SEVGIGA QARAM QIZLAR: AQLDAN BEGONA BO`LMANG!
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: SEVGIGA QARAM QIZLAR: AQLDAN BEGONA BO`LMANG!
- Дата релиза: 10-08-17, 14:26
Kimnidir sevib qolgan qizni ko`rsang, beixtiyor o`zingning sevib-sevilib yurgan chog`ing yodingga tushadi. Tuyg`ularning eng asiliga asir bo`lib yashash ham baxt, ham azob. Bugun men qizlar kundaligiga yozayotganim mavzu nihoyatda nozik va muhim gaplardan iborat. Sevgi bilan hazillashib bo`lmaydi, uni sevmay turib tilga olish, o`ylamay turib fikr bildirish ham mushkul..
Sevgi nima u?
Qizlarjon, «Bizni hech kim tushunmaydi, axir bir-birimizni sevamiz» deb boshqalarni inkor etishga shoshilmang. Hamma ham sizning yoshingizni bosib o`tgan, siz o`ylagan xayollarni boshidan, tuyg`ularni ko`nglidan o`tkazgan. Bugun kundaligimni varaqlab, o`n sakkiz yoshimda «Sevgi nima?» degan savolga qanday javob berganimni topdim: «Sevgi ham hurmat, ham qat`iy ishonch, ham tan harorati, ham dil otashi, ham ko`zlar yolqini, ham tillar titrog`i, ham yurak tepkisi, vujudni parchalovchi kuchli bir intilish, sadoqat-la tillashish, o`zingni kimgadir ega va yana o`sha kimgadir tobe kabi his qilish, asov otdek bo`ysunmas «Men»ni nazokat-la tutqazish, undan hech narsa talab qilmay turib, o`zingni qarzdor his qilish, uning xayoli, uning hayoti bilan yashamoq va bundan o`zni har qachongidan baxtli his etmoq.... Rahmat, rahmat, sevishni o`rgatganing uchun...» Bugun bu fikrlarning ba`zilariga qo`shilaman, ba`zilariga esa yo`q. Ammo o`sha paytdagi hissiyotlarim o`z davri uchun haqiqat ekanligini tan olaman. Yana eslaymanki, agar men sevgan odamimga turmushga chiqmasam ham butun umrga etgulik ilhom va ijod manbaim — sevgim o`zim bilan qolishini aniq tasavvur qilardim, bundan xotirjam tortardim. Men qizlar turmushga chiqmaguncha sevmasligi, birov bilan gaplashmasligi kerak, degan fikrga biroz qarshiman. Bu — hayot, unda ko`zni, quloqni, ko`ngilni berkitib yashab bo`lmaydi. Oq-qorani ajratishni, kim bilan qanday muloqot qilish kerakligini ham qachondir o`rganish lozim. O`zi o`ylab topgan sevgisini deb ota-onasini «Shunga tegmasam, o`zimni o`ldiraman, dori ichaman, qochib ketaman, tomir kesaman» taxlitda qo`rqitib, turmushga chiqadigan qizlarning ikki oy o`tmay ajrashib kelganini ko`rsam, muhabbatning nomini sotib, narxini pasaytirdi, umrini esa vaqtinchalik hislariga xazon qildi, degim keladi.
Sevilish — baxt, ammo uning chindan sevilishmi yoki boshqa narsami aniqlay olish ham mahorat. Sevish — baxt, biroq uning davomli bo`lishiga ko`zing etmasa, o`z tuyg`ularingni boshqarolmasang, ichingdagini ichingda asray olmasang, hali o`zing ham ishonching komil bo`lmagan ishqqa hammani ishontirishga urinsang va keyin qo`ltig`ingdan tarvuzing tushib, hammasi barham topsa, bu muvaqqat baxting senga faqat azob keltiradi.
Internetdagi kimsa uchun sirka ichgan qiz
Bugun sevishganlarga qarab, sevgi ham texnogen o`zgarishlarga uchradimi, degan fikr keladi xayolga. Chatda tanishasan, telefonda bilishasan, ko`rmay turib ham sevgi izhorini «sms»da yuborasan, ijtimoiy tarmoqda onlayn tarzda ahdi paymon qilasan, afsuski, sovchilarni ham virtual jo`natishning imkoni yo`q. Ish shu erga etganda ba`zilarning ko`zi ochiladi, ba`zilar esa ekrandagi mubham sevgini deb ko`z yoshini to`kadi. Qizlarjon, sevib qolish va sevilish aslida internetdagichalik oson emas. Sizning hisob raqamingizga ikki marta pul tashlagani uning sizga qurbonlik qilishga qodir ekanligidan dalolat bermaydi. Yoki sizni hali ko`rmasdan «Sevgimiz uchun kurashaylik, u bilan gaplashma, bu bilan uchrashma» deb taqiqlar qo`ygani uchun undan «piri komil» yasab olishingiz to`g`ri emas.
«Shoshilinch tez yordam» shifoxonasiga sirka ichgan o`n sakkiz yosh qizni keltirishdi. Qizginaning holiga qarab bo`lmasdi. Ota-onasi esa nima bo`lganiga hayron. Otasi sho`rlik dod solib yig`laydi: «Bir og`iz gapim: telefoningni sindirib tashlayman, uyga kelganda ishlatma, deganim bo`ldi. Shu gapga o`zini o`ldirmoqchi bo`ladimi? Qizimni asrab qolinglar!» deb o`zini har yoqqa ura boshladi. Keyin ma`lum bo`lishicha, ikki yildan beri internetda “sevishib” yurgan yigiti uylanib, o`zining to`y suratlarini unga jo`natibdi. Qizning hayoti saqlab qolindi, ammo ichki a`zolariga shikast etgan, ovoz paylarida o`zgarish bo`lgan, lablariga qadar shishib ketgan oppoqqina qizning yuragidan qachondir sevgi chandiqlari arisa ham, jismidagi o`zgarishlar unga har vaqt o`z ahmoqligini eslatib turadi...
Ruhshunos fikri: — Irodasi sust odamga internet xuddi tamaki, nos, alkogol, giyohvand moddalar kabi ta`sir o`tkazishga, o`ziga o`rgatib qo`yishga qodir. Agar internetga bog`lab turgan obektlar yo`qolib qolsa, kishining hayotidan mazmun yo`qolgandek o`zini qaerga qo`yishni bilmaydi. To unga etishguncha yoki o`sha ob`ektning o`rni boshqasi bilan to`lgunicha turli noma`qulchiliklar qilib qo`yishgacha borishi mumkin. Xumorning o`rni bosilguncha bo`lgan xurujni sevgining azobi deb o`ylasangiz adashasiz.
Istirohat bog`laridagi sevishganlarmi yoki uyatsizlar?
Tan olish kerak, sevib qolgan odamda otning kallasidek yurak bo`ladi. Shuning uchun ham ko`chada qo`l ushlashib ketayotgan yigit-qizga qarab, «Uyidagilar ko`rib qolishidan qo`rqmasmikin?» degan fikr keladi. Bolangizni istirohat bog`iga olib borsangiz, har bir daraxt ortida “pichirlashib” turgan “sevishganlar”ga xalaqit berganingizdan uyalib ketasiz. Tana maylini deb aql va ruh maylini, pokiza qizlik sha`nini o`ldirishni sevgi deb o`ylasangiz, hislaringiz uchun o`z ixtiyoringizni yigitga topshirsangiz, butun umrga, qiyomatga tatigulik katta xato qilgan bo`lasiz! Ko`pincha yigiti tomonidan tashlab ketilgan qizlar o`zining qiziqarlilik, sirliligini yo`qotgan, uning hamma aytganlariga ko`ngan bo`ladilar. Erkak kishi necha yoshda bo`lmasin, unda zabt etish, o`zlashtirishga bo`lgan moyillik bo`ladi. O`zidan bir qadam narida ushlab turish uchun qiz bolada aql uyg`oq bo`lishi shart, iymon dilida turishi shart!
Qarindoshimning to`yiga atab istirohat bog`ida «sevgi tarixi»ni suratga olyapmiz. Tasvirchi, kelin-kuyov, kuyov jo`ra, yanga va yana boshqalar ham bor. Kutilmaganda bir yigit paydo bo`lib, tasvirchi bilan urishib ketdi. Yigit tasvirchining qo`lidagi kamerasini mahkam ushlab olgan, «Kassetangni ber», deydi. Tasvirchi esa: «Ro`za kunlari parkda qilib o`tirgan ishingni qara! Kameramdan qo`lingni tort»» deb baqiradi. Ikkovini kuyov jo`ralar zo`rg`a ajratib olishdi. Fokusni to`g`irlayotgan tasvirchi panada o`tirgan «sevishganlar»ni suratga olayotgandek tutgan o`zini. Yigit buni ko`rib qolgach, o`chirishni talab qilyapti. «Hech narsani suratga olmadik, hazillashdik», deb yigitni bir amallab jo`natib yuborishdi. Biroq montaj jarayonida shu bema`ni kadrlarga baribir ko`zim tushdi. Tasvirchining ishi tarbiyasizlik, engiltaklikdan boshqa narsa emas, biroq kadrdagi kollej o`quvchisi yoshidagi qizning o`zidan ancha yosh katta yigit bilan qilayotgan qilg`iligi ko`nglingizni ag`darib yuboradi. «Biz bir-birimizni sevamiz, unashtirilganmiz» deb yalang`och holatini oqlashga urinayotgan o`zbek qizi ishtirokida qanchadan qancha videotasvirlar qo`l telefonlarida tarqalib ketgan. O`sha holat pokiza sevgimi? Qiz va yigitni oqlab bo`ladimi? Yodingizda bo`lsin, sevgi tananing qutqusi emas!
Ruhshunos fikri: — E`tibor berganmisiz, turmush qurgandan keyin yosh kelin-kuyovlar, hatto bir-birlari bilan qo`l ushlashga uyalib qoladilar. Bilingki, insonning erdagi hislari osmoniy hislaridan ustun bo`lolmaydi, chunki tananing intilishi bir necha daqiqa, qalbning intilishi esa butun umrlik bo`lishi mumkin. Inson tana lazzati uchun qalb va ruh erkinligini boshqalarning qo`liga tutqazib qo`yishi hech gap emas. O`z sevgan qizidan yaqinroq bo`lishni talab qilayotgan yigitni kuzatsangiz, unda hamma hislar vaqtinchalik. Agar qiz tizginni topshirsa, yarim yil, bir yil uning etagiga ergashishga tayyor. Ammo davomiga imkon yo`qligi bois, unda ob`ektni o`zgartirish ehtimoli oshaveradi.
Biz sevgining turlari haqida ruhshunoslar tasnifini e`tiboringizga havola etamiz:
Eros — jismoniy qiziqish. Munosabatlar tezlik bilan keyingi bosqichga o`taveradi. Bir-biriga qalban emas, jisman bog`liqligi uchun ham bir-biridan qo`rqadi, samimiy sevgini hech qachon his qilolmaydi.
Lyudus — bu sevgi ko`proq o`yinga o`xshaydi. Sevishganlarning biri munosabatlarni jiddiy qabul qilmasligi natijasida kelib chiqadi. Sevishganlar bir-birini ko`p hafa qiladi, keraksiz vaziyatlarda ham urishish uchun bahona topaveradi. Lyudus bir nechtasi bilan bir vaqtda sevishaveradiganlar uchun tashxis. Chuqur va davomli sevgi haqida gap bo`lishi mumkin emas.
Storge — sokin qalbning sevgisi. Bunda ehtiros ham, sevgi ham asta-sekinlik bilan uyg`onadi. Umumiy qiziqishlar asosida do`stlik yuzaga keladi. Ular ko`p jihatlar bo`yicha o`zaro mos kelishi kerak: tashqi ko`rinish, ijtimoiy, moddiy mavqe, dunyoqarash va boshqalar. Bunda inson istalgan payt sevgani uni qo`llab-quvvatlashini, yonida turishini aniq biladi.
Pragma — pragmatik sevgi, hayotiy va tabiiy munosabatlar. Odatda buni “hisobli muhabbat” deb atashadi. Pragmatik sevishganlar bir-birlaridan nimani istayotganliklarni yaxshi bilishadi va bildirishadi. Shart qo`yib, bu shartlarga birma-bir amal qilish kerakligini qoidaga aylantirishadi. Ko`pincha badavlat va kelishgan erkaklar yosh ayolning muhabbatini shu taxlit “sotib oladilar”. Ularning shiori “sizda ugina, bizdan bugina”!
Mania — o`ta hissiyotli muhabbat, xuddi amerika tog`i attraksioniga chiqishga o`xshaydi. Baqirasan, qichqirasan, pastga tushganingda hech nima bo`lgandek davom etasan. Biroq o`ta ta`sirchan va tezda beriluvchan odamlar hamrohiga butkul bog`lanib qoladilar, vaqti kelganda uni tinch qo`yish kerakligini istamaydilar. “Men sensiz yasholmayman!” deydilar-u uning uchun hech narsa qilmaydilar.
Agape — lyudusning tamomila teskarisi. Bu qurbonlik muhabbati. Bunday sevishganlar o`zlari haqida emas, sevgani haqida ko`proq o`ylab, g`amxo`rlik qiladilar. Agapeda ruhiy intilish jismoniy intilishdan ko`ra kuchliroq. Munosabatlarda minnat yo`q, manfaat bo`lmaydi.
Bular bir insonning hayotida aralash-quralash holda ham uchrayveradi, zero sevgi kimyosi hammada o`ziga xos usulda o`zi tomonidan tayyorlanadi. Muhimi, muhabbatning ko`zi ko`r, deb aqldan begona bo`lmay sevishni ham o`rganish lozim.
Ruhshunos Umida Agzamova tavsiyalari asosida Aziza Qurbonova tayyorladi
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар