Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » ​“Semizman, xunukman, yomon erga chidayman...”​ ishonchni sundiruvchi komplekslar haqida...
​“Semizman, xunukman, yomon erga chidayman...”​ ishonchni sundiruvchi komplekslar haqida...

​“Semizman, xunukman, yomon erga chidayman...”​ ishonchni sundiruvchi komplekslar haqida...

​“Semizman, xunukman, yomon erga chidayman...”​ ishonchni sundiruvchi komplekslar haqida...
O`zimiz o`ylab topgan muammolar – komplekslar kishining ishonchini so`ndiruvchi omillardan sanaladi. Men ulardan holiman, deysizmi? Keling, tashqaridan bir nazar tashlaymiz. Agar o`zingizda bu belgilarni sezmasangiz, nur ustiga a`lo nur. Aksincha bo`lsa... O`qiganlaringizni komplekslardan ozod bo`lish yo`lidagi birinchi qadam sifatida qabul qilavering.

JISMONIY KOMPLEKSLARIMIZ

Nimgadir, ko`zguga nazar tashlagan har bir ayol o`zidan aqalli bitta bo`lsa-da, ayb topadi. Atrofdagilarning birortasi bu nuqsoni payqamasa hamki, uning o`ziga bu katta muammo bo`lib ko`rinaveradi. Mana ulardan eng ko`p tarqalgalari:

Men semizman

Qomatga nisbatan e`tirozlar doim birinchi o`rinda turgan. Eng ketvorgan, sarvqomat sanamlar ham “figura”si bundan-da chiroyliroq bo`lishini istaydi. Turli parhezlar bilan tanasini qiynab, har xil liboslar ostiga qomatini yashirishga urinadi.

Aslida esa

Bizning zamonamizda go`zallikning qat`iy qonun-qoidasi yo`q. Ishonmaysizmi, shou-biznes yulduzlariga boqing. Dryu Berrimor yoki o`zimizning Halimaxonim naqadar talabgir aktrisalar. Erkaklarning fikricha, ayol kishidagi joziba uning semiz-ozg`inligi bilan belgilanmaydi, aksincha, noz bilan gapirib, karashma bilan yurgan xonimlar kuchli jins vakillari e`tiborini ko`proq jalb qilar ekanlar.

Bo`yim uzun

Yana bir kompleksimiz bo`y bilan bog`liq. Bo`yi baland bo`lsa ham – bir navi, past bo`lsa ham. Novchadan kelgan qizlar yoshlikdanoq «laylak» degan laqabdan qo`rqib bukchayib yuradilar, kamiga poshnali poyafzalni o`zlariga dushman sanaydilar. Jussasi kichkinasichi? Maktabda uni «pakana» deb masxara qilishgan va u baland bo`yli tengdoshlariga xavas qilib yurgan.

Aslida esa

To`g`ri, odatda bo`yimizga qarab umr yo`ldosh tanlaymiz. Undan bo`yim baland (yoki juda past) bo`lib qolsa-ya, deb qo`rqamiz. Ammo, buni qarangki, baland bo`yli erkaklar odatda kichkinagina ayollarni xush ko`rishar ekan, past bo`ylilar esa novchagina, qo`l oyoqlari uzun sanamlarga e`tibor qaratisharkan. Sizga bir sirni ochamiz, bo`yning muvaffaqiyatga umuman ta`siri yo`q. Demak, bor bo`yingiz bilan faxrlansangiz arziydi.

Xunukman

Peshonam katta, yuzim uzunchoq, burnim yapaloq, labim ingichka... Xullas, har qanday ayol ko`zgugadagi aksiga qarab hayolidan o`tkazadigan gaplar. Xo`sh, unday bo`lsa aytingchi, zamonaviy kosmetologik vositalar bekorga o`ylab topilganmi? Professional vizajist sehrli cho`tkalari yordamida har kimni ham parivashga aylantira oladi. Bundan foydalanib qolmaslik ayb emasmi?

Aslida esa

Biz yashirishni istayotgan aksar kamchiliklarimiz erkaklar nazarida fazilat bo`lib ko`rinishi xech gap emas. Ustiga-ustak, ular hech nuqsonsiz qo`g`irchoqqa o`xshagan go`zallarni emas, biron o`ziga xos jihati bor ayollarni osonroq eslab qoladilar. Masalan, hollivudning eng sertabassum go`zali – Juliya Roberts yoki yunonlarga xos qiyofaga ega Barbara Streyzandni olib ko`ring. Ularning hech biri go`zallikning beto`xtov chaynalgan standartlariga mos kelmasada, tashqi ko`rinishidan mamnun.

MA`NAVIY KOMLEKSLAR

Ba`zida komplekslarimiz domida qolib ketganimizni o`zimiz ham sezmaymiz. Ammo aynan shu yashirin muammolarimiz tufayli shaxsiy hayotda baxtga, ishda esa muvaffaqiyatga erisholmayotgan bo`lishimiz mumkin.

Kuloyim kompleksi

Orzular olamida yashovchi qiz. Uning erkaklar haqidagi tasavvuri faqat ishqiy dostonlaru romantik filmlar asosiga qurilgan. O`sha asarlarda tasvirlargan hech bir nuqsonsiz yigitni kutadilar.

Aslida esa

Eng yaxshisini kutib, umrni o`tkazib yuborayotgan dilbarning haqiqiy yori shundoqqina yonginasida yurgan bo`lishi mumkin. Kuloyimning uzoqni ko`zlab tuzgan rejalariga bu yigit negadir kirmagan, chunki, u shahzoda roliga munosib emas-da. Erkaklardan haddan ortiq ko`p narsa talab qilib bo`lmaydi. Imkon bermasangiz, uning fazilatlarini qayoqdan bilasiz, oyimqiz? Balki shu yonginangizdagi yigit sizni malikalardek e`zozlay oladigan shahzodadir va aynan u bilan hayotingiz ertakdagidek o`tar. Unga yaxshilab bir qarab ko`ring-chi...

Amazonka kompleksi

Bu o`ziga haddantashqari ishongan ayollar kompleksidir. Ishbilarmon, o`ziga ishongan ayolning oilada o`z tizginini eriga tutqazishi qiyin masala. Shu sababli oilaviy hayotda muammolar yuzaga kelaveradi.

Aslida esa

Eng qat`iyatli ayol ham kuchli bir erkakning elkasiga bosh qo`yib, uning panohida o`zini ojiz sezgisi keladi. Lekin negadir, bunday erkaklar hadeganda uchrayvermaydi. «Xotinim hammasini o`zi eplayapti-ku» deb jon koyitmaydiganlar esa har daraxtdan to`kilguday. Shu sababli erkak kishining oldida kuch va irodangizni namoyon qilavermay, biroz yordamga muhtoj bo`lib ko`ring, natijasi, albatta, sizga ma`qul keladi.
Qurbon kompleksi

Ayollar tabiatan atrofdagilarga, ayniqsa erkaklarga nisbatan e`tiborli va ziyrakroqdirlar. Kimgadir g`amxo`rlik qilish qonimizda bor xislat. Ammo ba`zida bu xislat haddan ortib, kasallik darajasida namoyon bo`ladi. Ya`ni bo`lar-bo`lmasga o`zini qurbon qilaverish kasalligi. Masalan, ichaverib, uraverib eri jondan to`ydirgan ayolga dugonalari: «Senga nima zarur, bo`ldi, ket, ajrash, o`z joningni o`yla» desalar, ayol: «Uni qanday tashlab ketaman, mensiz tamom bo`ladi-ku» deb javob beradi va qiynalib yuraveradi. Ersiz qolgan ayol boshqa turmush qurishni o`ylamay, bir o`zi farzandini katta qilaveradi: «hozir faqat bolam haqida o`ylashim kerak». Axir, qachon o`zingizni ham o`ylaysiz, ayollar?!

Aslida esa

Yaqinlariga g`amxo`rlik qilish – xayrli ish. Ammo ko`r-ko`rona g`amxo`rlikning ham chegarasi bor. U inson naqadar qadrli bo`lmasin, o`zni qurbon qilaverish yaramaydi. Balki ishni shu qurbonlikiz, yaxshi bir tadbir bilan oson hal etish mumkindir. Ayol vaziyatdan chiqishning boshqa yo`llarini ham izlab ko`rishi kerak. Masalan, uradigan er bilan ruhshunosga borish, ichishni boshlaganini esa narkologga ko`rsatishni ortga surmang. hayotdan zavqlanib yashang, ana o`shanda atrofingizdagilarga ham baxt ulasha olasiz. Asabiy erkaklarga tinchlantiruvchi damlamalar ham yordam berishi shubhasiz.

Shahina tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: