SARVQOMAT YaPON AYoLLARINING SIRI

SARVQOMAT YaPON AYoLLARINING SIRI

SARVQOMAT YaPON AYoLLARINING SIRI
Siz hech ortiqcha vaznli yapon ayolini ko`rganmisiz? Agar ko`rgan bo`lsangiz, tabriklaymiz, tasavvur olamingiz juda yaxshi ishlar ekan. Aslini olganda, dunyoda semizlar miqdori eng kam mamlakat, bu Yaponiyadir. Yaponiya aholising bor-yo`g`i 3,5 foizigina ortiqcha vazndan aziyat chekadi. Buning siri nimada ekan-a?

1. Guruch. Bilsangiz kerak, guruch Osiyo va ayniqsa, yapon oshxonasining eng asosiy taomidir. Ularda guruch nafaqat garnir, balki non ham. Uglevodga boy ushbu mahsulot esa yaponcha parhezning asosidir. Ular guruchga hech qanday yog` va tuz solmaydilar. Ivitib qo`yilgan guruchni pishirib olib, eyaverishadi.

2. Baliq. Yaponlar deyarli yog`li mol va qo`y go`shti iste`mol qilishmaydi. Bularning o`rniga baliq va dengiz mahsulotlaridan tanovul qilishni xush ko`radilar. Ko`p baliq eb semirib ketmasligingiz aniq, kamiga butun organizmni baliq tarkibidagi foydali moddalar bilan boyitasiz.

3. Kam ovqat. Xattoki, eng qimmat restoranlarda ham biz eyishga odatlarangan ovqat miqdorining yarmini stolga tortishadi. Bu restoran oshxonasi qizg`anchiqlik qildi degani emas, yaponlarning ovqatga bo`lgan xaqiqiy munosabati shunaqa. Ushbu millat vakillari yoshligidanoq kam-kam va tez-tez ovqatlanishga odatlanganlar.

4. Taom tayyorlash jarayoni. Qovurilgan taom yapon oshxonasiga aslo xos emas. Yaponlar qovurilgan taomlarni umuman eya olmaydilar. Kundalikda ular bug`da dimlab pishirilgan yoki qaynatilgan taomlarni iste`mol qiladilar. Bunday tayyorlangan taomlarning foydaliligi va tez hazm bo`lishini esa juda yaxshi bilamiz, ammo negadir amal qilmaymiz.

5. Ko`k choy. Ko`k choy ichish nafaqat qarishning oldini oluvchi antioksidant, balki ozish uchun eng samarali vositadir. Uning siydik xaydovchi xususiyati organizmdagi ortiqcha suyuqliklardan sizni xalos etadi.

6. Sabzavotlar. Ularsiz ovqat yaponlar uchun ovqat emas. Asosan daykon, porey piyozi, karam va boshqa sabzavotlardan ovqat tayyorlaydilar. Eng asosiysi, hech qanday mayonezlarsiz, yangi sabzavotlardan engil salatlarni iste`mol qilishadi.

7. Shirinlik. Yaponlar ham xuddi bizdek odam, o`zga sayyoraliklar emas, shirinliklarni xush ko`rishadi. Ammo shirinliklarni biznikidan tubdan farq qiladi. Ularda hech qanday biskvit, yog`li krem, qaymoqli krem va shokoladli tortlar yo`q. Hattoki muzqaymoqni ham guruchdan tayyorlash yo`llarini o`ylab topganlar. Yapon shirinliklari juda past kaloriyali, shirini kam, ortiqcha yog`lari ham yo`q!
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: