Semirtiruvchi ukollar zararli emasmi?
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Semirtiruvchi ukollar zararli emasmi?
- Дата релиза: 29-07-17, 00:37
"Gazetada doim ozish haqida ma`lumot berasizlar. Semirish borasida esa kam yozasizlar. Shu sabab sizlarga maktub yo`llashga qaror qildim. Yoshim 30 da. Turmushga chiqmaganman. Bo`yim 1.68 sm. vaznim 43 kg. 5-6 kiloga semirsam degandim. Shu muammo bilan tuman poliklinikasiga murojaat qilsam, shifokor anabolik steroid turkumiga kiruvchi in`eksiyalardan birini tavsiya qildi. Bilishimcha, bu gormonal preparat. Agar uni qabul qilsam kelgusida nojo`ya ta`siri bo`lmaydimi? Haddan tashqari semirib ketmaymanmi? Shular haqida to`liqroq ma`lumot bersangiz degandim".
Dilyora, Buxoro
Mutaxassis — Dmitriy Vdovin, dietolog.
Tahlil topshirdingizmi?
O`zingiz aytib turganingizdek, tavsiya qilingan preparat gormonal dori hisoblanadi. Anabolik steroidlarning erkaklar va ayollar uchun mo`ljallangan turlari mavjud. Ulardan aynan qay biri sizning organizmingizga mos kelishini, albatta, shifokor belgilashi lozim. Faqat ma`lum tahlillarning natijasidan kelib chiqqan holda! Siz-chi, siz qanday tahlillarni topshirdingiz? Moddalar almashinuvini tezlashtiruvchi qalqonsimon bez giperteriozi va oshqozon-ichak xastaliklari inkor etildimi? Mana shu jihatlarga e`tibor qarating.
«To`lishib ketsam-chi...»
Bevosita anabolik steroidlarga to`xtalsak, odatda ularni professional sport (ayniqsa, bodibilding) bilan shug`ullanadigan sportchilar qabul qilishadi. Chunki aynan jismoniy mashqlar hamrohligida preparat mushaklarni kattalashtiradi. Nojo`ya ta`siri yo`qmi? Bu masalada mutaxassislar fikri ikkiga bo`linadi, kimdir beziyon desa, boshqalar zarari bor deydi. Agar ko`p miqdorda qabul qilsangiz yuz va badanda tuklar paydo bo`lishi, ovozning do`rillashi, husnbuzar toshishi kuzatiladi. Yillar davomida qo`llanilganda esa bepushtlikka olib kelishi ham ehtimoldan xoli emas. Biroq etarli miqdorda, to`g`ri qo`llanilganida ko`zlagan natijaga erishish mumkinligini ham inkor etmaymiz. Umuman olganda esa hali tibbiyotda nojo`ya ta`sirga ega bo`lmagan preparat o`ylab topilmagan. Ma`lum dori vositasi bir organni davolasa, boshqasiga yaxshi ta`sir ko`rsatmasligi mumkin. Shuning uchun avval vazn to`plashning sinalgan va beziyon usullarni qo`llab ko`rishni tavsiya qilamiz. Agar natija bo`lmasa, keyin kimyoviy dorilar haqida o`ylashni boshlashingiz mumkin. Qolaversa, mutaxassislar faqat tavsiya qilish huquqiga ega, dorini qabul qilish yoki qilmaslikni esa har kim o`zi hal qiladi.
«Beziyon usuli yo`qmi?»
Vazn to`plash orzusida yurgan mushtariylarimizga bu ishni yog` emas, mushaklar hisobiga amalga oshirishni tavsiya qilamiz. Chunki aynan ular qomatimizni ko`rkam ko`rsatadi. Mushaklarni o`stirish uchun esa jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish shart. Chunki ularni «stress»ga tushirmasangiz o`z o`zidan o`sib qolmaydi. «Stress»ni ham yugurish yoki raqs bilan emas, engilroq toshlarni ko`tarib bajariladigan mashqlar yordamida uyushtirish darkor. Yo`q, xavotirga tushmang, ortiqcha shug`ullanmasangiz erkaklarga o`xshab elkador, mushakdor bo`lib qolmaysiz.
Albatta oqsil eng
Samarali natijaga erishish uchun taomnomangizga ham diqqat qilishingiz lozim. Yog`li osh, mantiyu xonim eb semiraman deb xomtama bo`lmang. To`g`ri bu taomlar semirtiradi. Biroq semirish va sarvqomatlik boshqa-boshqa tushunchalar ekanligini yodingizdan chiqarmang. Demak, oqsilga boy taomlar(mol va tovuq go`shti, pishloq, tvorog, soya pishlog`i, dukkakli o`simliklar)ga e`tibor qaratasiz. Tana vaznining har kilogrammiga 1.5 dan 3 grammgacha oqsil to`g`ri kelishi darkor. Agar zaruriy oqsilni taom bilan iste`mol qila olmasangiz proteinli tabletkalar yoki kokteyllarga murojaat qilsangiz ham bo`ladi.
Maftuna tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар