Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Sabzi yeng, saratonga chalinmaysiz…
Sabzi yeng, saratonga chalinmaysiz…

Sabzi yeng, saratonga chalinmaysiz…

Sabzi yeng, saratonga chalinmaysiz…
Tabletkalardagi A vitaminini unuting. Yaxshisi, bozorlarimizga endigina chiqib kelayotgan sabzini o'tli joyidan mahkam ushlang. Ana shu sabzida sog'liq uchun eng kerakli vitamin va minerallar bisyor. Yangi sabzini muntazam yeyish terini chiroyli qilish bilan birga saraton va qarishning ham oldini oladi. Agar sabzining siz bilmagan qator xususiyatlaridan xabardor bo'lishni istasangiz, quyidagi maqolani diqqat bilan o'qing.
TARKIBIDAGI
VITAMINLAR
Mazkur sabzavot tarkibida 15 foiz qand, oqsil, kletchatka, efir moddalar, biroz yog', flavonoidlar, azot moddalar, mineral tuzlar (kobalt, kaliy, temir, mis, fosfor, yod), ferment hamda vitaminlar: A vitamini yoki karotin, B1, V2, V6, Ye, K, pantoten kislotasi va ozroq S vitamini mavjud.
Boshqa sabzavotlar bilan solishtirganda sabzida karotin hamda nikotin kislotasi — PP vitamini ko'proq.
Sabzidagi vitaminlarning asosiy qismi uning yuza qismida joylashgan, shunday ekan, u qanchalik qizil bo'lsa, unda shunchalik ko'p vitamin, ayniqsa, karotin serobdir.
Tarkibida vitaminlar ko'pligi bois uni avitaminoz profilaktikasida tanovul qilish lozim. Ya'ni sabzi kamqonlik va silla qurishidan aziyat chekadigan insonlar uchun koni foyda.

1. Ko'rish qobiliyatini yaxshilaydi
Sabzining ko'z uchun beqiyos darmondori ekanligi ko'pchilikka ma'lum. Mazkur sabzavot jigarga borib, A vitaminiga aylanadigan beta-karotinga juda boy. A vitamini esa tunda ko'rish imkonini beruvchi binafsharang pigment ishlab chiqarilishiga yordam beradi.
Beta-karotin, shuningdek, ko'zga sarg'imtir dog' tushishi va kataraktaning ham oldini oladi. Tadqiqotlar natijasida juda ko'p sabzi iste'mol qiluvchilar sabzi kam iste'mol qiladiganlardan 40 foizga kamroq mazkur kasalliklardan aziyat chekishi ma'lum bo'ldi.
2. Saratonga qarshi kurashadi
Yana bir tadqiqot natijasiga ko'ra, sabzi o'pka, sut bezlari va yo'g'on ichak saratoni paydo bo'lishining oldini oladi. Chunki uning tarkibida falkarinol moddasi mavjud bo'lib, sabzi uni ildizlarini zamburug'li kasalliklardan saqlash uchun ishlab chiqaradi. Buni qarangki, sabzi yeb yurgan sichqonlar saratonga uch marotaba chidamliroq ekan.
3. Qarishning oldini oladi
Yangi chiqqan sabzi tarkibidagi beta-karotin xuddi antioksidant kabi ta'sir ko'rsatib, hujayralar qarishining oldini oladi.
4. Yaraqlab turuvchi teri
A vitamini va antioksidantlar terini Quyoshning zararli nurlaridan himoya qiladi. Agar organizmga A vitamini yetishmasa, teri quruqlashib, soch to'kiladi, tirnoqlar mo'rtlashib ketadi. Mazkur vitamin, shuningdek, yuzga erta ajin tushishini, pigmentatsiya va g'adir-budur terining oldini oladi.
5. Kuchli antiseptik
Sabzi infeksiyalar bilan faol kurashuvchi sabzavot ekanligi azaldan ma'lum. Uni qirg'ichdan chiqarib, yaralarga qo'yilsa, tez tuzatadi.
6. Chiroyli teri
Yangi chiqqan suvli sabzi yuz uchun arzon va o'ta foydali niqob bo'la oladi. Shunchaki qirg'ichdan chiqarilgan sabzini ma'lum miqdordagi asal bilan aralashtirib, yuzga 5-15 daqiqa surtib qo'ying.
7. Yurak kasalliklari profilaktikasida
Agar tadqiqotlar natijasiga tayanadigan bo'lsak, tarkibida juda ko'p miqdorda karotinoidlar bo'lgan parhez yurak-qon tomir xastaliklari kelib chiqishining oldini oladi. Sabzi tarkibida nafaqat beta-karotin, alfa-karotin va lyutein ham mavjud.
Sabzini muntazam iste'mol qilish qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi.
8. Organizmni
tozalaydi
A vitamini jigarga organizmdagi toksinlarni chiqarib yuborishda yordam beradi. Bu bilan esa jigardagi safro va yog'lar kamayadi. Sabzi tarkibidagi foydali tolalar esa chiqitlar chiqishini tezlashtiradi.
9. Sog'lom tish va milklar
Buni qarangki, sabzi og'iz va tishlarni tozalaydi. U tish karashlari va ovqat qoldiqlarini qirtishlab chiqarib, xuddi tish pastasi vazifasini o'taydi. Bundan tashqari, sabzi milklarni massaj qilib, so'lak ajralib chiqishini me'yoriga tushiradi, bu bilan og'izda noxush bakteriyalar kamayishiga ham sabab bo'ladi. Sabzi tarkibidagi minerallar esa tishlar yemirilishining oldini oladi.
10. Insult profilaktikasida
Garvard universitetida o'tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko'ra, bir haftada 6 tadan ortiq sabzi iste'mol qiladiganlarda insult kelib chiqish xavfi ancha past bo'lar ekan.

ShARBATI KONI FOYDA
Sabzi sharbatining dorivor xususiyati beqiyos. U inson organizmining asosiy organlari ishini tartibga soladi: endokrin tizimi, buray usti bezlari, organizmning gripp, gaymorit, tomoq og'riqlari, bronxit hamda boshqa turli xastaliklarga qarshi himoya funksiyasini kuchaytiradi. Qadimda sabzi sharbatini buyrakdagi va siydik yo'lidagi toshlarni haydash uchun ichishgan. Quyultirilgan sabzi sharbatidan sirop o'rnida foydalanishgan.
Inson o'z sog'lig'iga qarab sabzi sharbatini bir kunda 0,5 litrdan 3-4 litrgacha ichishi kerak. Emizikli onalar ko'krak suti sifatini yaxshilash uchun har kuni sabzi sharbati ichishi lozim. Quruq teri, dermatit va boshqa shu kabi ko'pgina kasalliklarda organizmda elementlar yetishmasa, sabzi sharbatini ichishni boshlang.
Bundan tashqari, sabzi sharbati organizmning infeksiyalarga qarshi kurashuvchanligini oshiradi, asab tizimini tinchlantiradi va quvvat oshirishda beqiyos.
TIBBIYoTDA QO'LLANILIShI
* Erkin radikallar ishini tiklaydi, zararlilarini neytrallashtiradi;
* to'qimalarda moddalar almashinuvini yaxshilaydi;
* hujayra va to'qimalarni yoshartiradi, qarish jarayonini to'xtatadi;
* soch va tirnoqlar o'sishini tezlashtiradi;
* immunitetni mustahkamlaydi;
* ko'rish qobiliyatini tiklaydi;
* yurakni mustahkamlab, qon aylanish tizimini tartibga soladi.
Ehtiyot bo'ling!
Oshqozonida yarasi bo'lgan insonlar sabzini kamroq iste'mol qilishi lozim. Yo'g'on ichagida shamollash bo'lganlarga ham sabzi terapiyasi tavsiya etilmaydi.
Davolash jarayonida sabzini ko'p yeb yuborganda quyidagi noxush asoratlar kelib chiqishi mumkin:
ko'ngil aynishi;
bosh og'rig'i;
uyquchanlik.
Sabzini ko'p iste'mol qilib yuborganda qo'l kafti va yuzda sarg'ayish paydo bo'lishi mumkin. Agar shu kabi simptomlar kuzatilsa, sabzini ratsioningizdan chiqarib tashlang.
Sabzi bilan davolanish buyragidagi qum va toshi 0,5 smdan oshmaydiganlargagina tavsiya qilinadi. Undan kattaroqlarini faqat shifokor tavsiyasiga ko'ra tushirish mumkin.
YaNGI SABZINING BARGLARI HAM ShIFOBAXSh
Sabzining barcha qismi — uning tarkibida hatto mevasidan ham ko'p miqdorda vitamin mavjud. Shuningdek, yurak-qon tomir kasalliklarining oldini oluvchi kaliy, kalsiy, magniy mikroelementlari ham bor. Hatto yangi sabzi barglaridan salat ham tayyorlanadi. Yevropa mamlakatlarida sabzi bandlari sabzavot do'konlarida sotiladi. Uni bajonidil sotib olishadi.
Sabzining o'tli bandini qaynatib, turli jarohatlarni yuvish mumkin.
OZODA tayyorladi.
Manba: Hordiq.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: