Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » SARATONNING OLDINI OLUVChI 18 MAHSULOT
SARATONNING OLDINI OLUVChI 18 MAHSULOT

SARATONNING OLDINI OLUVChI 18 MAHSULOT

SARATONNING OLDINI OLUVChI 18 MAHSULOT
Salomatlikni asrash — eng katta san`at. Lekin inson sog`lig`ini yo`qotganidan keyingina bu san`atni mukammal egallaydi. Shuning uchun dardni davolagandan ko`ra oldini olgan afzal qabilida ish tutish lozim. Bu borada saratonning oldini olishda yordam beruvchi mahsulotlar va turfa tavsiyalarni e`tiboringizga havola etamiz

Karam

Bu mahsulotning barcha turlari saratonning oldini olishda faol qatnashadigan minerallarga boy. Ayniqsa, brokkoli va bryussel karami foydali. Dunyo olimlarining tadqiqotlariga ko`ra, har kuni 100 gr. brokkoli iste`mol qilish bachadon bo`yni saratoni kelib chiqishining oldini oladi.

Piyoz va sarimsoq

Bu ikki mahsulotni muntazam iste`mol qilish saraton katakchalarining rivojlanishiga yo`l qo`ymaydi. Har kungi taomga sarimsoq piyoz bo`lagi solish orqali immunitetni oshirish hamda ichak saratonining oldini olishda yordam beradi.

Pomidor

Dietologlar har kungi ovqatda kamida ikki yo uchta poliz ekini va uchtadan kam bo`lmagan oqsil moddali mahsulotlar bo`lishi shartligini ta`kidlaydi. Keragidan ortiq hayvon yog`i iste`mol qilish oshqozondan ko`p kislota ajralishiga sabab bo`lar ekan. Bu esa oshqozon bezi, bachadon, tuxumdon va to`g`ri ichak saratoniga olib kelishi mumkin. Shu bois taomnomada pomidor hamda qizil bulg`or qalampirini ko`paytirish lozim.

Qulupnay, malina, anor, chernika, uzum…

Qulupnay, malina va anor tarkibida qon tomirlarida yuzaga keladigan saraton katakchalari rivojlanishiga to`sqinlik qiladigan ellagin kislota mavjud. Shifokorlar sog`lik uchun eng foydali mahsulot sifatida chernika iste`mol qilishni tavsiya etishadi. U o`zida to`qimalarni mustahkamlovchi antioksidantlarni mujassamlashtirgan. Qizil yo binafsharang uzum ham saratonning oldini olishda yaxshi vosita ekan.

Ko`k choy va limon

Antioksidantlarni o`zida jamlagan eng zo`r mahsulot — ko`k choy. Har kuni besh piyola ko`k choy ichish orqali sut bezlari va bachadon bo`yni saratonining oldini olish mumkin ekan. Agar ko`k choyni sut yo limon bilan ichsangiz, uning shifobaxshligiyu kuchini yanada oshirgan bo`lasiz. Limon tarkibida ko`p miqdorda S vitamini mavjud. Tadqiqotlar saratonga chalingan bemorlar organizmida S, A, E vitaminlari kamayib ketishini ko`rsatdi. Saratonning oldini olishda kishi har kuni 100 gr. S vitamini iste`mol qilishi kerak.

Yong`oq va o`simlik yog`i

Muntazam ravishda yong`oq iste`mol qilish saraton rivojlanishi va o`sishining oldini oladi. Yong`oqda kasallikning oldini olishda muhim rol o`ynaydigan E vitamini mavjud. Bundan tashqari, E vitamini o`simlik yog`i tarkibida ham bor.

Zanjabil

Bu mahsulot nafaqat shirin ta`mga ega, balki saraton katakchalari o`sishining ham oldini oladi.

Loviya, no`xat, yasmiq…

No`xat, loviya va yasmiq (chechevisa) tarkibida ko`krak saratonining oldini oluvchi xususiyatga ega fitoestrogenlar mavjud. Bundan tashqari, loviyada xuddi go`shtdagi singari oqsil ham bor. Shuning uchun vegetarianlar go`sht o`rniga loviya eyishadi va boshqalarga nisbatan onkologik kasalliklarga kam chalinishadi.

Zaytun moyi

Oksford universitetida shifokorlar tomonidan o`tkazilgan tadqiqot zaytun moyi ichak saratoniga qarshi himoyaviy ta`sirga egaligini ko`rsatdi. Shifokorlar zaytun moyi ichak saratoni boshlanishining oldini olish uchun oshqozon kislotasi bilan reaksiyaga kirishishini, safro miqdorini kamaytirib, diamin fermenti oksidazasi miqdorini ko`paytirishini va shu tariqa organizmni nonormal hujayra o`sishi hamda saratondan himoya qilishini aniqladilar.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: