydali jihatlari borligi shubhasiz. Bular asta-sekin o`z isbotini topadi.

Bu dunyoda shuncha foyda va manfaatlari bo`lgan ro`za uchun oxiratda Janobi Haq huzurida qanday mukofotlar bo`lishi mumkinligini tasavvurga ham sig`dirib bo`lmaydi...
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: