SELENA GOMESNING ShARTNOMAGA YoZILMAGAN MUHABBATI
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: SELENA GOMESNING ShARTNOMAGA YoZILMAGAN MUHABBATI
- Дата релиза: 15-10-17, 10:14
Bugungi qahramonimiz endigini 24 yosh arafasida bo`lsa-da anchayin mashxur. Shunchalik mashhurki, muxlislarimizdan biri telefon qilib shu qizning hayoti haqida yozinglar, dedi. Ha, xo`p, dedik, ikkinchi marta qo`ng`iroq qildi, yana mayli, dedik. Hadeb uning aytganini qilmaganimizdan so`ng quyidagi SMSni oldik: «meni uchinchi marta so`rashga majbur qilmanglar!». Xullas, ashaddiy muxlisimizning iltimosini erda qoldirmaslik maqsadida bugungi qahramonimizni Selena Gomes etib tayinladik.
Onasining qizi
Selena 1992 yil 22 iyulda AQShning Grand-Preyri shahrida dunyoga keldi. Onasi Mendi Kornet teatr aktrisasi, otasi Rikardo Gomes musiqachi edi. Selena besh yoshga to`lganida uning ota-onasi ajrashib ketib, keyinchalik boshqa-boshqa oila qurishadi. Selena yoshligini eslarkan, onasi bilan yo`l yoqasida kimdir benzin berishini kutib turishlarini gapiradi. Aktrisaning aytishicha, onasi yoqilg`idan iqtisod qilgan pullari evaziga uni muzey, akva-zooparklarga olib borarkan. Nima bo`lganida ham Selena bilan onasi ko`proq opa-singilga o`xshashlari rost. Buni suratlardan ham ko`rsa bo`ladi. Ular bir-birlariga nafaqat tashqi ko`rinishidan, balki didi, fikrlashi jihatdan ham o`xshashdir. Ular, hatto, oyoq kiyimni ham birga kiyisharkan, «...negaki har doim bir xil kiyinishni istaymiz, amma murosa qilamiz» – deydi Selena.
Tug`ilgan kunga eng zo`r sovg`a – rol
Los-Anjelesga ko`chib kelgach, jajji Selena onasi bilan «s`yomka»larga borardi.. va zerikardi. Zerikkanida esa aktyorlarga taqlid qilib, barchaning e`tiborini o`zigan tortishga harakat qilardi. Olti yoshli Selena aktrisa bo`lish istagida ekanligini aytdi-yu, onasi uni o`zining kastinglariga olib bora boshlaydi. Navbatdagi kinosinov Selenaning tug`ilgan kuniga belgilandi. Ona-bola an`anaviy tarzda tug`ilgan kunni nishonlash o`rniga yuzlab bolalar kelgan kastingda navbatga turishdi. O`sha kuni Selenaning boshiga baxt qushi qo`ndi. Uni «Barni va uning do`stlari» serialidagi Jianni roliga tasdiqlashdi, shuningdek u keyinchalik eng yaqin dugonasiga va mashxur qo`shiqchiga aylanajak Demi Lovato bilan tanishdi.
Sehrgarmi yo jodugar?
Ikki yildan so`ng 2003 yili Selena «Shpion bolalar 3: o`yin tugadi» filmida nomsiz qahramon rolini ijro etdi. Undan keyin Selenaga Disney kinostudiyasida suratga tushrilayotgan «Hammasi Tip-Top yoxud Zak va Kodining hayoti» serialida kichik rol tegdi. 2005 yili Chak Norris bilan birga «Uoker, texaslik reynjer: Olov bilan sinov» filmida qatnashdi. 2006 yil esa Selenaga mashxur «Xanna Montana» filmida yovuz sehrgar Mikeylani taqdim etdi, shu va boshqa filmlarning saundtreklarini ijro etdi.
2007 yili ekranga chiqqan «Veverli Pleysdagi sehrgarlar» serialidagi Aleks Russo roli unga katta shuhrat olib keldi. Endi u Disney studiyasining etakchi aktrislaridan biriga aylangandi. Biroq u hech kim jiddiy qaramaydigan, tuzuk nazariga ilmaydigan «Disney-qizaloqlari» ampluasida qolib ketmaslikni ham epladi. Bugunga kunga kelib yosh aktrisa 30dan oshiq film va seriallarda suratga tushdi, multfilmlarga ovoz berdi. Selena Gomez & the Scene guruhi bilan 3 ta va 2 ta yakka ijrodagi albomni va 30ga yaqin videokliplarini muxlislariga taqdim etdi.
Festival, reklamalar va qo`lbola koptok
2012 yili katta ekranlarga chiqqan «Bahorgi ta`til» filmidan keyin kino tanqidchilari Selenaning o`smir qizdan ayol aktrisaga aylanganini ta`kidlashdi. Film haqida aktrisaning o`zi shunday deydi: «Bu filmni Venesiya xalqaro kinofestivalida ko`rsatilishi va u erga meni taklif qilishganidan hayajonga tushdim. Taqdirdan minnatdorligimni so`z bilan izhor qilishim qiyin...»
Selena reklamalarda ham tez-tez chiqib turadi, o`yinchoqlarni ham, oilaviy restoranlarni ham reklama qilgan. Oxirgi yillarda esa mashxur sport kiyimlari berendining «yuzi»ga aylangan.
Shuningdek, u dunyodagi nochor bolalarga ko`mak beruvchi YuNISEF tashkilotining a`zosi. Shu tashkilot tomonidan tashkil etilgan safarlarga ko`pincha onasi bilan boradi. «Gana Respublikasiga borganimizda bolakaylar plastik butilkalardan koptok yasab tepishayotganini ko`rdim. Bu ularning yagona o`yinchog`i ekan. Qizig`i, bolalar shunga ham xursand! Ular nimanidir o`rganish, qandaydir ta`lim olish imkoniyati paydo bo`lganidan sevinishganini ko`rsangiz edi. Axir men o`z vaqtida uy vazifalarini bajarishni yoqtirmasdim, afrikalik kichkintoylar esa bu haqida orzu qilishadi! Bunday safarlar haqiqatan ham odamning ko`zini ocharkan».
Va nihoyat... Jastin Biber!
Bilasiz, mashhurlik o`zidan o`zi kelmaydi. Uning ortida og`ir mehnat, tinimsiz izdlanishlar yotadi. 20 yoshga etmay haqiqiy «yulduz», millioner qizga aylangan Selena (aynan shu paytlari u 5ta yotoqxona, 6ta xammom, basseyn, tennis korti, spa-hududga ega qasrni ikki yarim million dollarga sotib olgandi)ni ham boshi mehnatdan chiqmadi, desak adashmaymiz. Hayotning har daqiqasi bilan hisoblashishga o`rgangan qizaloqning bekorchi ishlarga, tengdoshlari bilan vaqt o`tkazishga imkoniyati yo`q edi, yigitlar bilan uchrashishni gapirmasak ham bo`ladi. Xo`sh, Selena hayotidagi eng katta muhabbati – o`smirlarning sevimli qo`shiqchisi, aktyor Jastin Biber bilan qanday tanishdi deb o`ylarsiz? Buning javobi juda jo`n, aslida. Gap shundaki, Jastin Biber yosh aktrisaning shaydosi edi. Buni bilgan uning menejeri yoshlarni tanishtirib qo`yishga qaror qiladi. Bu uning menejeri tomonidan o`ylab topilgan promo aksiya bo`lib, ikki «yulduz»ning sevgisi haqida paparassilar, muxlislar va butun shou-biznes vakillari dunyoga jar solishi kerak edi. Shunday bo`ldi ham.
Kelishilgan muhabbat
2010 Biberning menejeri va Gomesning onasi kelishib, harakatchan, yuqori cho`qqilarni zabt etish ishtiyoqidagi ijodkorlarni do`stlashtirishdi. Yoshlar bir yil davomida bir-birlarini sinab yurishganidan keyin 2011 yili ilk bora Oskar taqdimotiga birgalikda kelishdi. Endi ularning muhabbatiga, haqiqiy juftlik ekaniga hech kim shubhalanmasdi. Selena ham Jastin ham intervyularda ular bir ko`rishdayoq bir-birlarini yoqtirib qolishganini aytishar. Jastin qizning go`zalligi, ochiq fe`li, yoqimtoyligiga oshiq bo`lgan bo`lsa, Selena yigitning o`tli nigohi, unga bo`lgan munosabati va, albatta, qo`shiqlariga maftun bo`lgandi. Jastin Biber Selenaning hayotini ertakka aylantirar, undan hech narsani ayamasdi: romantik uchrashuvlar, qimmatbaho taqinchoqlar, duyoning eng go`zal go`shalariga dam olgani taklif etardi. Aytish joizki, ular biror marta ham boshqa «yulduz»lardan farqli ravishda maxsus uyushitirlgan mashmasha va janjallar qilishmadi, OAV vakillarini jalb etish uchun turli «o`yin»lar ko`rsatishmadi.
«Sevgimiz o`ldimi?..»
Biroq yoshlarning muhabbati ikki yildan ortiq cho`zilmadi. Nega, deysizmi? Sababi oddiy. Ikki san`atkorning menejerlari hali ular turmush qurishga yoshlik qilishadi, deb hisoblashishdi. Axir voqea aynan shunday rivoj topishi kutilayotgandi-da. Biberning prodyuserlari fikricha, u muhabbatga sarflaydigan vaqtini karerasini rivojlantirishga sarflashi masadga muvofiq emish. Haqiqatan ham Biber bilan Selena tanishishgan paytda yigit 16, qiz esa 18 yosh edi-da.
Ular endi uchrashishmayapti. Shunday bo`lsa-da, Biber soobiq sevgilisi Selenaga nisbatan hali ham iliq tuyg`ularni saqlab qolganini aytadi: «Men uning hozirda qanday yutuqlarga erishayotganini ko`rib, g`ururlanaman. Agar juda qattiq sevsangiz, muhabbatingiz ajrashganingizdan keyin ham o`lmas ekan». Selena esa endi Jastin bilan o`rtalarida do`stlikdan boshqa narsa yo`qligini ta`kidlamoqda: «Rostini aytsam, undan charchadim. Menga sog`lik va baxt tilayman, ammo uning yonida bo`lolmayman. Uni qo`llab-quvvatlayman. Haligacha u xafa bo`lsa, kayfiyatim tushadi, u quvonsa, xursand bo`laman. Unga yomonlik tilamayman. Agar hayotida biror yomon voqea yuz bersa, mening qam qalbim yaralanadi. Shu xolos».
Nazokat ABDUQUNDUZOVA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар