RUChKA SIYoHI… YO`QOTAMIZ!
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: RUChKA SIYoHI… YO`QOTAMIZ!
- Дата релиза: 21-10-17, 11:42
Kichkina to`polonchi ruchkada chizib tashlagan o`yinchoqlarni, uy jihozlarini, kiyimlarni, sumkalarni tashlab yuborishga shoshilmang. Siyohdan qolgan dog`dan xalos bo`lishning ko`p sinalgan usullari bor. Єuyida yillar davomida tajribali uy bekalari tomonidan sinab ko`rilgan usullardan keltirdik:
1. Kir sovun yoki dog`larga qarshi maxsus sovunda dog` bo`lgan buyumni yuvishga harakat qilib ko`ring yoki lattaga kir sovundan surtib, dog`ni arting.
2. Dog` bo`lgan joyni namlab, shu joyga tuz va kir yuvish kukunidan sepib qo`ying. 20 daqiqaga ivitib qo`yib, so`ng doimiy uslubda yuvib tashlang.
3. 1 choy qoshiqdan novshadil spirti va vodorod pereksidini 1 stakan suvda aralashtirib, shu aralashmada dog`ni arting.
4. Dog`ga tuz sepib, ustidan limon siqib, sharbatini chiqaring. 10–15 daqiqadan so`ng tozalab tashlang.
5. Spirt va sirkadan 1:1 ga nisbatda qorishma tayyorlab chuqur dog`lar artiladi.
6. Kiyimlardagi siyoh dog`larini ketgazishda esa spirt yoki atirdan foydalanish samarali vositadir.
7. Spirt va aseton qorishmasi, hattoki, eski siyoh dog`larini ham ketgazadi. Faqat ehtiyot bo`ling, aseton buyumga zarar etkazishi mumkin. Avval ko`rinmas joyda sinab ko`ring.
8. O`yinchoqlardagi dog`larni esa iste`mol sodasi yordamida ketkaza olasiz. Iste`mol sodasiga suv qo`shib, bo`tqa holatiga keltirib, dog`lar ustiga surting-da, 15-20 daqiqaga ivitib qo`ying. So`ng yuvib tashlang. Oq kiyimlardagi siyoh dog`ni ketkazish uchun bolalar upasini dog`ga yarim soatga sepib, ustiga toza qog`oz sochiqni yopib qo`ying. So`ng cho`tka yordamida tozalab oling.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар