Sariyog‘ning foydali xususiyatlari

Sariyog‘ning foydali xususiyatlari

Sariyog‘ning foydali xususiyatlari
Ko‘pchilik qizlar sariyog‘ qomat uchun faqat zarar keltiradi deb hisoblaydi. Aslida bu noto‘g‘ri. Sariyog‘ salomatlik uchun muhim xususiyatlarga ega bo‘lgani uchun albatta ovqatlanish ratsionida qatnashishi shart. Biz sizga bu mahsulotning organizmga ijobiy ta’siri to‘g‘risida aytmoqchimiz.

Me’da uchun foyda. Sariyog‘ me’da uchun juda muhim hisoblanadi. U me’da devorlarini “moylash” vazifasini bajaradi, bu esa uning ishini osonlashtirishga yordam beradi. Shuningdek sariyog‘ gastrit yoki me’da-ichak yo‘llarining boshqa kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarga yaraning tezroq tuzalishida yordam beradi. Bu uning tarkibida ko‘p miqdorda A vitamini borligi tufayli yuz beradi. Ba’zilar sariyog‘ni tarkibida xolesterin borligi uchun iste’mol qilishni cheklashadi. Lekin xolesterinni me’yorida qabul qilish organizm uchun foydali hisoblanadi. U hujayralar tuzilishida ishtirok etadi, shuningdek kayfiyatga ham ta’sir qiladi.

Tomirlar himoyasi. Sariyog‘ tarkibida letsitin bor. Bu modda xolesterin almashuvini normallashtirish bilan shug‘ullanadi va tomirlarni himoyalashga imkon yaratadi. Masalan, tomirlar uchun zararli bo‘lgan go‘sht iste’mol qilinganda unga qo‘shilgan birozgina sariyog‘ organizmga keltiriladigan zararni kamaytiradi.

Chiroyli teri va sochlar. Sariyog‘ tarkibida katta miqdorda A, B, C, D, E vitaminlari mavjud. Ular bizning teri va sochlarimiz go‘zalligiga javobgardirlar. Bu vitaminlarning yetishmasligi esa salbiy oqibatlarga olib keladi. Shuning uchun sariyog‘ yeyishga hali ham ikkilanayotgan bo‘lsangiz, yaxshilab o‘ylab ko‘ring.

Quvvat manbai. Parhezshunoslar fikricha, hayvon yog‘lari organizmni qizdirish xususiyatiga ega. Shuningdek, sariyog‘ hujayralar yangilanishiga imkoniyat yaratadi. Shunday bo‘lsa-da, bu mahsulotni bir kunda 30 grammdan ortiq bo‘lmagan miqdorda iste’mol qilish mumkinligini unutmang.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: