Shahvoniyat Mashqi...!

Shahvoniyat Mashqi...!

Shahvoniyat Mashqi...!

G‘arblik o‘quvchilar ishqiy zarb
berishlarning bunday soni va
turlari ta’kidlanayotganidan
hayratlanishlari mumkin. Buning
Xitoy sevgi san’ati texnikasi
uchun qanchalik muhimligini
anglab yetganlaridan keyin ular
katta san’atning paydo bo‘lishi
ilojsizdek bo‘lib ko‘ringani holda
u, nihoyat, haqiqatga aylangani,
ayni paytda, juda oson ekanligini
tushunib oladilar. Bir necha yil
muqaddam Min sulolasi
hukmronligi davrida yozilgan
ishqiy romanlardan biri - «Xou Su
Tuan» («Tananing ibodat
bo‘yrasi») deb nomlangan
mashhur kitobini o‘qiganimda
o‘zim ham hayron qolgandim. Bu
Xitoy sevgi san’ati bilan yaqindai
tanishuvimdan avval bo‘lgan edi.
Roman qahramonlaridan biri
Blossom xonim shunday deydi:
«Siz menga tegishlicha baho
bermayapsiz.
Erkak bir mingdan ikki ming
martagacha orqa-oldinga borib
kelishi lozim, to men qoniqishni
his etmagunimcha». Ayol lazzat
olish uchun shu qadar katta
ishqiy aloqaga ehtiyojmand
bo‘lishini hamda erkak esa uning
kutganiga munosib ish qilishini
tasavvurimga ham sig‘dira
olmagan edim. Siz sevgiga
aloqador sonlarni tilga olsangiz:
«Shahvoniy gimnastikachi
sifatida gapiryapsiz», - deb e’tiroz
bildirishlari mumkin. Biroq
bizning kunlarimizda
gimnastikaning hamma turlari
ommalashib ketgan. Endilikda
ko‘plab odamlar muntazam
ravishda mashq qilib turmasalar,
barvaqt qarib qolishlarini
tushunib yetmoqdalar .Hazon.ru saytidan olingan. Odamlar
yo‘rg‘alab yuguradilar, tosh
ko‘tarish va boshqa har xil xatti-
harakatlar bilan tana tuzilishini
rivojlantirish mashqlarini
bajaradilar. Ular aynan shunday
yo‘l bilan kuchli yurak va
salomatlikni, qon aylanishini
saqlab qolish mumkinligini
tushunib yetdilar. Yarim soatlik
yugurish bu kamida ikki mingta
qadam bosish demakdir.
Shunday ekan, bir mingta ishqiy
zarb berish haqida gap
borganida kinoyali kulishning
nima keragi bor? Bu narsalar
ko’p jihatdan o‘xshab ketadi,
faqat shunisi mustasno bo‘lishi
mumkinki, biz eng keyin tilga
olgan mashq (ishqiy) ancha
qiziqarliroq, birmuncha sirliroq
bo‘lib, juda katta lazzat beradi
Sunning epchil usullari
Mana endi Sun taklif etgan ohista
texnikaning namunasini ko‘rib
chiqaylik. Uning ba’zi bir usullari
keksalarga, kuchsizroq yoki kasal
erkaklarga asqotib qolishi
mumkin. Aynan mana shu oxirgi
qism Van de Vel¬de o‘rgangan va
bu narsa Xitoy sevgi san’atining
bir qismi emas, balki yaxlitligidir
degan xulosani eslatadi. Ehtimol,
bu uning xitoyli yushr tabiatiga
mos bo‘lib tushganidandir.
Xitoyliklar aqlli irq hisoblanadilar
va sezilmas darajada
omilkordirlar, biroq, ayni paytda,
ular, asosan, gayratli va ixtirochi
hisoblanadilar. Mana shu
merosning ikki jihati ularning
qadimgi sevgi nazariyasida
uyg’unlashib ketgan. Ta’kidlab
o‘tish kerakki, Sunning Xitoy
sevgi san’ati tamoyiliga ilova
qilingan ohista usullari sevgining
haqiqatdagi no faol va
biryoqlama (bo‘shalishga
nisbatan) shakllaridai katta farq
qiladi. Buni G‘arbda karetssa,
ya’ni erkakning o‘zini to‘xtatib
qolishi deyishadi.
Sun Syu-Mo miloddan avvalgi 581
yilda tug‘ilgan va 101 yil umr
kurgan. U Xitoy sevgi san’ati
nazariyotchisigina emas, balki
daochi tabib sifatida ham katta
muvaffaqiyatlarga erishgan. Sun
Syu-Mo chechakka qarshi
emlashni joriy etgan, sil kasalini
o‘pkani kemiradigan zarradek
mavjudotlar bilan taqqoslaganda
ajoyib sezish qobiliyatini
namoyish etgan. Shuningdek,
shishlarni besh turga bo‘lgan va
ulardan har birining davolash
usulini ishlab chiqqan. 79
yoshida u xoqon Tandan «Chjen-
Yyen» («Donishmand») unvonini
olgan. Uzoq umr ko‘rganidan
keyin odamlar unga Yo Xuan
(«Tibbiyot qiroli») deb nom
berganlar. U agar erkak
bo‘shalmasdan sevgi bilan yuz
marta shugullansa, uzoq umr
ko‘radi deb hisoblagan. Uning
nazariyasida aytilishicha, erkakda
chjin (mohiyat yoki urug‘)
yetishmay qolganda u kasal
bo‘ladi. Urug‘ tugab bitganidan
keyin erkak o‘ladi. Sun, chamasi,
aqidachi bo‘lgan emas. U urug’
tashlamasdan sevgi bilan yuz
marta shug‘ullanishni o‘rgatar
ekan, ko‘plab erkaklar mana shu
maqsadga erisha olishlarini
o‘ylamagan bo‘lsa kerak.
Hazon.ru saytidan olingan. Shuning
uchun ham aksariyat erkaklar
rioya qilishlari mumkin bo‘lgan
juda oddiy andozani tavsiya
etgan: «Agar erkak jinsiy
yaqinliklarda oyiga ikki marta,
yiliga yigirma to‘rt marta
bo‘shalish oralig‘ini saqlashga
erisha olsa ham, sog‘lom va uzoq
umr kechiradi. Agar u, ayni
paytda, to‘g‘ri ovqatlansa va
mashqlar qilib tursa, umri
uzayadi». Shundan keyin Sun
yana bitta mezonni taklif etadi:
«20 yashar erkak har to‘rt kunda
bir marta urug‘ tashlashi
mumkin. 30 yashar erkak sakkiz
kunda bir marta bo‘shalgani
ma’qul. 40 yashar erkak har o‘n
kunda bir marta urug‘ tashlashi
kerak. 50 yoshda har yigirma
kunda bir marta urug‘ tashlashi
tavsiya etiladi. 60 yashar erkak
esa umuman bo‘shalmasligi
lozim. Agar u haddan ziyod
sog‘lom va baquvvat bo‘lsa, bir
oyda bir marta tashlasa bo‘ladi».
Sun kuchli va sog‘lom erkak
vaqti-vaqti bilan bo‘shalib turishi
lozimligi haqida ta’lim bergan edi.
U shunday yozib qoldirgan:
«Agar erkak haddan tashqari
kuchli bo‘lsa, bo‘shalmaslik zarar
keltiradi. Bordi-yu, u uzoq davr
mobaynida urug‘ tashlamasa,
keyinchalik husnb-uzar va
chipqondan jabr chekadi».
Sun Syu-Mo ma’naviy kuchli
odamlarni bundan mustasno
qilgan edi. U quyidagi holatda
bo‘shalishdan saqlanish
maqsadga muvofiq ekanligini
ta’kidlagandi: «Agar har ikkala
juft xuddi abadiy kabi ma’naviy
kuchli bo‘lsa, ular harakatsiz
shunday birlashib keti-shlari
mumkinki, urug‘lar uyg‘onmaydi.
Ayni paytda, juftlik dumbalarida
tovuq tuxumidek qizil shar bor
deb tasavvur qilishlari kyorak.
Ular ortiqcha kuch-g‘ayrat
sarflamasdan zarb berishlari
mumkin. Mabodo, uyg‘onib
kstishsa, o‘zlarini tiyishlari zarur
bo‘ladi. 24 soat mobaynida juftlik
bunday qovushish usulini o‘nlab
marotaba takrorlashi mumkin.
Xuddi shunday yo‘lni amaliyotda
qo‘llab, ular uzoq umr
kechiradilar». Sun Syu-Mo erkak
bilan ayol mutlaq aloqa
qilmasliklarini hech qachon
yoqlamagan. U In-Yan
uyg‘unligisiz hayot xavfli
bo‘lishidan ogohlantirgan edi.
Uning kitobida shunday muloqot
bor:
«Davolanuvchi: «Agar erkak hali
16 ga to‘lmagan bo‘lsa, lekin
qarama-qarshi jins uyg‘unligisiz
yashashni ixtiyor etsa,
sizningcha, u qanday yo‘l tutishi
kerak?»
Sun Syu-Mo: «Yo‘q! Erkak ayolsiz
uzoq vaqt yashay olmaydi. Ayol
esa erkaksiz baxtiyor bo‘lolmaydi.
Erkak odam ayol bo‘lmagan
takdirda tinmay ayol jinsiga
intiladi. Bunday intilish uning
ruhiyatini charchatib qo‘yadi.
Agar ruhiyat singan bo‘lsa, u
uzoq yashamaydi. Lekin u,
chindan ham, biron-bir ayolga
muhtojlikni sezmasa yoki unga
intilmasa, juda yaxshi bo‘lishi
hamda uzoq hayot kechirishi
mumkin. Ammo bunaqa odamlar
qamdan-kam uchraydi. Agar biz
muayyan vaqt ichida urug‘
tashlashga bo‘l gan tabiiy
ehtiyojni qondirmaslikka intilsak,
chjinni saqlab qolish juda qiyin
bo‘ladi. Uning isrof bo‘lishi hech
gap emas. Erkak zoti uyqusida
bulg‘alanib qolishi yoki siydigini
iflos qilishi mumkin. Yoki u
sharpa ko‘rinadigan vahima
kasaliga duchor bo‘ladi. Agar u
xuddi shunday yo‘l bilan o‘zining
chjinini yo‘qotsa, u holda yuz
karra zarar ko‘radi».


Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: